S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
“Cho`llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy omillar” mavzusini
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
“Cho`llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy omillar” mavzusini o`tishda ushbu metodni qo`llash tavsiya etiladi. Tarqatma materiallar: 1-guruhga: Geologik omillar 2-guruhga: Iqlimiy omillar 3-guruhga:Gidrogen omillar 4-guruhga: Fitogen omillar 5-guruhga:Zoogen omillar Nazorat savollari: 1.Cho`llanish muammolarini o`qitishda zamonaviy pedagogik texnoloiyalari rolini tushuntirib bering. 2.Qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bilasiz? 3.Qanday pedagogik te’nologiyalardan foydalanilsa talabalar o`zlashtirish darajasi yuqori ko`rsatkichga erishiladi? 131 XULOSA Arid cho`l landshaft komlekslarini shakllanishida indikatorlik vazifasini bajargan geografik komponentlarning o`zaro aloqadorligini, ularning makonda zonal, regional va vertikal tabaqalanishini sistemali yondashish asosida tahlil qilish va kartalashtirish, rang-barang geokomplekslarni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida cho`llanishini va dinamik o`zgarishini tadqiq etish, cho`llanish jarayonida vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarning keskinlik darajasini aniqlab geoekologik rayonlashtirish va ekologik optimallashtirish kabi muammolarga oid tadqiqotlar olib borilishi natijasida ayrim nazariy holatlar ishlab chiqiladi. Cho`l landshaftlarining tuzilish tahlili shuni ko`rsatadiki, uning hududi morfologik jihatdan yondosh regionlar hududiga nisbatan juda murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi, uning rang-barang arid landshaft majmualarini yirik masshtabli kartalashtirish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Arid landshaft majmualarini tarkib topishi, shakllanishi va tadrijiy rivojlanishida geografik komponentlar bevosita indikatorlik vazifasini bajaradi. Hozirgi arid landshaft majmualarini cho`llanishida va dinamik o`zgarishida asosan tabiiy va antropogen omillar guruhi yetakchi rol o`ynaydi. Cho`l geotizimlarining tabiatan mo`rtligi, geografik komponentlarning o`zaro aloqadorlik darajasi va bog`lanish mexanizmini bo`shligi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirini kun sayin kuchayib borishi ularni barqaror rivojlanib borishiga imkoniyat bermaydi. Buning oqibatida turli xil keskinlikdagi geoekologik vaziyatlar vujudga keladi. Arid landshaftlarni makonda gorizontal va vertikal tabaqalanishini tadqiq qilish, morfologik birliklarni ajratish va ularni turli xil masshtablarda kartalashtirish tabiatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, atrof-muhit tabiatini muhofaza qilishni tashkil etishda va vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni optimallashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo`lib xizmat qiladi. Cho`l landshaft majmualari makonda faqat gorizontal yo`nalishda tabaqalanib qolmasdan, balki vertikal yo`nalishda ham tabaqalashadi. Bu yerda landshaftlarning vertikal tabaqalanishi ikki 132 xil variantda namoyon bo`ladi. Birinchi variantda cho`l landshaftlari bevosita yer yuzasining gipsometrik sathiga qarab o`zgarib borib balandlik landshaft pog`onalarini hosil qiladi. Ikkinchi variantda landshaft majmualari tog`larning balandligiga qarab vertikal zonalarni vujudga keltiradi. Bu cho`l landshaftlarining vertikal zonal tabaqalanishidir. Cho`l hududlarini majmuali tadqiq etishda landshaft-ekologik nuqtayi nazardan yondashish bakalavriaturada «Umumiy tabiiy geografiya», «Geoekologiya asoslari», «Landshaftshunoslik» hamda magistraturada «cho`llanish muammolari», «Arid va tog`li o`lkalar tabiiy geografiyasi» fanlarini rivojlanishida katta rol o`ynaydi. Bunday yondashish cho`llashish jarayonlari faol kechayotgan o`choqlarini topishda, cho`llanishning paydo bo`lish mexanizmini o`rganishda va ularning rivojlanish tezligini aniqlashda qulay imkoniyatlar ochib beradi, tabiatda ekologik muvozanatni saqlashda, tabiiy va antropogen landshaftlarning ekologik holatini optimallashtirishda va atrof-muhit tabiatini himoyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi landshaft majmualarida yuz berayotgan cho`llanish jarayonlarini oldini olish va ularga qarshi kurashish, yaylovlarning geoekologik holatini yaxshilash, ularning hosildorligini oshirish uchun antropogen agrofitotsenozlarni tashkil etish, fitomeliorativ ishlarni keng yo`lga qo`yish, yarim buta va butalarning urug`ini sepish yo`li bilan o`simlik qoplamini barqarorlashtirish, biomassalarning hosildorlik miqdorini ko`paytirish, chorva mollarini boqishda belgilangan me’yorga amal qilish, daraxt va butalarni kesishni man etish va texnogen landshaftlarni rekultivatsiyalash zarur. Bunday tadbirlar cho`l landshaftlarining ekologik holatini yaxshilashga, barcha turdagi geotizimlarning barqaror rivojlanishiga va ularning hosildorligini yanada oshishiga zamin yaratadi. Cho`l landshaftlarini geoekologik optimallashtirishda va ularga ilmiy asosda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni qo`llashda, xususan fitomeliorativ ishlarni amalga oshirishda har qaysi landshaft turiga tabaqalashgan holda yondashish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling