S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


“Cho`llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy omillar” mavzusini


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 
“Cho`llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy omillar” mavzusini 
o`tishda ushbu metodni qo`llash tavsiya etiladi. 
Tarqatma materiallar: 
1-guruhga: Geologik omillar 
2-guruhga: Iqlimiy omillar 
3-guruhga:Gidrogen omillar 
4-guruhga: Fitogen omillar 
5-guruhga:Zoogen omillar 
Nazorat savollari: 
1.Cho`llanish muammolarini o`qitishda zamonaviy pedagogik 
texnoloiyalari rolini tushuntirib bering. 
2.Qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bilasiz? 
3.Qanday pedagogik te’nologiyalardan foydalanilsa talabalar 
o`zlashtirish darajasi yuqori ko`rsatkichga erishiladi? 
 


131 
XULOSA 
 
Arid cho`l landshaft komlekslarini shakllanishida indikatorlik 
vazifasini 
bajargan 
geografik 
komponentlarning 
o`zaro 
aloqadorligini, ularning makonda zonal, regional va vertikal 
tabaqalanishini sistemali yondashish asosida tahlil qilish va 
kartalashtirish, rang-barang geokomplekslarni tabiiy va antropogen 
omillar ta’sirida cho`llanishini va dinamik o`zgarishini tadqiq etish, 
cho`llanish jarayonida vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarning 
keskinlik darajasini aniqlab geoekologik rayonlashtirish va ekologik 
optimallashtirish kabi muammolarga oid tadqiqotlar olib borilishi 
natijasida ayrim nazariy holatlar ishlab chiqiladi. 
Cho`l landshaftlarining tuzilish tahlili shuni ko`rsatadiki, uning 
hududi morfologik jihatdan yondosh regionlar hududiga nisbatan 
juda murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi, uning rang-barang 
arid landshaft majmualarini yirik masshtabli kartalashtirish ilmiy va 
amaliy ahamiyat kasb etadi. Arid landshaft majmualarini tarkib 
topishi, 
shakllanishi 
va 
tadrijiy 
rivojlanishida 
geografik 
komponentlar bevosita indikatorlik vazifasini bajaradi. 
Hozirgi arid landshaft majmualarini cho`llanishida va dinamik 
o`zgarishida asosan tabiiy va antropogen omillar guruhi yetakchi rol 
o`ynaydi. Cho`l geotizimlarining tabiatan mo`rtligi, geografik 
komponentlarning o`zaro aloqadorlik darajasi va bog`lanish 
mexanizmini bo`shligi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirini kun 
sayin kuchayib borishi ularni barqaror rivojlanib borishiga 
imkoniyat bermaydi. Buning oqibatida turli xil keskinlikdagi
geoekologik vaziyatlar vujudga keladi. 
Arid 
landshaftlarni 
makonda 
gorizontal 
va 
vertikal 
tabaqalanishini tadqiq qilish, morfologik birliklarni ajratish va ularni 
turli xil masshtablarda kartalashtirish tabiatdan maqsadga muvofiq 
foydalanishni, atrof-muhit tabiatini muhofaza qilishni tashkil etishda 
va vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni optimallashtirishga oid 
chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo`lib xizmat qiladi.
Cho`l landshaft majmualari makonda faqat gorizontal 
yo`nalishda tabaqalanib qolmasdan, balki vertikal yo`nalishda ham 
tabaqalashadi. Bu yerda landshaftlarning vertikal tabaqalanishi ikki 


132 
xil variantda namoyon bo`ladi. Birinchi variantda cho`l landshaftlari 
bevosita yer yuzasining gipsometrik sathiga qarab o`zgarib borib 
balandlik landshaft pog`onalarini hosil qiladi. Ikkinchi variantda 
landshaft majmualari tog`larning balandligiga qarab vertikal 
zonalarni vujudga keltiradi. Bu cho`l landshaftlarining vertikal zonal 
tabaqalanishidir.
Cho`l hududlarini majmuali tadqiq etishda landshaft-ekologik 
nuqtayi nazardan yondashish bakalavriaturada «Umumiy tabiiy 
geografiya», «Geoekologiya asoslari», «Landshaftshunoslik» 
hamda magistraturada «cho`llanish muammolari», «Arid va tog`li 
o`lkalar tabiiy geografiyasi» fanlarini rivojlanishida katta rol 
o`ynaydi. Bunday yondashish cho`llashish jarayonlari faol 
kechayotgan o`choqlarini topishda, cho`llanishning paydo bo`lish 
mexanizmini 
o`rganishda 
va ularning 
rivojlanish 
tezligini 
aniqlashda qulay imkoniyatlar ochib beradi, tabiatda ekologik 
muvozanatni saqlashda, tabiiy va antropogen landshaftlarning 
ekologik holatini optimallashtirishda va atrof-muhit tabiatini 
himoyalashda katta ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi landshaft majmualarida yuz berayotgan cho`llanish 
jarayonlarini oldini olish va ularga qarshi kurashish, yaylovlarning 
geoekologik holatini yaxshilash, ularning hosildorligini oshirish 
uchun antropogen agrofitotsenozlarni tashkil etish, fitomeliorativ 
ishlarni keng yo`lga qo`yish, yarim buta va butalarning urug`ini 
sepish 
yo`li 
bilan 
o`simlik 
qoplamini 
barqarorlashtirish, 
biomassalarning 
hosildorlik 
miqdorini 
ko`paytirish, 
chorva 
mollarini boqishda belgilangan me’yorga amal qilish, daraxt va 
butalarni 
kesishni 
man 
etish 
va 
texnogen 
landshaftlarni 
rekultivatsiyalash zarur. Bunday tadbirlar cho`l landshaftlarining 
ekologik holatini yaxshilashga, barcha turdagi geotizimlarning 
barqaror rivojlanishiga va ularning hosildorligini yanada oshishiga 
zamin yaratadi. 
Cho`l landshaftlarini geoekologik optimallashtirishda va ularga 
ilmiy asosda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni qo`llashda, xususan 
fitomeliorativ ishlarni amalga oshirishda har qaysi landshaft turiga 
tabaqalashgan holda yondashish kerak.


133 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling