S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
bosqichga, so`ngra antropogen bosqichga o`tgan. Abiogen omillar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abissal tekisliklar
- Abraziya
- Alp burmalanishi
bosqichga, so`ngra antropogen bosqichga o`tgan.
Abiogen omillar — geografik qobiq va landshaftlarning jonsiz tabiat ta’sirida mavjud bo`lgan omillari. Magadan, birlamchi tog` jinslari, iqlim, relyef, Yerning ichki energiyasi hamda kosmik energiya. Abissal tekisliklar — chuqur suvosti tekisliklarining bir turi. Okeanlar tagidagi botiqlar va soyliklarda joylashgan. Ablyasiya (lotincha ablatio — olib ketish) — 1) glyasiologiyada muzlik massasi va qor qoplamining erishi, bug`lanishi hamda parchalanishi natijasida kamayishi. 2) Geomorfologiyada nuragan tog` jinslarining oqar suvlar, shamol, muzliklar va og`irlik kuchi ta’sirida ko`chishi, olib ketilishi. Abraziya (qirg`oq yemirilishi), (lotincha – avragio – sindirish)- dengiz, ko`l, yirik suv, omborlari qirg`oqlariniyag to`lqinlar ta’sirida yemirilishi. Adirlar — O`rta Osiyo tog`lari etagidagi cho`l va chalacho`l qirlar. Neogen va antropogen davrlarining cho`kindi tog` jinslaridan tarkib topgan. Farg`ona, Hisor, Surxondaryo vodiylarida ko`proq konglomerat va chaqiqtoshlardan iborat bo`lib, ba’zi joylarda lyoss bilan qoplangan. Adirlar past-baland bo`ladi. Ularni ko`p joylarda soy hamda jarlar kesib o`tib, ayrim-ayrim qismlarga bo`lib oborgan. Adirlarning mutlaq balandligi 400-500 m dan 1000-1500 m gacha boradi. Allyuviy (lotincha alluvio yotqiziq) — doimiy yoki vaqtli oqar suvlar keltirib yotqizgan tog` jinslari. Ko`proq mayda tosh, shag`al, qum va gillardan iborat bo`ladi. Ba’zi tekisliklar, daryolarning qayirlari va terrasalari (ko`hna qayir) shunday jinslardan tashkil topgan. Alp burmalanishi — Yer tarixining kaynozoy erasida ro`y bergan burmalanish. Nomi shu burmalanishda vujudga kelgan Alp tog`lari nomidan olingai. A. b. davrida hozirgi mavjud ko`p yosh tog` tizmalari hosil bo`lgan. Bular ikki tog` mintaqasini tashkil etadi: Alp-Himolay (Pireneya, Andalusiya, Atlas, Apennin, Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindikush, Himolay, Birma) va Tinch okean (Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, 135 Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Antarktida yarim oroli, And, Kordil’era) tog`lari mintaqalari. Antekliza (yunoncha anti - qarshi va klisis - og`ish)— platformalarda yer po`stining salgina ko`tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar. Kengligi bir necha yuz km ga yetishi mumkin. Yer po`stining uzoq vaqt davomida asta-sekin ko`tarilishi natijasida hosil bo`ladi. Antitsiklon (yunoncha anti - qarshi, cyklon - aylanuvchi)— atmosferada ro`y beradigan katta girdob. Havo bosimidagi farqlar ta’sirida shamollar A. markazdan chekkaga tomon yo`naladi. Lekin Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi ta’sirida shamol Shimoliy yarimsharda o`z yo`nalishini o`zgartirib, soat mili harakati yo`nalishida, Janubiy yarimsharda teskari yo`nalishda esadi. A. soatiga o`rtacha 30 km – tezlikda siljiydi. O`rta Osiyoda tezroq — yozda soatiga 49 km, qishda 60 - 65 km tezlikda g`arbdan sharqqa tomon siljib boradi. A-da ko`pincha havo ochiq, kechasi salqin, kunduzi iliq bo`ladi. Ariq — daryo, soy, kanal va boshqalardan sug`orish, suv bilan ta’minlash va boshqa maqsadlarda inson kuchi bilan chiqarilgan shoxobcha. Ba’zi qadimgi kanallar hozir ham A. deyiladi. Chunonchi, Zaxariq, Jilvonariq, Kaykovus arig`i, Damariq va hokazo. Ekinlarni sug`orish uchun tortilgan jo`yaklar ham ba’zan A. deyiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling