S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Orol dengizi havzasidagi cho`llangan yerlarning


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Orol dengizi havzasidagi cho`llangan yerlarning
umumiy maydoni, 
%
2
км
 hisobida (Boboyev, 2000) 
t/r 
Cho`llanish tipi 
Cho`llanish darajasi 
Hammasi 
Kuchsiz 
Mo`tadil 
kuchli 

Degredatsiyalashgan 
o`simliklar 
5
,
53
750954
9
,
21
307957
6
,
1
23704
0
,
77
1082615

Qumlarning shamol 
eroziyasi 
0
,
1
14677
2
,
0
2140
3
,
0
3970
5
,
1
20787

Tuproqlarning suv 
eroziyasi 
8
,
3
53009
1
,
2
29569
9
,
5
82578

Sug`oriladigan 
yerlarning 
sho`rlanishi 
9
,
0
12959
4
,
7
105095
8
,
0
11125
1
,
9
129179

Yaylovlarning 
botqoqlanishi 
4
,
0
5360
1
,
0
1620
5
,
0
6980

Orolbo`yi 
zonasidagi 
tuproqlarning 
sho`rlanishi 
4
,
0
6115
3
,
0
4027
9
,
2
39055
6
,
3
49197

Texnogen 
cho`llanish
4
,
1
20208
0
,
1
14296
4
,
2
34504

Jami: 
6
,
59
837714
7
,
33
474356
7
,
6
93770
100
1405840
Cho`llanishning oraliq shakllari turli-tumanligiga, alohida 
fanlarning 
(geobotanika, 
tuproqshunoslik, 
geomorfologiya, 
landshaftshunoslik) 
tabiiy 
tizimlar 
va 
ularning 
alohida 
komponentlarining dinamikasi va yoki evolyutsiyasi tahliliga 


83 
turlicha, ularda yondashuvlar cho`llanishning har-xil sabablari 
ta’siriga o`simlik, tuproq va relyefning o`zgarish tezliklari, xarakteri 
va darajasidagi farqlarga qaramay, bu barcha turli-tuman 
tendensiyalar va transformatsiya yo`llarini bir nechta asosiy ketma-
ketliklarga aylantirish va klassifikatsion struktura ko`rinishida 
ierarxiyalash tartiblash mumkin. Bunday generalizatsiyalashni 
o`tkazishga cho`llanishda tuproq, o`simlik va relyef o`zgarishlarini 
tavsiflaydigan dinamik va yoki evolyutsion qatorlarga ko`rinib 
turgan o`xshashlik asos bo`ldi. Mazkur o`xshashlik cho`llashadigan 
tabiiy tizimlar turli komponentlarining ular transformatsiyasining 
boshlang`ich va oxirgi bosqichlaridagi holatiga taalluqli bo`ladi.
Masalan, o`simliklar turkumi to`plami sho`rxoklarning paydo 
bo`lish yo`nalishidagi tuproqlar evolyutsiyasiga mos keladi. 
O`simlik psammoseriyasiga bo`sh qumloq tuproqlar rivojlanishi va 
etilgan eol past-baland tizmali relyef tashkil topishi munosib
o`tloqlar (yaylovlar) degressiyasi yoki transport harakati buzilishi 
hodisalarida 
tuproqlarning 
to`liq 
degradatsiyasi, 
o`simliklar 
yo`qolishi va eol relyefning etilgan shakllarining keskin buzilishi va 
h.k. lar mos. Tuproqlar, o`simlik va relyefning dinamik va 
evolyusion qatorlaridagi aniqlangan analogiya (o`xshashlik), 
korrelyasiya 
va 
o`xshashlik 
alomatlarning 
ketma-ket 
generalizatsiyasi 
cho`llanishda 
Orol 
dengizi 
atrofi 
tabiiy 
komplekslari o`zgarishining bir nechta o`ziga xos yo`naltirilgan 
ketma-ketliklarni ajratish imkonini berdi, ular biz olimlar tomonidan 
cho`llanishning dinamik yoki ekologo-genetik qatorlari deb ataldi. 
Shunday qilib, taklif qilayotgan tushunchada cho`llanishning 
dinamik qatori bu alohida komponentlarining (tuproq, o`simlik, 
relyeflar) o`xshash muvofiq birgalikdagi o`zgarishlar bilan 
o`tadigan arid, quruq arid va qurg`oq subgumid hududlarning tabiiy 
tizimlari degradatsiyasining yo`naltirilgan ketma-ketligi keltirilgan. 
Orol dengizi atrofi cho`llanishi dinamik qatorlari ierarxiyasining 
tahlili ushbu hodisa klassifikatsiyasini ishlab chiqishga asos bo`lib 
xizmat qilgan ularni ko`rib chiqishning mumkin bo`lgan 3 ta 
darajasini aniqlash imkonini berdi. Klassifikatsiya sxemasida eng 
yuqori darajada ikkita dinamik qator ajratiladi: 1.Abiogen 
landshaftlar (bedlendlar) shakllanishi yo`nalishida tabiiy tizimlar 


84 
o`zgarishi. 2. Yer osti suvlarining chuqur joylashishi sharoitida 
etilgan cho`lga o`xshash ekotizimlar shakllanishi yo`nalishida 
o`zgarishlar. Bu yo`nalishlarga muvofiq eng yuqori taksonometrik 
darajada cho`llanishning ikki sinfini ajratdik: abiogen va biogen. 
Hududni u yoki bu sinf qatoriga kiritilishi hududning shu vaqtdagi 
holatini emas, balki aynan tendensiyasini, mavjud sharoitlarda 
hudud 
rivojlanishining 
mumkin 
bo`lgan 
yo`lini 
bildiradi. 
Cho`llanish sinflarining har biri cho`llanishning bir nechta turkumga 
ajratiladi.
Cho`llanish turkumi biz tomondan yakuniy bosqichlarda 
amaldagi omillar yoki cho`llanish sabablari bilan barobar bo`lgan 
tabiiy 
tizimlar 
shakllanishi 
bilan 
yakunlanadigan 
tabiiy 
komplekslarning yo`naltirilgan o`zgarishlari ketma-ketligi (yoki 
dinamik qator) sifatida tavsiflanmoqda. Sinonomik teng huquqli 
atamalar sifatida quyidagi cho`llanishning “yo`nalishi” va “trendi” 
atamalari xizmat qilishi mumkin.
Orol dengizi atrofida cho`llanishning quyidagi turkumlari 
ajratildi: Biogen taqirlanish – rivojlangan taqirsimon yer va 
taqirlarda kserofit o`simlikli cho`lsimon taqir tekisliklarning 
shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining dinamik 
qatori. Biogen cho`llanish – rivojlangan cho`lsimon qumloq 
yerlarda to`silgan qumli, psammofit o`simlikli qumli cho`llar 
shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining dinamik 
qatori.
Abiogen sho`rlanish – yuqori o`simliklardan mahrum bo`lgan 
sho`rxoklar shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining 
dinamik qatori. Abiogen cho`llanish– yoyiladigan qumli qumloq 
cho`llar shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining 
dinamik qatori. Abiogen buzilishlar (bedlendlanish) – loy tuproqli 
va shag`alli cho`llar abiotik tabiiy komplekslari shakllanishining 
dinamik qatori, odatda, tuproqli yoki o`simlikli qoplamini mexanik 
vayron qilishga (yong`inlar, daraxtlarni beayov kesish, tuproqning 
yuqori biogen qatlamini surish, tik yonbag`rlarda suv eroziyasi va 
h.k.) qaratilgan lokal, ko`proq atropogen ta’sir natijasidir. 
Cho`llanish 
turkumlari 
cho`llanishning 

yoki 
bu 
turkumlarining 
rivojlanish 
xususiyati 
bo`yicha 
aniqlanadi. 


85 
Boshqacha qilib aytganda, hududni cho`llanishning u yoki bu qism 
turkumiga kiritish maqsadi cho`llaniladigan tabiiy komplekslar 
evolyutsiyasini tavsiflash sanaladi. Ko`p hollarda cho`llanish qism 
turkumlariga tabiiy komplekslarning hozirgi paytda kuzatiladigan 
holati nisbatan oldingi cho`llanish bosqichlari asosida aniqlanadi.
Orol dengizi atrofida cho`llanishning quyidagi qism turkumlari 
ajratildi:
➢ 
Postgalomorf biogen taqirlanish – cho`llanishning bu 
qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining 
sho`rxok bosqichi (gidromorf sho`rxoklar va o`zanlararo pastliklar, 
ko`l havzalari va ochilib qolgan dengiz sirtining kuchli sho`rlangan 
yerlarining qurib qolish va taqirlanish tabiiy jarayoniga mos).
➢ 
Postgidromorf biogen taqirlanish - cho`llanishning bu 
qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining 
sho`rxoklar yoki galofit o`simlikli kuchli sho`rlangan yerlar 
shakllanishi ro`y bermagan o`tloq va botqoq bosqichi (o`zanlararo 
pastliklar yoki sug`oriladigan massivlarning sho`rlanmagan yoki 
sust sho`rlangan yerlarning qurib qolish va taqirlanish tabiiy 
jarayoniga mos).
➢ 
Postgalomorf biogen cho`llanish – cho`llanishning bu 
qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining 
sho`rxoklar bosqichi (odatda o`zan ko`tarmalari yoki ochilib 
qolgan dengiz sirtida shakllangan sho`rxoklar va yengil dona-dona 
tarkibli sho`rlangan yerlarning qurib qolish va sho`rlanish tabiiy 
jarayoniga mos).
➢ 
Postgidromorf biogen cho`llanish – cho`llanishning bu 
qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining 
sho`rxoklar yoki galofit o`simlikli kuchli sho`rlangan yerlar 
shakllanishi ro`y bermagan o`tloq va botqoq bosqichi (odatda 
o`zan ko`tarmalarida shakllangan yengil dona-dona tarkibli 
sho`rlanmagan yoki sust sho`rlangan yerlarning qurib qolish tabiiy 
jarayoniga mos).
➢ 
Taqirlanishdan 
keyin 
biogen 
cho`llanish 
– 
cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslarning 
taqirlanishi (taqirlar va taqirsimon sirtlar cho`llanish tabiiy 
jarayoniga mos).


86 
➢ 
Postgidromorf abiogen sho`rlanish - cho`llanishning bu 
qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining o`tloq 
va botqoq bosqichi (sug`oriladigan massivlar, o`zanlararo 
pastliklar, ko`l havzalari va suvdan bo`shagan dengiz sirtining 
asosan sust tabiiy qaytish oqimi sharoitida ularning qurib qolish va 
yer usti hamda yuzaroq joylashgan yer osti suvlarning 
minerallashuvining oshishi natijasida intensiv sho`rlanish tabiiy 
jarayoniga mos). 
➢ 
Antropogen abiogen sho`rlanish – odatda sug`oriladigan 
vohalar hududida, ularning atrofida yoki suvlar tashlanadigan 
o`zanlar va kanallar bo`ylab uchraydigan cho`llanishning bu 
turkumi tabiiy komplekslarning oldingi holatlaridan ixtiyoriy 
muhitda rivojlanishi mumkin. Shu sababli antropogen sho`rlanish 
yerdan foydalanish sharoitlariga ko`ra ixtiyoriy paytda hududni 
egallashi mumkin.
➢ 
Postgidromorf abiogen cho`llanish - cho`llanishning bu 
qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining o`tloq 
bosqichi (qishloq xo`jalik mollarning qaytadan boqish yoki to`qay, 
buta va butasimon o`simliklarni chopib tashlash ta’siri bilan 
murakkablashgan o`zan ko`tarilmalarining qurib qolish tabiiy 
jarayoniga mos). 
➢ 
Taqirlanishdan 
keyingi 
abiogen 
cho`llanish 

cho`llanishning bu turkumida oldin tabiiy komplekslarning 
postgalomorf yoki postgidromorf taqirlanish jarayoni bo`lgan 
(chorva mollarini qayta boqish, daraxt va butazorlarni kesib 
tashlash ta’siri, suffoziya hodisalari yoki texnogen ta’sirlar bilan 
murakkablashgan taqirlarning cho`llanish tabiiy jarayoniga mos). 
➢ 
Postgalomorf abiogen cho`llanish - cho`llanishning bu 
turkumidan oldin tabiiy komplekslarning sho`rxok jarayoni bo`lgan 
(chorva mollarini qayta boqish, daraxtlar va butazorlarni kesib 
tashlash yoki texnogen ta’sirlar bilan murakkablashgan sho`rxoklar 
sirtida eol qumli qoplama shakllanish va yoki quyida joylashgan 
tuproqlar sho`rlangan qatlamining sho`ri kamayish tabiiy 
jarayoniga mos). 
➢ 
Postavtomorf abiogen cho`llanish - cho`llanishning bu 
turkumi chorva mollarini qayta boqish, daraxtlar va butazorlarni 


87 
chopib tashlash yoki texnogen ta’sirlar natijasida to`silgan 
qumlarning eol yoyilish jarayoniga mos.
➢ 
Loyli cho`llarning abiogen buzilishi – odatda tog`oldi 
prolyuvial tekisliklar hududlarida, taqir sirtlarida kamroq 
uchraydigan cho`llanishning ushbu qism turkumi avtomorf 
sharoitda sust shakllangan va mo`rt o`simlik qoplamali tabiiy 
komplekslar muhitida rivojlanadi; abiogen bedlendlanish yerdan 
foydalanish sharoitlariga ko`ra ixtiyoriy paytda hududni egallashi 
mumkin.
➢ 
Shag`alli cho`llarning abiogen buzilishi – cho`llanishning 
bu turkumi odatda qoldiqlar, shag`al yuzali tog` osti prolyuvial 
yonbag`irlar va siyrak sust shakllangan va mo`rt o`simlik qoplamli 
tub jinslar chiqish joylarida namoyon bo`ladi; abiogen 
bedlendlanish yerdan foydalanish sharoitlariga ko`ra ixtiyoriy 
paytda hududni egallashi mumkin.
Shunday qilib, cho`llanishning dinamik qatorlari ierarxiyasi 
tahliliga asoslangan cho`llanish klassifikatsiyasi mohiyati bo`yicha 
cho`llanadigan ekotizimlar evolyutsiyasini tahlil qilish quroli bo`lib, 
cho`llanishning amaldagi faktorlari va sabablari saqlangan holda 
o`zgaradigan tabiiy komplekslarning kelajakdagi ahvolini birinchi 
urinishda oldindan aytish (bashoratlashtirish) imkonini beradi. 
Cho`llanish turkumiga mos dinamik qatorlarning tuproqlar va 
o`simlik o`zgarishiga muvofiqdir. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling