S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 Izobata (yunoncha izos — barobar, batos,— chuqurlik)— 
geografik xaritalarda suv havzalari (okeanlar, dengizlar, ko`llar,
daryolar, suv omborlari)ning chuqurliklari bir xil bo`lgan 
joylarini tutashtiruvchi chiziqlar.
Izogieta — iqlim xaritalarida bir xil miqdorda yog`in 
yog`adigan joylarni tutashtiruvchi chiziqlar. Ko`zga aniq tashlanishi 
uchun izogietalar oralig`i turlicha to`qlikdagi ranglarda bo`yaladi. 
Izotaxa — tezlik (suv, shamol va h. k. tezligi) bir xil bo`lgan 
nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlar. Sokin ob-havoda daryo suvining 
tezligi ko`ndalang kesim (daryo) chuqurligining 1/16 5, qismidan 
atrofga, chuqurga va yuqoriga tomon kamaya boradi. 
Izoterma (yunoncha izos — barobar, terme — issiqlik)—
jo`g`rofiy, sinoptik va meteorologik xaritalarda ma’lum vaqtda havo 
harorati teng joylarni tutashtiruvchi chiziqlar. Har xil haroratli joylar 
xaritalarda ba’zan har xil ranglar bilan ham ifodalanadi. 
Iqlim — Yer yuzasi biror joyi ob-havosining ko`p yillik rejimi. 
Iqlim Quyosh radiatsiyasi, yer yuzasining holati va atmosferadagi 
havo harakatlari hosilasidir. Qarang. Iqlim hosil qiluvchi omillar. 
Iqlim ob-havodan farq qilib, barqaror bo`ladi. U yillar, asrlar 
mobaynida o`zgaradi. 
Kaynozoy erasi (yunoncha kaynos — yangi, zoe — hayot)— 
Yer geologik tarixining eng yangi erasi. 67 mln. yil davom etayapti. 
Uchta davrga bo`linadi: paleogen, neogen va antropogen. SHu 
yerada paydo bo`lgan tog` jinslari kaynazoy tog` jinslari 
(yotqiziqlari) deyiladi. Yerning hozirgi zamon tabiati K.e. da tarkib 
topgan. 


141 
Kamposlar (portugalcha kampo dala, tekislik) — Braziliyada 
yassi tog`lardagi savannalar nomi. Qizil tuproqlarda qattiq bargli 
chimli g`allagulli o`tlar, kichik daraxt va butalar o`sadi. 
Kamsuvlik — daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri. 
O`zbekistondagi katta daryolarda K. kuz oylariga to`g`ri keladi, past 
tog`lardan boshlanuvchi daryolar bahorda qor erib, yomg`ir ko`proq 
yog`adigan davrdan boshqa hamma vaqt K. bo`ladi. 
Karst, karst hodisasi (Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan 
olingan) — suvda yaxshi eriydigan tog` jinslari (ohaktosh, bo`r, 
dolomit, gips, tuzlar) ni yer osti suvlari eritib olib ketishi natijasida 
ro`y beradigan jarayonlar. Natijada tog` jinslari orasida bo`shliqlar- 
g`orlar, yo`laklar hosil bo`ladi. O`pirilmalar ro`y berib, yer yuzasida 
voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer yuzidagi 
oqar suvlar yer ostiga tushib ketib, yer osti daryolari, ko`llari hosil 
bo`ladi. Qrimda, Kavkaz, Uralda ko`p uchraydi. O`zbekistonda 
Hisor, Chotqol, Nurota tog`larida, Ustyurtda ro`y beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling