S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Gorizont (ufq tekisligi) — (yunoncha gorizon — 
cheklayman) — Yer yuzasining ochiq, tekis yerda atrofimizda 
ko`rinadigan qismi.
Daryo - o`zi hosil qilgan tabiiy o`zandan oqadigan suv. D. lar 
bir-birlaridan uzunligi, kengligi xavzasining maydoni, chuqurligi, 
nishabi, tezligi, oqiziqlari, to`yinish turi, suvning kimyoviy tarkibi 
bilan farq qiladi. O`z irmoqlari va tarmoqlari bilan daryolar 
sistemasini hosil qiladi.
Daryo vodiysi - yer yuzasida uzunasiga cho`zilgan
qiyosan kambar soylik. Daryo vodiylari oqar suvlarning ishi 
natijasida vujudga kelgan bo`lib, daryo oqadigan tomonga qiya 
va ko`pincha egri-bugri bo`ladi.  
Daryo mansabi (quyar joyi) - daryoning dengiz, okean, ko`lga 
yoki boshqa daryoga qo`shiladigai joyi. Daryolar mansabida
ko`rfaz yoki delta hosil qiladi. 
Daryo nishabi - daryo biror qismning yoki butun daryoning 
yuqori nuqtasi bilan quyi nuqtasi orasidagi tik balandlikning uning 
uzunligiga nisbati.
Daryo oqimi - suvning tabiatda aylanib yurish jarayonida daryo 
o`zanida oqadigan suv.


139 
Daryo sistemasi - biror daryo havzasiga kiruvchi barcha 
daryo irmoq, tarmoq, jilg`alar. Ular bir-birlari bilan qo`shilib,
suvi to`planib, bosh daryo, dengiz yoki ko`lga quyiladi.
Masalan Volga sistemasi, Sirdaryo sistemasi, Amur sistemasi. 
Daryo havzasi - biron-bir daryo sistemasiga suv keladigan 
maydon, hudud. D. h-ni ko`pincha daryoning, suv yig`adigan
havzasi deyiladi.
 Delta - daryoning dengizga yoki ko`lga quyilish joyida 
suvda oqib kelgan jinslarning cho`kib to`planishidan hosil
bo`lgan tekislik.
 Dengiz okeanning bir qismi; Dengiz okeandan quruqlik 
yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining ko`tarilgan joylari 
bilan ajralib turadi. O`zining geografik o`rni va havzalarining 
hususiyatiga qarab 3 turga bo`linadi: 1) materiklar orasidagi 
dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) chekka dengizlar.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling