S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Cho`llanishning nisbiy tezligi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Cho`llanishning nisbiy tezligi. Cho`llanishning tezligi deganda
cho`llanadigan tabiiy komplekslar (tuproq, o`simlik, relyef) turli 99 landshaft komponentlarining muhitning yangi shartlari bilan muvozanatga erishish tezligini tushununiladi. Ta’kidlab o`tamizki, keltirilgan cho`llanish tezligi ta’rifi Rozanov va Zonn (1981) ishlarida bayon etilgan yondashuvga asoslangan, cho`llanishni baholash cho`llanishga uchragan hududning dastlabki holati to`g`risida mutlaq ma’lumotni talab qilmaydi chunki bunda vaqt ... yoki fazo ... bo`yicha har qanday ikki holat taqqoslanadi va nisbiy miqdorlarda ularning qiyosiy bahosi beriladi va etalon sifatida cho`lning yakuniy holati olinadi. Cho`llanishning nisbiy tezligini baholash asosida yotadigan va yuqorida ko`rsatilgan dastlabki shartlarga asoslangan umumiy tamoyil esa quyidagicha ifodalanishi mumkin. Biror hududni qamrab olgan u yoki bu tur cho`llanishning nisbiy tezligi shunchalik yuqori bo`ladiki, qanchalik cho`llanishning bu turi namoyon bo`lish darajasi bo`yicha bu hudud geterogenligi kuchliroq bo`lsa. Masalan, agar kosmosdan olingan tasvirlarni deshifrovka qilish asosida ajratilgan landshaft konturida bir vaqtning o`zida biogen taqirlanish yo`nalishida botqoq va o`tloq tuproqlardan taqirlargacha gidromorf tuproqlar cho`llanishining dinamik qatorining barcha elementlari mavjud bo`lsa, mazkur ajratilgan konturda cho`llanishning ushbu qism turining juda katta tezligi haqida gapirish mumkin. Agar kontur cho`llanish darajasi bo`yicha juda katta bir jinslikka ega bo`lsa, unda faqat taqirsimon tuproqlar yoki taqirlar, yoki faqat o`tloq tuproqlar va qoldiqli taqirlanayotgan o`tloq tuproqlar mavjud bo`lsa, unda bu konturda tuproqlar cho`llanishining nisbiy tezligi sekin deb tavsiflanishi mumkin. Shunday qilib, aniq ajratilgan konturda aniqlangan cho`llanishning har bir turi va qism turi uchun bu konturda mavjud bo`lgan tabiiy tizimlar komponentlari holati va ularga mos cho`llanish darajalarini qiyoslab, cho`llanishning nisbiy tezligini quyidagi atamalar yordamida baholash mumkin: juda tez cho`llanish (cho`llanish darajalari orasidagi farq 5 ga teng); tez cho`llanish (cho`llanish darajalari orasidagi farq 4 ga teng); mo`tadil (farq 3 ga teng); sekin (farq 2 ga teng); juda sekin (farq 1 ga teng); cho`llanish mavjud emas yoki o`ta sekin (farqi 0 ga teng). cho`llanishning nisbiy tezligini aniqlash uchun taklif etilgan usulning ishonchliligi 100 Amudaryo deltasining turli yillardagi deshifrovkalangan kosmik rasmlarining qiyosiy tahlili bilan tasdiqlangan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling