136
Amosferada 10 km gacha balandlikda asosan yerda hosil bo`lgan
chang bo`ladi. Katta balandliklarda esa, meteor jismlar yonishidan
hosil bo`lgan kosmik chang bo`ladi. Ayniqsa,
atmosferaning yerga
yaqin qatlamida chang ko`p, bu yerda 1 kub sm quruq havoda 100
mingtagacha
chang
zarralari
bor.
Balandlik
ortgan
sari
atmosferaning zichligi, bosimi, harorati va boshqa fizik hamda
kimyoviy xossalari o`zgaradi. Atmosfera Quyidagi 5
qatlamga
bo`linadi: troposfera, stratosfera,
mezosfera, termosfera yoki
ionosfera, ekzosfera.
Atmosfera
frontlari
— troposferada turli xil fizik
xususiyatlarga ega bo`lgan havo massalarini
bir-biridan ajratib
turuvchi kambar (eni bir necha o`n km), lekin uzun cho`zilgan
(yuzlab, ba’zan minglab km) oraliq, o`tkinchi zona.
Baland tog`lar — relyefning morfogenetik tipi, balandligi
2000 m dan yuqori bo`lgan tog`lar.
Yuqorida muz bilan
qoplanganligi sababli muz hosil qilgan relyef shakllari keng
tarqalgan bo`ladi. Bunday tog`larga Himolay, Tyanshanv, Alp,
Pomir, Kavkaz, Oltoy tog`lari kiradi.
Barxan — o`simlik bilan qoplanmagan ko`chma qum do`ngi.
Shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yuradi.
Yillik
ko`chish tezligi bir necha sm dan yuzlab m ga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: