S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Iqlimiy omillar. Arid landshaftlarning cho`llanish jarayonida 
iqlimiy omillar, ayniqsa makon va zamonda tez-tez takrorlanib 
turadigan qurg`oqchilik hodisasi yetakchi rol o`ynaydi. O`rta Osiyo 


60 
sharoitida, jumladan Qizilqum cho`lida eng so`nggi qurg`oqchiliklar 
1999, 2000 va 2001-yillarda bo`lib o`tdi. Buning natijasida 
iqlimning aridlanishi kuchaydi, yillik yog`in miqdori keskin 
kamaydi, vegetatsiya davrida daryo va soylarning suv sarfi minimal 
holatga tushib, qishloq xo`jalik ekinlari suv tanqisligiga duch keldi. 
Oqibatda fermer xo`jaliklari katta miqdorda moddiy va iqtisodiy 
zarar ko`radi. 
Quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdorining ko`pligi 
(140-150 kkal/sm
2
), yillik radiatsiya balansining (2200-2400 
MJ/m
2
), havo haroratining yuqoriligi (46-48°C), atmosfera 
yog`inlarining kamligi (80-100 mm), namlikning nihoyatda 
taqchilligi, mumkin bo`lgan bug`lanish miqdorining yuqoriligi 
(1200-1500 mm) va boshqa iqlim elementlari arid o`lkalarda o`ziga 
xos bo`lgan iqlim sharoitini vujudga keltiradi. Bularning tabiatdagi 
majmuali ifodasi vaqti-vaqti bilan yuz beradigan qurg`oqchilik 
hodisasida namoyon bo`ladi. Qizilqum cho`lida qurg`oqchilik 
natijasida vujudga kelgan cho`llanish jarayonlarini qumlarning 
deflyasiyasida, tuproqlarning shamol eroziyasida, deflyasion 
botiqlarning 
dinamik 
rivojlanishida, 
tuproq 
tarkibidagi 
chirindilarning 
kambag`allashishida, 
o`simlik 
qoplamining 
degradatsiyalanishida va yaylovlarning biologik mahsuldorligini 
kamayishida aniq kuzatish mumkin. Qurg`oqchilik tufayli sodir 
bo`lgan 
bunday 
jarayonlar 
Qizilqumning 
arid 
landshaft 
majmualarida cho`llanishni kuchaytiradi, geoekologik vaziyatni 
keskinlashtiradi va ijtimoiy-iqtisodiy tangliikni vujudga keltiradi.
Qizilqum regionida cho`l landshaftlari iqlimining aridlanishiga 
yoz davrida tez-tez takrorlanib turadigan chang va qum bo`ronlari 
katta ta’sir ko`rsatadi. Qizilqumda yaylov o`simliklarining 
vegetatsiya 
davrida 
bunday 
qum-chang 
to`zonlari 
Tomdi 
meteorologik stansiyasining ma’lumoti bo`yicha aprelda 3,0 marta, 
mayda – 3,5, iyunda – 4,3, iyulda – 4,9, avgustda 3,8 va sentyabrda 
– 2,7 marta takrorlanadi. Tezligi 15 m/sek dan ko`proq bo`lgan 
kuchli shamollar esa aprelda 3,7 marta, mayda – 3,8, iyunda – 3,2, 
iyulda – 3,2, avgustda – 2,8 va sentyabrda – 1,7 marta takrorlanadi. 
Kuchli shamollar paytida qumlarni va qumoq tuproqlarni uchirib 


61 
ketib boshqa yerlarga yotqiziladi. Bunday paytlarda erozion 
jarayonlar yuqori nuqtaga yetadi. 
Qizilqum landshaft majmualarining cho`llanish jarayoniga 
o`tgan geologik davrlarda iqlim sharoitining o`zgarishi ham katta 
ta’sir ko`rsatgan. M.I. Budikoning (1974, 1977) paleoiqlim, 
K.K.Markov va boshqalarning (1965) paleogeografik tadqiqotlari 
natijasida shu narsalar aniqlanganki, eotsenda O`rta Osiyo va 
Qizilqum hududlarida o`rmon va o`rmon dasht landshaftlari 
hukmronlik 
qilgan. 
Bu 
landshaftlarning 
aridlanishi 
o`rta 
oligotsenda, iqlimning keskin sovushi va kontinentallashuvi 
natijasida sodir bo`ladi. Mazkur jarayon ayniqsa pliotsenga kelib 
kuchaydi. To`rtlamchi davrga kelib iqlimning aridlanishi yanada 
ham kuchayib cho`l landshaftlari vujudga kela boshladi. Shu tariqa 
O`rta Osiyoda, jumladan, Qizilqum regionida ham tarixiy 
cho`llanishlar jarayoni kuchayib, cho`l landshaft majmualari 
maydoni kengaya bordi. 
N.S.Orlovskiyning (1981) ta’kidlashicha materik muzligi 
davridan keyin bir marta iqlim o`zgarishi yuz bergan. Bu 7-5 ming 
yil avval qariyb 2 ming yil davom etgan iqlimning ilish davri 
bo`lgan. O`sha davrlarda Hindiston va Pokiston regionlarining 
shimoli-g`arbiy qismida va O`rta Osiyoning janubida iqlim sharoiti 
bir muncha aridroq bo`lgan. Bu jarayon oligotsenning oxirlariga 
to`g`ri keladi. Taxminan 10300 yil avval yog`in miqdorining 
ko`payish munosabati bilan namlik faza boshlangan. Biroq 3800 yil 
oldin qaytadan qurg`oqchil davr uncha katta bo`lmagan o`zgarishlar 
bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda. 
O`tgan asrning 50-70-yillarida iqlimning keyingi sovushi yuz 
berdi. Buning natijasida qurg`oqchilik hodisasi tez-tez takrorlanib 
turdi, atmosfera yog`in miqdori kamaydi, yog`inlarning bir tekis 
yog`masligiga ta’sir etdi. Bunday tabiat hodisasi tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanmaslik holatlari bilan umumlashib O`rta Osiyo 
cho`llarida, jumladan Qizilqumning qumli, sho`rxok, gilli, taqir va 
past tog` landshaftlarida cho`llanish jarayonini rivojlanishiga qulay 
imkoniyat yaratdi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling