S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Cho`llanishning
nisbiy tezligi va nisbiy darajasini baholashning umumiy prinsiplari. Cho`llanishning tezligi va darajasini baholash uchun hozirgi paytda juda dolzarb, kuzatilayotgan tabiiy muhit o`lchamlari asosida cho`llanishning ushbu parametrlari haqida xulosa qilish imkonini beruvchi bilvosita sabablar ishlatilishining printsipial imkoniyalari ko`rsatildi va amalga oshirildi. Ushbu usul asosida ekodinamikaning ikkita asosiy qoidasi yotadi: 1) Goldsmitning (Goldsmith, 1981) ekodinamikaning ikkinchi qonuni, unga ko`ra biosfera yoki uning qaysidir qism tizimi tuzilishini saqlashi uchun tiriklik yetuklik holati yoki ekologik muvozanatga yetishishga intiladi; 2) ancha yirik tizimlarda qism tizimlarning notekis va turli vaqtlarda sodir bo`lish tamoyili. cho`llanishning nisbiy tezligi va darajasini baholash masalasini yechishda ushbu qoidalarni qo`llash ancha sermahsuldir. Tabiat tizimlarining cho`llanish yo`lida evolyutsiyasiga olib keluvchi ekologik sharoitlarning o`zgarishida bu tizimlar o`zgargan sharoitlar bilan muvozanatning yangi holatiga erishishga intiladi. Tabiiy tizimlar ko`p komponentli bo`lgani uchun ularning o`zgargan 97 yoki o`zgarayotgan sharoitlar bilan muvozanatga erishish yo`nalishiga tekis o`zgartirish uchun bu sharoitlar o`zgarishi tezligi o`zgarayotgan tabiiy tizim barcha komponentlar o`zgarishining xarakterli vaqtlarga mos bo`lishi zarur. Chunki bu yetarli darajada sekin darajada sodir bo`ladi, chunki, yuqorida ko`rsatilganidek, deltalar tabiiy tizimlarining cho`l tizimlariga o`zgarishining xarakterli vaqtlari yuzlab va minglab yillar bilan o`lchanadi. Ekologik sharoitlarning o`zgarish tezligining u yoki bu hudud chegarasida deltalarning tabiiy tizimlarining o`zgarishi uchun xos bo`lgan vaqt sharoitlariga mos kelish shartlari amal bo`lganda, ushbu hudud mazkur hududda rivojlangan tabiiy tizimning barcha komponentlari bo`yicha bir xil bo`ladi. Bunda evolyutsiyasining har bir bosqichida mazkur hudud muvozanatda deb ataluvchi holatda bo`ladi, bu yerda sodir bo`layotgan o`zgarishlar tezligini esa juda sekin deb tavsiflash mumkin. Ekologik sharoitlar tez o`zgarishi holatida esa, buni biz hozirgi vaqtda Orol atrofida kuzatayapmiz, deltalar tizimlari turli komponentlari o`zgarishining mos vaqtlari turliligi ekologik sharoitlar o`zgarishi mumkin bo`lgan hududlar chegarasida tizimlar xilma-xilligining keskin oshishiga olib keladi. Hududlarning litologik, geomorfologik va boshqa parametralari bo`yicha boshlang`ich turli xilligi sababli, boshlang`ich o`zgaruvchan hududlarning ayrim qismlari boshqalariga nisbatan muhitning yangi sharoitli dinamik muvozanat holatiga tezroq erishishadi. Bundan tashqari, rivojlanuvchi tabiiy tizimlarning turli komponentlari ham dinamik muvozanat holatiga erishish darajasiga bo`yicha farqlanadi. Orol atrofi hududida bu nazariy mulohazalar yaxshi empirik dalillarga ega. Shunday qilib, Geldeva va Budnikova (1991) Orol dengizining quriyotgan tubi REMni o`rganish natijasi shuni ko`rsatadiki, rivojlanishning kontinental sharoitida yosh geotizimlar mavjudlik davomiyligi oshishi sari fazoviy tashkillanishning murakkablashishini va keyinchalik tabiiy komplekslar strukturasi hamda faoliyat ko`rsatishi mosligi darajasining o`sishini kutish mumkin bo`ladi. Cho`llanishning yuqori tezliklari yangi ekzogen jarayonlarning paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi. Cho`llanishning birinchi bosqichlarida tabiiy tizimlar xilma-xilligi oshishi haqida xulosani 98 Janubiy Orol oldida O`zbekiston FA geografiya bo`limi tadqiqotchilari tomonidan o`tkazilgan qator izlanishlar asosida qilish mumkin (Rafiqov, Tetyuxin, 1982; Опустынивание в Узбекистане...,1988; Popov, 1990). Zaletayev (1991)ning qayd etishicha, antropogen cho`llanish quyidagilar bilan xarakterlanadi – tez o`tuvchi va uzilishli ketma- ketlikning alohida sinfini tashkil etuvchi qisqa yashovchi jarayonlarning keng tarqalishi; tabiiy muhitning ekologik differensiatsiyalanuvchanligi, jozibadorligi va qarama-qarshiligining oshishi; biosenotik va landshaft qoplamining ekotonizatsiyalanishi sanaladi. Xususan, Zaletayev bo`yicha (1989, 1991), cho`llaniladigan hududlar ekologik muvozanatlashgan tabiiy muhitning odatiy misolidir, bu muhit uchun qo`zg`alish holatidagi tizimlarga xos bo`lgan reaksiyalarning mexanizmi uchun xarakterli. Ishlash ritmlari buzilgan turli yo`nalishli jarayonlarning bir vaqtning o`zida rivojlanishi, ekotizimlar rivojlanishi fazalarining birikishi va yo`qolishi (klimaks holatiga erishmaydigan biotsenozlar rivojlanishining qisqa sikllari xos). Ekologik beqaror muhit uchun ekotizimlar yo`q qilinishining tez rivojlanishi o`ziga xos, shu bilan bir vaqtda yangisi hosil bo`lishi ham, sinergetiv applikativ jarayonlarning rivojlanishi asosida yangi ekologik fenomenlar namoyon bo`lishi, shuningdek ekotizimlar o`z-o`zini tashkil etishning yangi mexanizmlari shakllanishidir. Ekologik beqaror muhitning muhim xususiyatlari bu biogenetik qoplamaning (uning uzluksizligi buzilishining keskin oshishi) va landshaft sohasining fraksion ekologik tabaqalanishi va yaqqolligining paydo bo`lishidir. Cho`llanadigan ekologik beqaror tabiiy tizimlarda xilma-xillik oshishiga yangi nufuzdagi chegaralar va mayda konturli jozibador o`simlik qoplamasi paydo bo`lishi bilan namoyon bo`ladigan ekotonizatsiya hodisasi ham yordam beradi. Ko`rsatilgan dastlabki izlanish va kuzatuvlar cho`llanishning nisbiy tezligi va nisbiy darajasini aniqlash uchun quyidagi prinsiplarni shakllantirishga imkon berdi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling