Cho`llanishning nisbiy darajasi. Cho`llanish darajasi deganda
tabiiy tizimning cho`llanish omillari va agentlari ta’sirida
aniqlanadigan yangi ekologik sharoitlar bilan muvozanat holatiga
tushish darajasini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu hududda
cho`llanishga moyil bo`lgan tabiiy tizimlarning turli xil tarkibiy
qismlari orasida har xil xarakterga ega bo`lgan vaqtdagi muvozanat
qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik ushbu hudud cho`llanishi
chuqurlashib boradi, shunchalik ushbu hudud teskari aylanishlarga
barqarorligi yuqoriroq.
Cho`llanadigan tabiiy tizimlarning har bir komponenti uchun
aniqlanadigan
cho`llanishning
nisbiy
tezligidan
farqliroq
cho`llanishning nisbiy darajasi tabiiy tizimni to`liq ifodalaydi.
Odatda cho`llanishning yuqori tezliklarida cho`llanish darajasi
ahamiyatsiz, chunki cho`llanadigan tabiiy tizimlarning turli
komponentlari o`zgarishining xarakterli vaqtlari farqi tufayli,
ulardan ba’zilari xarakterli vaqtlari kichik bo`lganlari, masalan,
o`simlik, boshqa komponentlarga, xarakterli vaqtlari katta
bo`lganlari esa, xususan, tuproq va relyef nisbatan cho`llanishning
yuqori darajasiga mos keladigan holatgacha siljishga ulguradi. Bu
holda, saqlanib qolgan daryo bo`ylaridagi qumli primitiv sust
rivojlangan, ba’zida sho`r tuproqlardagi qora saksovullar mosdir.
cho`llanishning yetarli darajasiga, odatda, oxirgi bosqichlarda
erishadi, bunda tabiiy tizimlarning nisbatan sekin o`zgaruvchi
komponentlari xuddiki aylanishning oxirgi bosqichlariga yetgan
komponentlarga yetishishga intiladi.
Nazorat savollari:
1. Orol dengizi atrofida cho`llanish qanday darajada
kechmoqda?
2. Cho`llanishning nisbiy tezligi deganda nimani tushunasiz?
3. Cho`llanishning darajasi deganda nimani tushunasiz?
4. Cho`llanishni baholash mezonlari qanday ishlab chiqiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |