S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Keng bargli o`rmonlar—qishda bargini to`kadigan shapaloq 
bargli daraxtlar o`sadigan o`rmonlar: buk, eman, zarang, juka, grab 
va boshqa daraxtlar o`sadi. K .b. o`. shimoliy yarimsharning 
mo`tadil minataqasi tarkibiga kiruvchi keng bargli o`rmonlar 
zonasini hosil qiladi. O`zbekistan tog`larida balandlik mintaqasi 
sifatida uchraydi. Bu yerda zarang, terak, mevali daraxtlar — 
yovvoyi olma, yong`oq, o`rik, do`lana, pista, qoraqat va
boshqalardan iborat. 
Ko`l — quruqlikdagi chuqurliklarni to`ldirgan suv havzalari 
Ko`llar hosil bo`lishiga ko`ra tektonik (Issiqko`l, Baykal va b.), 
vulkan ko`llari (vulkan kraterlarida — og`zida), muzlik ko`llari 
(muzlik o`yib hosil qilgan chuqurliklarda, morenalar to`sib qo`ygan 
vodiylarda), karst ko`llari, liman ko`llari, o`zan ko`llari, sun’iy 
ko`llar (suv omborlari) bo`ladi. Suv holatiga ko`ra oqar va oqmas 
ko`llar bo`ladi. Suvida erigan tuzlar miqdoriga qarab, sho`r
(mineralli) va chuchuk suvli ko`llarga bo`linadi. Eng katta ko`llar 
O`rta Osiyoda Kaspiy, Orol, Issiqko`l va b. K.-lar Yer yuzida 
quruqli maydonining 1,4%ini (2,1 mln. km
2
) egallagan. 
Landshaft (nemischa land — yer va shaft — manzara)— 
tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, 


142 
relyefi, iqlimi, tuproqlari, o`simlik turkumi, hayvonot dunyosi, yer 
osti va yer usti suvlari rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan 
va tabiiy chegaralarga ega bo`lgan hudud. Landshaftshunoslikda 
landshaftning uch xil tushunchasi mavjud: 1) regional tushuncha. 
Bunda landshaft yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta 
bo`lmagan qismi tushuniladi; 2) tipologik, umumlashtiruvchi 
tushuncha. Mas., tog`-o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridagi butazor-siyrak 
o`rmonlar landshafti; 3) landshaft umumiy tushuncha. Mas., o`rmon 
landshafti, cho`l landshafti, botqoq landshafti. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling