S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Keng bargli o`rmonlar—qishda bargini to`kadigan shapaloq
bargli daraxtlar o`sadigan o`rmonlar: buk, eman, zarang, juka, grab va boshqa daraxtlar o`sadi. K .b. o`. shimoliy yarimsharning mo`tadil minataqasi tarkibiga kiruvchi keng bargli o`rmonlar zonasini hosil qiladi. O`zbekistan tog`larida balandlik mintaqasi sifatida uchraydi. Bu yerda zarang, terak, mevali daraxtlar — yovvoyi olma, yong`oq, o`rik, do`lana, pista, qoraqat va boshqalardan iborat. Ko`l — quruqlikdagi chuqurliklarni to`ldirgan suv havzalari Ko`llar hosil bo`lishiga ko`ra tektonik (Issiqko`l, Baykal va b.), vulkan ko`llari (vulkan kraterlarida — og`zida), muzlik ko`llari (muzlik o`yib hosil qilgan chuqurliklarda, morenalar to`sib qo`ygan vodiylarda), karst ko`llari, liman ko`llari, o`zan ko`llari, sun’iy ko`llar (suv omborlari) bo`ladi. Suv holatiga ko`ra oqar va oqmas ko`llar bo`ladi. Suvida erigan tuzlar miqdoriga qarab, sho`r (mineralli) va chuchuk suvli ko`llarga bo`linadi. Eng katta ko`llar O`rta Osiyoda Kaspiy, Orol, Issiqko`l va b. K.-lar Yer yuzida quruqli maydonining 1,4%ini (2,1 mln. km 2 ) egallagan. Landshaft (nemischa land — yer va shaft — manzara)— tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, 142 relyefi, iqlimi, tuproqlari, o`simlik turkumi, hayvonot dunyosi, yer osti va yer usti suvlari rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo`lgan hudud. Landshaftshunoslikda landshaftning uch xil tushunchasi mavjud: 1) regional tushuncha. Bunda landshaft yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta bo`lmagan qismi tushuniladi; 2) tipologik, umumlashtiruvchi tushuncha. Mas., tog`-o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridagi butazor-siyrak o`rmonlar landshafti; 3) landshaft umumiy tushuncha. Mas., o`rmon landshafti, cho`l landshafti, botqoq landshafti. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling