S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaynozoy erasi
Izobata (yunoncha izos — barobar, batos,— chuqurlik)—
geografik xaritalarda suv havzalari (okeanlar, dengizlar, ko`llar, daryolar, suv omborlari)ning chuqurliklari bir xil bo`lgan joylarini tutashtiruvchi chiziqlar. Izogieta — iqlim xaritalarida bir xil miqdorda yog`in yog`adigan joylarni tutashtiruvchi chiziqlar. Ko`zga aniq tashlanishi uchun izogietalar oralig`i turlicha to`qlikdagi ranglarda bo`yaladi. Izotaxa — tezlik (suv, shamol va h. k. tezligi) bir xil bo`lgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlar. Sokin ob-havoda daryo suvining tezligi ko`ndalang kesim (daryo) chuqurligining 1/16 5, qismidan atrofga, chuqurga va yuqoriga tomon kamaya boradi. Izoterma (yunoncha izos — barobar, terme — issiqlik)— jo`g`rofiy, sinoptik va meteorologik xaritalarda ma’lum vaqtda havo harorati teng joylarni tutashtiruvchi chiziqlar. Har xil haroratli joylar xaritalarda ba’zan har xil ranglar bilan ham ifodalanadi. Iqlim — Yer yuzasi biror joyi ob-havosining ko`p yillik rejimi. Iqlim Quyosh radiatsiyasi, yer yuzasining holati va atmosferadagi havo harakatlari hosilasidir. Qarang. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim ob-havodan farq qilib, barqaror bo`ladi. U yillar, asrlar mobaynida o`zgaradi. Kaynozoy erasi (yunoncha kaynos — yangi, zoe — hayot)— Yer geologik tarixining eng yangi erasi. 67 mln. yil davom etayapti. Uchta davrga bo`linadi: paleogen, neogen va antropogen. SHu yerada paydo bo`lgan tog` jinslari kaynazoy tog` jinslari (yotqiziqlari) deyiladi. Yerning hozirgi zamon tabiati K.e. da tarkib topgan. 141 Kamposlar (portugalcha kampo dala, tekislik) — Braziliyada yassi tog`lardagi savannalar nomi. Qizil tuproqlarda qattiq bargli chimli g`allagulli o`tlar, kichik daraxt va butalar o`sadi. Kamsuvlik — daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri. O`zbekistondagi katta daryolarda K. kuz oylariga to`g`ri keladi, past tog`lardan boshlanuvchi daryolar bahorda qor erib, yomg`ir ko`proq yog`adigan davrdan boshqa hamma vaqt K. bo`ladi. Karst, karst hodisasi (Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan) — suvda yaxshi eriydigan tog` jinslari (ohaktosh, bo`r, dolomit, gips, tuzlar) ni yer osti suvlari eritib olib ketishi natijasida ro`y beradigan jarayonlar. Natijada tog` jinslari orasida bo`shliqlar- g`orlar, yo`laklar hosil bo`ladi. O`pirilmalar ro`y berib, yer yuzasida voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer yuzidagi oqar suvlar yer ostiga tushib ketib, yer osti daryolari, ko`llari hosil bo`ladi. Qrimda, Kavkaz, Uralda ko`p uchraydi. O`zbekistonda Hisor, Chotqol, Nurota tog`larida, Ustyurtda ro`y beradi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling