S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Biosfera (yunoncha bio — hayot, sfera — shar) - Yerning 
hayotga makon bo`lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi qobig`i. B. 
atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni okean, dengiz, ko`l va 
daryo suvlari (gidrosfera) ni hamda Yer po`stining ustki qismi 
(litosfera)ni o`z ichiga oladi. 
Botqoqlik — doimo yoki uzoq vaqt zax bo`lib yotadigan joy. 
Botqoqlikda ba’zan 0,2 - 0,3 m qalinlikda torf qatlami bo`ladi. 
O`simliklarning ildizlari torf ostidagi qatlamga etib bormaydi. Torf 
qatlami yupqa bo`lsa botqoqlashgan yerlar deb ataladi. Botqoqlik 
o`rmoni kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va o`tloqlarni 
uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o`t 
qoplashi natijasida hosil bo`ladi.
Briz (fransuzcha brize — shabada) — dengizlar, katta ko`llar, 
ba’zi bir yirik daryolar sohilida esadigan mahalliy shamollar.


137 
Bulut — havodagi juda mayda (kolloid) suv zarrachalari, 
tomchilari va muz zarrachalari to`plami. Ular yiriklashib yog`in 
bo`lib tushadi. B. havo yuqorilama harakat qilganda, yuqoriga 
ko`tarilganda harorat pasayib, suv bug`lari kondensatsiyalanib hosil 
bo`ladi.
Bulutlilik — osmonning bulut bilan qoplanganlik darajasi. 
Osmonni bulut tekis qoplagan bo`lsa B. 10 ballga, agar osmonni 
yarim qoplagan bo`lsa 5 ballga, havo ochiq bo`lsa 0 ballga teng deb 
qabul qilinadi. 
Burmalanish — Yer po`stida yon tomondan bo`ladigan kuchli 
tektonik bosim ta’sirida qatlamlarning bukilib, burmalar hosil 
qilishi. B. natijasida burmali tog`lar, ular orasida botiqlar — 
tektonik vodiylar paydo bo`ladi.
Burmali tog`lar — tektonik harakatlar ta’sirida tog` jinslari 
qatlamlari burmalangan va tevarak atrofdan baland ko`tarilib qolgan 
tog`lar. Masalan, Kavkaz, Himolay, And, Kordil’era tog`lari va 
boshqalar. 
Vodiy — relyefning uzun cho`zilgan botiq shakli. Hosil 
bo`lishiga ko`ra, erozion va tektonik bo`ladi. Har ikkala sababning 
birgalikda ta’siridan ham vujudga keladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling