S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Nazorat savollari:
1. Parij Konvensiyasining maqsad va vazifalarini tushuntiring. 2. O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturida arid hududlarda cho`llanishga qarshi kurashishning qanday chora-tadbirlari belgilangan. 3. Cho`llanish jarayonini o`z navbatida qanday tarixiy davrlarga ajratish mumkin? 113 CHO`LLANISHNI OPTIMALLASHTIRISH YO`LLARI Reja: 1. Cho`l yaylovlarining mahsuldorligini oshirish muammolari. 2. Cho`l yaylovlarida fitomeliorativ tadbirlarni amalga oshirish masalalari. 3. Cho`llarni ekologik holatini optimallashtirish masalalari. Tayanch iboralar: yaylov, fitomelioratsiya, ihotazor, agrolandshaft, seliteb landshaft, irrigatsiya, taqirsimon, sho`rxok, optimallashtirish. O`rta Osiyo va O`zbekiston arid landshaftlarining cho`llanishiga qarshi kurashish, bu jarayon tufayli vujudga kelgan ekologik vaziyatlarni optimallashtirish va tog`-kon sanoati rivoj topgan rayonlarda yangidan paydo bo`lgan texnogen landshaft majmualarini kuchli buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish yo`llarini topish, cho`l yaylovlarining mahsuldorligini oshirish kabi muammolar hozirgi bozor iqtisodiyotida muhim iqtisodiy, sotsial va ekologik muammolardan hisoblanadi. Arid mintaqalar landshaftlari doirasida yuz berayotgan cho`llanish jarayonlari natijasida vujudga kelgan va tadrijiy rivojlanib borayotgan geoekologik vaziyatlar va ularni optimallashtirish masalasi maqsadga muvofiq yo`naltirilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirishni talab qiladi. Arid landshaftlarda cho`llanish oqibatida vujudga kelgan ekologik vaziyatlarni optimallashtirish va texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish masalalariga bag`ishlangan geografik tadqiqotlar A.A. Abdulqosimov (1990, 1991, 1997), A.A. Abdulqosimov, S.B. Abbosov (1998, 1999, 2001), A.A. Rafiqov (1990), X.V. Vohobov (1995, 1998, 2001) A.N. Nig`matov, V.N. Li, N. Ogaxonov (1989), A.N. Nig`matov (2005) va boshqalar tomonida bajarilgan bo`lib, ular respublikamizni turli regionlari uchun taalluqlidir. 114 Geobotanik va yaylovshunos olimlar G. Muhammedov (1979), V.A. Nikolayev (1972), N.T. Nechayeva (1979), I.O. Ibragimov (1981), N.T. Nechayeva, I.F. Momotov (1984), Z.Sh. Shamsuddinov (1975), Z.Sh. Shamsuddinov, I.O. Ibragimov (1983), M.M. Maxmudov (2000), K. Sindorov (2000), R Hayitboyev (2000) va boshqalar cho`l sharoitida tashkil qilingan tayanch punktlarda ko`plab tajribalar o`tkazib, ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish va arid ekotizimlarni ekologik optimallashtirish borasida turli xil usullarni ishlab chiqdilar (7-jadval). 7-jadval Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling