S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Nazorat savollari: 
1. 
Arid landshaftlarning cho`llanishiga qarshi kurashish va cho`l 
yaylovlarining ekologik holatini yaxshilash borasida qanday 
chora-tadbirlar ishlab chiqilgan? 
2. 
O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish 
harakatining Milliy dasturida arid hududlarda cho`llanishga qarshi 
kurashishning qanday chora-tadbirlari belgilangan? 
3. 
Cho`l hududlarida qo`riqxonalar va statsionarlar tashkil 
etishning maqsad va vaziflarini tushuntiring. 
4. 
Tabiiy va antropogen omillar ta’sirida vujudga kelgan 
geoekologik vaziyatlarni yaxshilashda qanday ishlarni amalga 
oshirish lozim? 
 


107 
CHO`LLANISHNI RIVOJLANISHIGA QARSHI 
KURASHISHNING GLOBAL VA REGIONAL 
STRATEGIYASI 
Reja: 
1.Cho`llanishga qarshi kurashishda xalqaro tashkilotlar hamkorligi. 
2.Cho`llanishga qarshi kurashishda olib boriladigan chora-tadbirlar. 
3. O`zbekistonda Respublikasining cho`llanishga qarshi kurashish 
harakatining Milliy dasturi. 
 
Tayanch iboralar: Konvensiya, qurg`oqchilik, Milliy dastur, 
BMT, 
cho`llanish, 
qurg`oqchil, 
chala 
qurg`oqchil, 
quruq, 
cho`llashgan yer, global, regional, sho`rlanish, botqoqlanish, shamol 
va suv eroziyasi, yaylov, strategiya. 
 
Xalqaro ilmiy jamoatchilikning e’tirof etishicha, cho`llanish 
dunyoning barcha regionlaridagi mamlakatlar uchun juda ham katta 
iqtisodiy, sotsial va ekologik muammo bo`lib hisoblanadi. Hozirgi 
davrning eng keskin global muammolaridan biri ekologik tizimga 
antropogen yukning oshib borishi natijasida deyarli barcha turdagi 
landshaft majmualarining degradatsiyalashib borishidir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va 
qabul qilingan Xalqaro Konvensiyada cho`llanish jarayoniga 
shunday ta’rif birilgan: «cho`llanish qurg`oqchil, chala qurg`oqchil 
va quruq gumidyoni rayonlarda turli xil omillarning, iqlim 
o`zgarishi va inson faoliyati bilan birgalikda ta’siri natijasida 
yerlarning degredatsiyalanishidir». (O`zbekiston Respublikasida 
cho`llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi, 1999, 3 
bet). 
Shuning 
uchun 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
Hukumatlararo qo`mitasi tomonidan cho`llanishga qarshi kurashish 
va qurg`oqchilikni yumshatish bo`yicha 17-iyun 1994-yilda Parijda 
Konvensiya 
qabul 
qilindi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
ham 
cho`llanish va qurg`oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishning 
muhimligini e’tiborga olib, 1995-yilda cho`llanishga qarshi 
kurashish Xalqaro Konvensiyaga qo`shildi. Hozirgi kunda bu 
Konvensiyaga qo`shilgan mamlakatlarning soni 139 tadan oshdi. 


108 
O`rta Osiyo cho`l ekotizimlarida har yili tabiatda iqlimning 
aridlashishi tufayli birinchi galda hosil urug`i etilmasdan to`kilib 
ketadi. Bu esa o`z navbatida kelgusi yil hosilini kamayishiga olib 
keladi. Ushbu ekologik holatga bardosh beruvchi ekotizimlarnigina 
hosil urug`i pishib etilib, kelgusi yil hosili uchun zamin yaratiladi. 
Cho`llarda yog`ingarchilikning kam bo`lishi va uning bir necha 
yillar davom etishi esa geokomplekslar biomassalarining ikkilamchi 
holatini keltirib chiqaradi. Bunday uzoq davom etuvchi davr tez 
orada ekotizimlarda qayta tiklanmaydigan jarayon boshlanishini 
ta’kidlab turadi va cho`llanish jarayoni boshlanayotganligini 
eslatadi. Chunki, bu jarayon iqlimning quruqlashishi yoki yer 
resurslaridan oqilona foydalanishning turli zararli siyosatiga ham 
bog`liq bo`lmay qoladi.
Cho`llanish – bu atrof muhitdagi ekotizimlarning unumdor 
yerlar 
hosilining 
kamayishi, 
degredatsiyalanishi, 
iqlimning 
quruqlashishi, cho`l hududlarining kengayishi va xakozolar. O`rta 
Osiyo hududida cho`llanish jarayonini quyidagicha ta’kidlashimiz 
mumkin: cho`llanish butun insoniyat tarixi davomida kuzatilmoqda; 
tabiiy omillar bilan birgalikda ekologik o`zgarishlarni yuzaga 
keltirishda antropogen omillarning o`rni ham muhim bo`lib 
sanaladi; cho`llanish bu asta-sekin rivojlanuvchi jarayon bo`lib 
hisoblanadi va albatta shamol eroziyasi, bir xil bo`lmagan relyef 
shakllariga, ko`chib yuruvchi qumlar harakati, qum tepaliklarining 
hujumiga bog`liq holatda rivoj topadi. 
Biz yuqorida zikr etilgan omillarni inobatga olgan holda O`rta 
Osiyo hududida cho`llanishga duch kelgan geokomplekslarni 
«cho`llashgan yer» 108 termini bilan nomlab, bunga cho`llanishga 
uchragan barcha landshaftlarni kiritishimiz mumkin bo`ladi. Bu 
hududlarga cho`ldan tashqari shamol eroziyasi tufayli qum 
tepaliklarini ko`chib o`tgan rayonlar, cho`llarga chegaradosh 
maydonlarni ham kiritish mumkin. 
Cho`llanish jarayonini o`z navbatida tarixiy ikkita davrga 
ajratish mumkin: qadimgi va hozirgi. O`rta Osiyo cho`llarining 
cho`llanishi qadimgi davri so`nggi yuz yillikni o`z ichiga oladi. 
Turli shahar va qishloqlarning ayrim joylarida olib borilgan ilmiy 
tadqiqot natijalari shuni ko`rsatadiki, ular qadimda cho`l hududlari 


109 
bo`lib hisoblanmagan. Chunonchi, qadimgi davrning cho`llanish 
jarayoni sabablari juda murakkab va bir xilda bo`lmasdan uzoq 
davom etgan. Hozirgi davr cho`llanish jarayoni oxirgi ellik yilni 
qamrab olib, asosan kishilik jamiyatining yer resurslaridan oqilona 
foydalanmaslik, mol tuyog`i sonining ortishi, cho`l butasimon 
o`simliklarining o`tin sifatida kesilishi, tog`-kon sanoatining 
rivojlanishi, qisqasi tabiiy va antropogen omillar ta’sirida 
shakllanmoqda.
Mamlakat qishloq xo`jaligi yerlarining 15% maydonini 
egallagan sug`oriladigan yerlar qishloq xo`jalik mahsulotlarining 
95% ini beradi. O`zbekiston suv resurslarining 90% sug`orishga 
sarflanadi. Ikkilamchi sho`rlangan tuproqlar maydoni uzluksiz 
tarzda 
kengayib 
bormoqda. 
Masalan, 
1975-1995-yillarda 
respublikada sho`rlangan tuproqlar maydoni 60%ni tashkil etgan 
bo`lsa, 2003-yilda «O`zdavyerloyiha» institutining ma’lumoti 
bo`yicha sho`rlangan yerlar maydoni 65,9% ga (24463 ming.ga) 
etdi. Shundan o`rtacha va kuchli sho`rlangan yerlar 35% ni tashkil 
etadi. 
Sho`rlangan yerlarda paxtaning hosili 15-20%, o`rtacha 
sho`rlangan yerlarda 35-40%, kuchli sho`rlangani yerlarda 70-80% 
gacha kamayib, paxtaning sifatiga ham ta’sir qiladi. Umuman 
olganda, paxta hosildorligining to`xtovsiz pasayib borishi (32-42 
s/ga dan 18-25 s/ga gacha) kuzatilmoqda. Tuproq sifatining 
yomonlashuvi natijasida 1980-yillardan boshlab paxta, mevalar, 
sabzavot, g`alla va poliz ekinlarining hosildorligi va yalpi 
hosildorlik tushaboshladi. 
Hozirgi davr cho`llanish jarayoni juda qisqa muddat ichida 
ro`y bermoqda va shuning uchun ham bu geokomplekslar bir xil 
ko`rinishda bo`lib ko`rinadi. Aslida esa cho`llanish jarayoni yuz 
berayotganligi ma’lum bo`lmoqda. Bundan tashqari hozirgi davr 
cho`llanishiga 
aholi 
sonining 
o`sishi 
ham 
muhim 
ta’sir 
ko`rsatmoqda. Chunki, aholining ko`payishi, uning xo`jalik 
faoliyatining kengayishiga bu esa ekologik muvozanatning 
buzilishiga 
sabab 
bo`lmoqda. 
Masalan, 
O`zbekiston 
respublikasining 70% dan ko`proq hududi cho`l va chalacho`ldan 
iboratligini inobatga olsak sug`oriladigan yerlarda sho`rlanish, 


110 
botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda grunt suvlari 
sathining ko`tarilishi, ayniqsa Zarafshon daryosining quyi qismi 
hududlarida sizot suvlarining sathi yer yuzasidan 1,5 m chuqurlikda 
yotgan maydonlar 50%, Amudaryoning quyi qismida esa bu 
ko`rsatkich 70% ni tashkil etadi.
Yer osti suvining ko`tarilishi ularning minerallashuvini oshiradi. 
Shu o`rganilganki, 1970-yillar sizot suvlarining sathi yer yuzasidan 
2,5 m pastda yotganda ularning minerallashuvi o`rtacha 1,7 g/l edi. 
1989 yilda sizot suvlarining sathi 0,3-2,0 m gacha ko`tarildi, 
ularning minerallashuvi esa 18 g/l, ayrim hollarda 30 g/l ga etdi.
Natijada 
qishloq 
xo`jaligida 
foydalaniladigan 
yerlarning 
mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq-ovqat, yem-xashak va 
sanoat xom-ashyolarini yetarli miqdorda yetishtirib berish 
sekinlashmoqda 
va 
yetishtirilgan 
mahsulotlarning 
sifat 
ko`rsatkichlari ham pasayib bormoqda. Vujudga kelgan ekologik 
vaziyatning yomonlashishi natijasida cho`llashgan yerlardan 
aholining shaharga ko`chishi ko`paymoqda. Bunga misol tariqasida 
Mo`ynoq rayoni aholisining o`tgan asrimizning 70-80-yillarida ikki 
baravar kamayishi (45 ming kishidan 22 ming kishiga) yaqqol misol 
bo`ladi.
1960-yillarga kelib yangi yerlarni o`zlashtirishda qishloq 
xo`jalik aylanmasiga meliorativ sharoiti yomon, mahsuldorligi past 
bo`lgan yerlar jalb qilindi. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog`iston 
Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining 
amalda 90-95% yerlari turli darajada sho`rlangan. Bu yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash yana qo`shimcha xarajat talab qiladi. 
Suv resurslarini cheklanganligiga qaramasdan tuproq sho`rini 
yuvish katta miqdordagi suvni talab qiladi. 
O`zbekiston Hukumati Xalqaro Konvensiyada qabul qilingan 
yuksak 
majburiyatlarga 
va 
qo`yilgan 
talablarga 
asoslanib 
«O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish 
harakatining 
Milliy 
dasturi»ni 
(Национальная 
программа 
действий по борьбе с опустыниванием в Республике 
Узбекистан, 1999) ishlab chiqdi. Milliy dasturning asosiy vazifasi 
O`zbekiston hududidagi geotizimlar doirasida, xususan arid 
landshaftlarda va agrolandshaftlarda sodir bo`layotgan cho`llanish 


111 
jarayonlarini oldini olish, ularning vujudga keltirgan oqibatlarini 
yumshatish, bu borada ishlab chiqilgan bosh yo`nalishlarni va 
rejalar strukturasini boshqarishni ta’minlashdan iborat. 
Tabiatda sodir bo`layotgan cho`llanish jarayoni barcha turdagi 
geotizimlarda, 
jumladan 
tabiiy 
va 
antropogen 
landshaft 
majmualarida yaqqol namoyon bo`lmoqda. O`rmonlarning ayovsiz 
kesilishi, cho`l yaylovlarining degredatsiyalanishi, tuproq eroziyasi, 
sug`oriladigan tuproqlarning qayta sho`rlanishi va botqoqlanishi, 
o`simlik qoplamining siyraklashishiga, biomassalar miqdorining 
kamayishiga, hosildor yerlarning kambag`allashishiga olib keladi. 
Bularning hammasi cho`llanish tufayli yuz berayotgan jarayondir. 
Ana shulardan kelib chiqqan holda cho`llanish deb tabiatning barcha 
turdagi geotizimlarida hamda ularning komponentlarida tabiiy va 
antropogen omillar ta’sirida sodir bo`layotgan salbiy o`zgarishlarni 
tushunish maqsadga muvofiqdir. 
Cho`llanish jarayonlari sayyoramizning katta qismida, xususan 
Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy 
Amerikaning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. So`nggi yillarda 
bu mudhish jarayon 110 dan ortiq mamlakatga o`zining salbiy 
ta’sirini ko`rsatib, ularning ijtimoiy ahvoliga tahlika solib kelmoqda.  
Demak, cho`llarning shakllanishi ularning turli tiplarini vujudga 
kelishi bir qancha geografik komponentlarga, asosan, iqlim va yer 
yuzasining litologik tarkibiga bog`liq bo`lar ekan. Tadqiqotchi 
olimlar yuqorida qayd etganimizdek, iqlim sharoitiga ko`ra, O`rta 
Osiyoda tarqalgan cho`llarni ekstraarid, arid va chala arid qismlarga, 
litologik xususiyatlariga ko`ra qumli, toshloq (hammada), gilli 
(taqirli) va sho`rxok cho`llarga ajratganlar. Bu cho`llar kontinental 
iqlim sharoitda vujudga kelib, ular arid landshaftlardan iborat 
bo`lgan geografik zonani tashkil qiladi. Unda asosan aridlik 
xususiyatlari keskin darajada ifodalanadi hamda shu aridlik darajasi 
oxirgi nuqtadan o`tgandan keyin landshaftlarning cho`llanishi 
vujudga kelgan holda ularda biokomponentlar degredatsiyasi 
boshlanib cho`llanish vujudga keladi.


112 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling