S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Tabiiy geografik o`rin — barcha geografik obyektlarning 
(shahar, qishloq, o`lka, mamlakat, qit’a, tog`, daryo, ko`l, dengiz va 
h. k.) atrofdagi tabiiy geografik obyektlarga nisbatan joylashgan 
o`rni. Mas., Toshkent 42° shim. kenglik va 68° sharqiy uzunlikda 
Chirchiq daryosi bo`yida, Chotqol tog`larshshng g`arbiy tog` oldi 
tekisligida joylashgan.
 Tabiiy geografiya  — 1) geografik qobiq tabiatini o`rganuvchi 
fan. Yer haqidagi fanlardan biri. Geografik qobiqning moddiy 
tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi, o`zgarishi, hududiy bo`linishini 
o`rganadi; 2) tabiiy jo`g`rofiy fanlar sistemasn. Bu sistemaga umumiy 
yer bilimi, hududiy tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, 
geomorfologiya, iq-limshunoslik, okeanografiya, muzshunoslik, 
muzloqshunoslik, tuproqlar geografiyasi, bio geografiya, fenologiya 
va boshqa fanlar kiradi. 
Tabiat kompleksi (geografik kompleks) — tabiatning o`zaro 
ta’sir etib va bir-birini taqozo qilib, yagona sistema hosil qilib 
turuvchi komponentlari, ya’ni relyef, iqlim, yer osti va yer usti 
suvlari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosining qonuniy uyg`unligi. 
T. k. ning eng kichigi joy, Mas., kichik botqoqlik, bir soy yoki jar 
bo`lsa, eng kattasi landshaft qobig`i. Tabiat zonasi ham, geografik 
mintaqa , ham T. k. hisoblanadi. 
 Tektonika (yunoncha tektonikos — binokorlikka oid)—
geologiya (Yer haqidagi fan) ning bir tarmog`i, yer po`stining 


147 
tuzilishi va uning ichki kuchlar ta’sirida, yerning taraqqiyoti 
jarayonida ro`y berayotgan o`zgarishlarni o`rganadi. 
Tog`-vodiy shamoli — tog`li ulkalarda tunda tog yonbag`ri va 
vodiy bo`ylab pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag`ir 
bo`ylab yuqori tomon esuvchi shamol. T. v. sh. havoning tog`lar 
bilam atrofdagi tekisliklarda va vodiy tagi: bilan yoybag`irda turli 
darajada: isishi hamda tunda tog`larda va yonbag`rida tez sovib 
ketishi natijasida bir xil balandlikda havo bosimida tafovut vujudga 
kelishi oqibatida hosil bo`ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling