S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Sho`rxok cho`llarni ekologik optimallashtirish


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Sho`rxok cho`llarni ekologik optimallashtirish. Qizilqumning 
katta maydonini egallab olgan oqmas berk botiqlarda, Quyi 


121 
Zarafshon deltalari atrofida va Orolbo`yi pasttekisligining sharqiy 
qismida sho`rxok cho`l landshaft majmualari keng tarqalgan. Bu 
tipdagi arid landshaftlarda sho`rlanish jarayoni faol yuz 
berayotganligi 
tufayli 
cho`llanish 
hodisasi 
ham, 
ekologik 
vaziyatning keskinligi ham ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Shu 
boisdan sho`rxok cho`l landshaft majmualari, ular doirasida vujudga 
kelgan ekologik vaziyatlar turli xil meliorativ chora-tadbirlarni 
qo`llanishiga muhtoj. Berk botiqlarning quyi qatlamlarning kam 
minerallashgan 
yer 
osti 
suvlarining 
mavjudligi 
sho`rxok 
landshaftlarning 
aksariyat 
qismini 
o`zlashtirish, 
sug`orma 
dehqonchilikni rivojlantirish yo`li bilan optimallashtirish mumkin. 
Sho`rxok cho`l geokomplekslarni o`zlashtirib, ulardan sug`orma 
dehqonchilikda foydalanish uchun Mingbuloq, Oyoqog`itma va 
Qoraxotin botiqlarida tajriba uchastkalari tashkil etilgan. Mingbuloq 
botig`ida tashkil etilgan cho`l sug`orma dehqonchiligida beda, 
bug`doy arpa, poliz ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan. 
Bu daraxtlar oq akatsiya, o`rik, tut, jiyda, zarang shumtol kabilardan 
iborat. Sho`rxoq landshaft majmualarining tuproq va meliorativ 
sharoitining o`zlashtirish va cho`l agrolandshaftlarini yaratish uchun 
noqulay bo`lishiga qaramasdan sug`orma dehqonchilik asosida 
ekilgan bedadan o`rtacha 200 s/ga, poliz ekinlaridan 230 s/ga, 
bug`doy va arpadan 20 s/ga dan hosil olingan (Zvonkova, 1965). 
Shuningdek, Oyoqog`itma botig`i hududida tashkil qilingan 
tajriba uchastkalarida ham sug`oriladigan agrolandshaftlar yaratilib, 
u yerda izen, poliz ekinlari hamda manzarali daraxtlar – Turkiston 
zarangi, maklyor qayrag`ochi va boshqalar ekilgan. Shulardan 4-5 
gektar maydonga ekilgan izen yaxshi rivojlanib, har gektaridan 
o`rtacha 100 sentnergacha hosil bergan. Bunday sug`oralidagan 
uchastkalar sekundiga 8 va 12 litrdan suv chiqarib beradigan ikkita 
artezian 
qudug`i 
atrofidagi 
sho`rxok 
cho`l 
landshaftlarni 
o`zlashtirish hisobiga vujudga kelgan. Mazkur meliorativ tadbirlar 
Qizilqum cho`lidagi barcha sho`rxok landshaftlarning hosildorligini 
oshirishda va ekologik holatini optimallashtirishda dastlabki shart-
sharoit bo`lib xizmat qilishi mumkin. 
V.A. Burigin (1959) yaylovlarni o`zlashtirish va ularni suv bilan 
ta’minlash masalasiga to`xtalib, cho`ldagi har bir quduq sekundiga 


122 
5-10 litrdan suv bersa, bunday quduq yoniga mahalliy nasoslar 
o`rnatilib, quvurlar orqali quduqdan har tomonga 40-50 km gacha 
suv tarqatish mumkinligini, har bir suvi yetarli bo`lgan artezian 
quduq esa o`nlab oddiy shaxta quduqning o`rnini bosa olishi 
mumkinligini e’tirof etgan. Bunday meliorativ tadbirlarni amalga 
oshirish faqat sho`rxok cho`l landshaftlarining ekologik holatini 
yaxshilanishiga va ularning biomassalarini ko`payishiga ijobiy ta’sir 
ko`rsatib qolmasdan, balki barcha turdagi cho`l yaylovlarining 
ekologik optimallashtirishga katta yordam ko`rsatadi. Keyingi 
yillarda Qizilqum cho`lida ko`plab artezian quduqlar qazilgan bu 
suvlardan samarali foydalanish ham cho`l landshaft majmualarining 
qiyofasini o`zgartirishga imkoniyatlar yaratadi. Qizilqumning ichki 
rayonlarida qazilgan artezian quduqlar favvora singari otilib chiqib 
katta miqdorda ichimlik suvi beradi. Bu suvlar chorva mollarini va 
aholini suv bilan ta’minlab qolmasdan, balki sug`orma dehqonchilik 
areallarini 
kengaytirish 
imkonini 
beradi, 
vujudga 
kelgan 
geoekologik vaziyatlarni optimallashtiradi.
Bugungi kunda Qizilqumda arid landshaft komplekslarida 
cho`llanishga qarshi kurashish va yaylovlar mahsuldorligini oshirish 
dolzarb muammolardan biri bo`lib hisoblanmoqda. Biz, shu 
munosabat bilan Qizilqumning qumli cho`l, paleozoy past tog`, 
tog`oldi prolyuvial tekislik, berk botiq tekislik, sho`rxok, taqir va 
deltalarda vujudga kelgan cho`llanish jarayonining geoekologik 
vaziyatlarning 
geografik 
xususiyatlarini 
o`rganib 
ularni 
optimallashtirish yo`llarini yaratish lozim.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling