S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Nisbiy balandlik — yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik 
balandlik Mas., tog` cho`qqisi bilan vodiy tagi orasidagi tik 
balandlik, yoki daryo ikki qirg`og`ining bir-biridan balandligi va h. 
k. 
Nurash — Tog` jinslarining havo, suv, muz haroratining 
o`zgarib turishi, organizmlar ta’sirida parchalanib uvoqlashishi 
hamda kimyoviy tarkibining o`zgarishi jarayoni. Fizikaviy va 
kimyoviy nurashlar bo`ladi. Ba’zan tadqiqotchilar organik nurashni 
ham alohida ajratishadi; Aslida organik N. organizmlar ta’sirida 
ro`y beradigan fizikaviy yoki kimyoviy N. ko`rinishlardan iboratdir. 
Nurash po`sti — Tog` jinslarining havo, suv va organizmlar 
ta’sirida o`zgarishidan hosil bo`lgan g`ozak jinslar qatlami. Tub tog` 
jinslaridan g`ovakligi va kimyoviy tarkibining o`zgarganligi bilan 
farq qiladi. Tabiiy sharoitga qarab N. p. ning qalinligi har xil 
bo`ladi. Issiq va sernam o`lkalarda qalin (200 m gacha) bo`ladi. N. 
p. ning hosil bo`lishi yerning barcha geologik davrlarida ro`y 
bergan. 
Ob-havo — atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir 
qisqa vaqtdagi tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o`zgarib turadi. 
O. ma’lum bir vaqtning o`zida bir-biri bilan uyg`un meteorologik 
elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo harorati, namligi, 
shamol, bulutlilik yog`in, havo bosimi, tiniqligi va h. k.). O. 
o`zgarishi deganda mana shu elementlarning o`zgarishi tushuniladi. 


144 
O. davriy (kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (siklon 
o`tishi, turli havo massalarining kelishi, antitsiklon turishi) 
o`zgarishlarga ega. 
Parallellar — Yer yuzasida ekvatorga paralel o`tkazilgan 
shartli doira chiziqlar. Xarita globuslarda gradus to`rining asosiy 
tarkibiy qismi. P sharq Bilan g`arbni ko`rsatadi. Ekvatordan 
uzoqlashgan sari P. qisqara boradi. P. joyning geografik kengligini 
ko`rsatadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling