Gipsli cho`llarni ekologik optimallashtirish. Qizilqumning
gipsli cho`l landshaft majmualari yozgi haroratning balandligi (37-
40º S), atmosfera yog`in miqdorining kamligi (70-100 mm),
bug`lanish imkoniyatining kattaligi (1700-2000 mm) va boshqa
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Cho`llarda tabiiy namlanishning
yetishmasligi sho`rlangan gipsli sur-qo`ng`ir tuproqlarning keng
tarqalishiga sabab bo`ladi. Bu tipdagi tuproqlarning yuqori qatlami
gillashgan, suvni kam singdiradi va aksariyat qismi sho`rlangan
(Lobova, 1960; Kimberg, 1974). Sur-qo`ng`ir tuproqlarning eng
yuqori qatlami yupqa qumoq jinslar bilan qoplangan. Gipsli cho`l
landshaftlarini
ekologik
optimallashtirish,
yaylov
sifatida
o`zlashtirish va hosildorligini oshirish uchun murakkab chora-
tadbirlarni qo`llash, ya’ni qumlarni va namlikni to`playdigan
jo`yaklarni barpo etish kerak.
Mazkur meliorativ usullarni ishlab chiqarish jarayonida amalga
oshirishda tabiiy omillarni, jumladan suv va qumlarni moddiy resurs
sifatida, relyef qiyaligi bo`yicha shamol va suv oqimining kinetik
energiyasini energetik resurs sifatida jalb etish zarur. Qumlarni
to`playdigan jo`yaklarni tashkil etish tuproqning yuqori zich
qatlamini qum bilan almashtiradi va atmosfera yog`inlarini yaxshi
singishini ta’minlaydi. Bu jarayon jo`yaklar tortilgandan keyin
shamol yordamida amalga oshadi. Jo`yaklarda yig`ilgan qumlar
atmosfera
yog`inlarining
asosiy
qismini
o`ziga
singdirib,
suvsizlikdan qaqrab yotgan tuproqlarni tabiiy namlik bilan
namlantiradi. Mazkur jarayon gipsli cho`l landshaft majmualarining
yuza qismini meliorativ holatini yaxshilaydi, ekilgan va to`kilgan
urug`larni unib chiqishiga sharoit yaratadi (Nechayeva, Momotov,
1984). Shunday qilib, kuchli cho`llangan, deyarli o`simlik
qoplamidan mahrum bo`lgan gipsli ekotizimlar 4-5 yil ichida
hosildorligi 6-8 s/ga dan oshadigan yaylovlarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |