S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Yoyilma konusi — doimiy yoki vaqtincha oqar suvlar tor va 
qirlar orasidan tekislikka yoki vodiylarning kengroq qismiga 
chiqqan joyda suv keltirgan jinslarning to`planishidan hosil bo`lgan 
yarim konus ko`rinishdagi salgina qabariq relyef shakli YO. k-lari 
har-xil kattalikdagi chaqiq va uvoq tog` jinslari to`plamidan iborat.
Yomg`ir — bulutdan tomchi holda yog`adigan va tomchisining 
diametri 0,5 mm hamda undan katta bo`lgan suyuq yog`ik. YO. 
yomrirli qatlam-qatlam bulutdan yog`adigan shivalama yomg`ir va 
yomg`irli to`p bulutdan yog`adigan jala yomg`irga bo`linadi. 
Yonbag`ir — bo`rtma, baland relyef shakllarining (tog`lar, 
tepalar, do`nglar) atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. 
Yonbag`irlar shakliga ko`ra botiq, tekis, qabariq bo`ladi.
Jarlik — tog`li o`lkalardagi tik yonbag`irlar, daryolar baland 
terrasalarining tik kesilgan chekkalari, dengizlarning urilma 
to`lqinlari hosil qilgan baland qirg`oqlari. Daryolar qalin lyoss 
jinslarning ostini yuvishi natijasida ham Jarlik hosil bo`ladi. 
Tektonik yoriqlar bo`ylab uzilmalar ro`y berishidan ham Jarlik 
vujudga keladi. Jarlarni odatda yon jarlar kesib tushgan bo`ladi. 
Jilg`a — qor, muz va yomg`ir suvlaridan hosil bo`luvchi hamda 
buloqlardan oqib chiquvchi oqar suvlar, kichik soylar. O`rta va 


140 
Markaziy Osiyoda jilg`alar ko`pincha yozda qurib qoladi. Eski 
o`zbek tilida vodiy, soylik ham jilg`a, julg`a deb atalgan. 
Zonallik — Yer jo`g`rofiy qobig`ining Yer yuzida Quyosh 
issiqligining jo`g`rofiy kengliklar bo`yicha notekis taqsimlanishi va 
yog`in miqdorining har xilligi natijasida tabiiy holda turli tabiatli 
qismlarga bo`linishi qonuniyati.
Izobara (yunoncha izos — barobar, baryus — og`irlik)—
jo`g`rofiy, sinoptik, meteorologik xaritalarda Yer yuzasidagi 
havo bosimi bir xil bo`lgan joylarni tutashtiruvchi chiziq. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling