S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 
Nazorat savollari: 
1. Texnogen omillar cho`l landshaftlariga qanday ta’sir 
ko`rsatadi? 
2. Tog`-kon sanoati natijasida Qizilqum hududida qanday 
o`zgarishlar sodir bo`lmoqda? 
3. Cho`l landshaftlarida texnik eroziya qanday vujudga keladi? 
4. Harbiy va huquqiy omillar qanday farqlanadi? 
 
 
 
 
 
 


81 
OROL DENGIZI ATROFIDA CHO`LLANISH 
DINAMIKASI VA KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1. Orol dengizi atrofida cho`llanish dinamikasi. 
2. Orol dengizi atrofida cho`llanish klassifikatsiyasi. 
3. Orol dengizi atrofida cho`llanish turkumlari. 
 
Tayanch 
iboralar: 
dinamika, 
klassifikatsiya, 
generalizatsiyalash, 
tuproqlar 
evolyutsiyasi, 
transformatsiya, 
degradatsiya, o`simliklar yo`qolishi, eol relyef, ekotizim, abiogen. 
Suv resurslarining tobora kamayib, ularning sifati yomonlashib 
borishi, bozor munosabatlariga o`tish davrida iqtisodiyotdagi va 
ekologiyadagi 
qiyinchiliklar 
munosabati 
bilan 
sug`orishda 
ishlatiladigan suvlar sifatining hamda gidromeliorativ tizimlar 
texnik holati sifatining yomonlashuvi (ko`p joylarda bo`ylama zovur 
quduqlarining ishdan chiqishi, yopiq zovur-oqova suvlarni chiqarish 
oqimlarini samaradorligini pasayishi va boshqalar), sug`oriladigan 
yerlar sho`rlanishini doimo monitoring o`tkazib turishning yo`qligi 
bilan bog`liq holda keyingi yillarda O`zbekistonda tuproqlarning 
ikkilamchi sho`rlanish jarayonining tezlashishi kuzatilmoqda.
Inson xo`jalik faoliyatining kuchli ta’siri natijasida O`zbekiston 
hududining 60%dan ko`proq maydonida har xil darajada cho`llanish 
jarayoni sodir bo`lyapti. Sobiq ittifoq davrida respublikamizda paxta 
yakka hokimligi vaqtida xalq xo`jaligi bir tomonlama rivojlanib
nafaqat iqtisodiyotimizda, shu bilan birga ekologik sharoitimizda 
og`ir asorat qoldirdi. Bu esa, yillar o`tgan sayin vahimali sur’atda 
avj olib borgan ekologik tanglik ostonasiga olib keldi. Suv 
resurslaridan uzoqni ko`rmay pala-partish foydalanish, pirovard 
natijada Orol dengizining qurishiga, katta maydonlardagi yerlarning 
sho`rlanishiga va boshqa ko`pgina og`ir ekologik oqibatlarga sabab 
bo`ldi. 
O`rta Osiyoning arid zonalarida, xususan Orol dengizi 
havzasida, cho`llanish jarayoniga duchor bo`lgan landshaft 
majmualarining umumiy maydoni A.G.Boboyevning (2000) bergan 
ma’lumoti bo`yicha 1 405 840 km
2
ga teng. Shundan kuchsiz 


82 
cho`llangan yerlar 837 714 km
2
ni (59,6%), mo`tadil cho`llangan 
yerlar 474 356 km
2
ni (33,7%) va kuchli cho`llangan yerlar 93 770 
km
2
ni (6,7%) tashkil etadi. Bunga cho`llanishning quyidagi tiplari 
kiradi: O`simliklarning degredatsiyalanishi, qumlarning shamol 
eroziyasi, sug`oriladigan yerlarning sho`rlanishi, yaylovlarning 
botqoqlanishi, Orolbo`yi zonasidagi tuproqlarning sho`rlanishi va 
texnogen cho`llanish. Har qaysi tipdagi cho`llanishning miqdor 
ko`rsatkichlari va ularning cho`llanish darajasi 6-jadvalda berilgan.
6-jadval 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling