S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 Proterozoy (yunoncha proteros — ilk, eng qadimgi, zoe hayot) 
— er tarixining kembriy davridan oldin o`tgan vaqtniig katta 
qismini o`z ichiga oladigan geologik era va shu erada vujudga 
kelgan tog` jiislari.
2 mlrd. yildan ko`proq vaqtni o`z ichiga oladi. Ikki davrga — 
yuqori va quyi. P. ga bo`linadi. P. tog` jinslari orasida temir, mis, 
marganets ma’danlari, fosforit, grafit, nodir metallar uchraydi. 
Psixrometr (yunoncha psixros— sovuq, metreo—o`lchayman) 
— havo namligi o`lchanadigan asbob. Ikkita termometrdan iborat: 
biri quruq, ikkinchisining simobli uchiga mato o`rab suvli idishga 
tiqib qo`yiladi. Ho`l termometr haroratni pastroq ko`rsatadi. Ana 
shu termometrlar ko`rsatkichidagi farq asosida havo namligi maxsus 
jadvaldan aniqlanadi. 
Relyef — (franduzcha «relyef» — ko`taraman) — yer yuzasi 
shakllari: tog`lar, tekisliklar, pasttekieliklar, adirlar, yassi tog`liklar, 
tepaliklar, qirlar, vodiylar, botiqlar, soyliklar, jarlar va boshqalar 
majmui. Relyef ikki xil kuch — ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) 
kuchlarning birgalikda hamda muntazam o`zaro ta’siri natijasida 
vujudga keladi. 
Savanna (ispancha sabana)— har yer-har yerda yakka holda 
yoki to`p-to`p daraxtlar o`sadigan quruq tropik o`t o`simliklari. 
O`tlar orasida bo`yi 1-3 m ga etadigan g`allagulli qurg`oqchil 
o`simliklar ko`p. Daraxtlar va butalar soyabonsimon ko`rinishga 
ega. Jan. Osiyo, Jan. Amerika, Afrika va Avstraliyada keng 
tarqalgan. 
Seysmik mintaqa — yer qimirlash markazlari joylashgan va 
zilzilalar bo`lib turadigan mintaqa. Hozirgi zamon tektonik 
harakatlari, tog`lar hosil bo`lishi ro`y berayotgan, chuqur okean 
botiqlari paydo bo`layotgan joylarni o`z ichiga oladigan uzun 
cho`zilib ketgan hududlar kiradi. Ikkita katta S. m. mavjud. Yevropa 
Osiyo (Alp-Himolay) va Tinch okean halqasi. 
Seysmologiya (yunoncha — seysmos — yer qimirlash, logos — 
fan) — yer qimirlash va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganuvchi fan: 
Zilzilalar sabablarini, ularning tektonik jarayonlar bilan aloqalarini, 


146 
oldindan aytib berish imkonlarini, Yer yuzasida tarqalish 
geografiyasini, yer qimirlash oqibatlariga qarshi kurash yo`llarini 
o`rganadi. 
Sinekliza (yunoncha sin – birgalikda va engilisis – egilish) – yer 
po`stining platformalarida salginabotiq qismi. Eni bir necha yuz km 
ga etadi. Shakli ko`pincha noto`g`ri yumaloq bo`ladi. S. Botig`i 
cho`kindi jinslar to`ldirib, yer yuzasi yassi yoki salgina botiq 
tekislikka aylangan bo`lishi mumkin. Mas., Liviya S. si Moskva S. 
si va h. k. 
Sinklinal (yunoncha— sinklit — egilaman)— tog` jinslari 
qatlamlarining qabariq tomoni pastga qaragan burmasi. S. antiklinal 
bilan yonma-yon joylashgan bo`ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling