S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Cho`llanish 
darajasi. 
Cho`llanish 
darajasi 
atamasi 
cho`llanishning u yoki bu turi rivojlanishi yo`nalishida tabiat 
tizimining biror komponenti evolyutsiyasi bosqichini belgilash 
uchun foydalanildi. Yuqorida qayd etganimizdek, cho`llanish 
darajasini aniqlashtirishda cho`llanish hodisasini qismlarga ajratish 
tamoyili ayniqsa o`zini yorqin namoyon etadi. Bu keyinchalik 
cho`llanish tezligi va darajasini aniqlashda bu tamoyil asosiy 
hisoblanadi. Cho`llanish darajasini aniqlashda ushbu tamoyilni 
amalga 
oshirish 
uchun 
tuproqlarning 
cho`llanishi, 
tuproq 
qoplamining 
cho`llanishi, 
o`simliklar 
cho`llanishi, 
relyef 
cho`llanishi tushunchalarini aniqlash zarur bo`ladi. Bu tushunchalar 
ilgari fanda ishlatilgan bo`lsada, aniq bir talqinga ega emas edi.
Tuproqlar cho`llanishi ta’rifi o`simlik qoplami va relyef 
ta’riflarining ishchi variantlari taklif etildi. Bu masala bo`yicha 
adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, aksariyat holatlarda tuproqlar 


95 
cho`llanishi 
deganda 
tuproqning 
shunday 
o`zgarishlari 
tushuniladiki, 
bunda 
o`rganilayotgan 
hududlar 
muvozanatli 
avtomorf cho`l tuproqlariga (taqirlar, qumli cho`l, kulrang-jigarrang, 
sho`rxok va h.k.) xos sifatida oldindan ma’lum bo`lgan belgilar 
(asosan 
morfologik) 
tuproqlarda 
paydo 
bo`ladi, 
ularning 
o`zgarishlar boshida bo`lmaganligi yoki sust rivojlanligi shartida. 
Shunga 
o`xshash, 
cho`llanilayotgan 
tuproq 
qoplami 
tavsiflanayotganda, eng avvalo, ruxsat etilgan me’yor (REM)da 
tuproq shakllanishining cho`l sharoitlariga xos tuproqlarning paydo 
bo`lishi yoki ustunligi ko`rsatiladi.
Tuproqlar cho`llanishi va REM tavsiflanayotganda teskari natija 
ham ishlatiladi. Masalan, tuproq qoplami tarkibida avtomorf 
muvozanatli cho`l hududlarga xos bo`lmagan tuproqlar kamayishi 
(turli gidromorf va yarimgidromorf tuproqlar), shuningdek, 
tuproqlarda gidromorfizm alomatlari namoyon bo`lish darajasi 
yo`qolishi, saqlanishi yoki kamayishi. Bundan tashqari, tuproqlar 
cho`llanish darajasini aniqlash uchun mezon sifatida oshkormas 
ko`rinishda tuproqlarning tuproqmas ko`rinishga yaqinlashish 
darajasi ishlatiladi, bunda cho`llanish payti tuproqlarning buzilishi 
(degradatsiyasi) litogenezning pedogenez ustidan asta-sekin ustun 
bo`lishi bilan oldindan belgilanadi, oxir-oqibatda tuproqlarning 
tabiiy jism sifatida yo`qolishiga olib keladi (masalan, intensiv 
eroziya, sho`rlanish va h.k. natijasida). Yuqorida aytilganlar va 
bayon etilgan tadqiqot natijalarini hisobga olib quyidagi ta’rifni 
berish mumkin.
Tuproqlar cho`llanishi – bu arid iqlim sharoitida muvozanatli 
avtomorf tuproqlar shakllanishiga yoki litogenezning pedogenez 
ustidan mutloq ustunligi natijasida tuproqlarning tabiiy jism sifatida 
yo`qolishiga olib keluvchi jarayonlarning murakkab kompleksidir. 
Ushbu ta’rifga o`xshatib, o`simlik qoplami cho`llanishi deganda 
o`simliklar turkumining arid iqlimning avtomorf sharoitlarida 
muvozanatli klimaksli fitosenozlar shakllanishiga yoki abiogen 
ekzogen jarayonlar natijasida o`simliklar turkumining serunumligi 
kamayishiga (oxir-oqibat o`simliklar yo`qolishiga) olib keluvchi 
davomiy yoki o`zgaruvchan qatorlarning murakkab yig`indisi 
tushuniladi.


96 
Relyef 
cho`llanishi 
deganda 
arid 
iqlimning 
avtomorf 
sharoitlarida relyefning muvozanatli shakllari shakllanishiga yoki 
texnogen ta’sir sharoitlarida relyefning ixtiyoriy antropogen 
shakllari paydo bo`lishiga olib keluvchi ekzogen evolyutsion 
geomorfologik jarayonlarni tushuniladi.
Tuproq qoplami, o`simlik va relyef cho`llanishi darajasini 
aniqlash uchun cho`llanishning turli turkumlari va qism 
turkumlariga mos dinamik qatorlar cho`llanish darajasining 
quyidagi indekslanishiga mos ajratilgan shkalalar ko`rinishida 
taqdim etildi: 0-cho`llanish yo`q; 1- juda sust; 2-sust; 3-o`rta; 4-
kuchli; 5-juda kuchli cho`llanish. Tuproqlar va o`simliklar 
cho`llanishining diagnostik shkalalari mos dinamik qatorlar 
bo`yicha o`zaro muvofiqlashishiga qaramay, cho`llanish darajasi 
cho`llanishning u yoki bu qism turkumi yo`lida cho`llanayotgan 
landshaft komponentlarining faqat birontasiga tegishli ravishda 
baholanadi. Masalan, o`simliklarning kuchli biogen postgidromorf 
taqirlanishi yoki tuproqlarning kuchsiz abiogen antropogen 
sho`rlanishi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling