S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Tog` daryosi — tog`lardagi muz, qor va buloq suvlaridan 
boshlanib, shovullab tez oqadigan daryolar. Tog` daryolarida ostona 
va sharsharalar ko`p bo`ladi. Ko`pincha tor vodiylar, daralarda 
oqadi. M., Piskom, Chotqol, Ugom va b. 
Tog` muzliklari — tog`larning qor chegarasidan yuqorida qor 
to`planib, zichlashib hosil bo`lgan muzliklar. Ko`pincha vodiylarda, 
cho`qqilar atrofida, yonbag`irlarda bo`ladi. Qor chegarasidan pastga 
ham siljib tushadi. Eng katta T. m. Alyaskadagi Bering, Pomirdagi 
Fedchenko muzliklari (77 km ga cho`zilgan). 
Troposfera (yunoncha tropos — o`zgarish, sfera —shar)—
atmosferaning yer yuzasiga yaqin eng quyi qismi.
Troposferaning qalinligi qutblarda 8-10 km, o`rtacha kengliklarda
10-12 km, ekvator atroflarida 16-18 km. Troposferadagn
havo asosan yer yuzasidai issiq oladi. Havo harorati 
troposferaning ustki chegarasida qutbda -55° S, ekvator yaqinida -
80° S. Atmosferadagi butun havo massasining 4/5 qismidan 
ko`prog`i va suv bug`ining deyarli hammasi shu troposferada 
to`plangan. Troposferada havo gorizontal va vertikal harakat qilib
bulutlar paydo bo`ladi va yog`in yog`adi. 
Fenologiya (yunoncha «fenomena»— hodisa, «logos»—
fan) — yil fasllarining almashishini va ob-havoning o`zgarishi
munosabati bilan organik va anorganik tabiatning mavsumiy
o`zgarib borishini o`rganadigan fan; Mas., suvlarning muzlash va 
muzdan tushish, o`simliklarning kurtak chiqarish, gullash
muddatlari, qushlarning uchib kelish va uchib ketish 
muddatlarini fenologiya o`rganadi. 


148 
Flora (latincha Flora — Rim afsonasida gullar va bahor ma’-
budasi) — biror-bir joy, mamlakatga yoki geologik davrga xos 
bo`lgan barcha o`simliklar majmui. Mas., O`zbekiston F. si, 
uchlamchi davr F. si va b. 
Siklon (yunoncha siklon — aylanuvchi)—atmosferaning past 
bosimli qismlari. Ko`pincha ikki xil havo massasi chegarasida (havo 
frontida) hosil bo`ladi. S. markazida havo bosimi kam, atrofda 
yuqori bo`ladi. SHamol atrofdan S markazi tomonga esadi. Lekin 
yerning o`z o`qi atrofida aylanishi ta’sirida shamollar shimoliy 
yarimsharda o`ngga, janubiy yarimsharda chasha buriladi. Natijada 
S.da shamollar quyundagiga o`xshab esadi. Aslida S. katta quyundan 
iborat, S. larning diametri 1000 – 3000 km ga. Soatiga 30 - 40 km, 
ba’zan 80 km gacha tezlik bilan siljiydi., S. da ob-havoo bulutli 
yog`inli bo`ladi. O`zbekiston Atlantika okeanidan keladigan S. lar 
qishda iliq, yomg`irli, qorli havo keltiradi. 
Shamol — havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli 
joylarga tomon oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi 
orasidagi farq qancha katta bo`lsa, shamol shuncha kuchli esadi. 
SHamolning yo`nalishi va tezligi maxsus asboblar (Qarang. Flyuger 
va Anemometr) yordamida aniqlanadi va Bofortning xalharo 
shkalasi bo`yicha 0 dan 12 gacha ballar bilan baholanadi. SH. 
Esayotgan tomon ufq tomonlari nomi bilan ataladi. Mas., shimoliy, 
g`arbiy, janubi-sharqiy Sh. lar va h. k. 
Sharq—1) ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush 
paytida Quyoshga qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo`-
ladi; 2) matematik ufq tekisligi bilan osmon ekvatori kesishgan 
nuqta; 3) Quyosh chiqadigan tomon. 
Shimol — ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush 
chizig`i bilan haqiqiy ufq doira chizig`i kesishgan nuqta. 
CHiqayotgan quyoshga qarab turganingizda chap tomoningizda 
bo`ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling