S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Gidrogen omillar. Arid landshaftlarning tabiiy cho`llanish
mexanizmini harakatga keltiruvchi omillardan yana bir guruhi 62 gidrogen omillardir. Gidrogen omillar qatoriga yuza oqimning yoki oqar suvlarning xarakteri, grunt suvlari sathining yer yuzasiga yaqin yoki chuqur joylashishi, ularning minerallashish jarayoni kabilar kiradi. Arid hududlarda yog`adigan atmosfera yog`inlarining nihoyatda kam bo`lishi sabablari yuza oqimlarining miqdoriy ko`rsatkichlari ham juda past. Shu boisdan masalan, Qizilqum cho`lida o`rtacha yillik oqim moduli har bir kvadrat kilometr maydonda 0,2 l/sek. ni suv qatlamini millimetr bilan ifodalaganda yillik oqim qariyb 3 mm ni tashkil etadi. Agar bu miqdoriy ko`rsatkichlarni Kavkaz tog`li o`lkasidagi oqar suvlar bilan taqqoslasak, u yerda o`rtacha yillik oqim moduli har bir kvadrat kilometr maydonga 75 l/sek., suv qatlamini millimetr bilan ifodalasak yillik oqim 250-300 mm ga to`g`ri keladi, Katta Kavkaz tog`larida esa 1000-2500 mm gacha etadi (Водные ресурсы и водные баланс территории Советского союза , 1967). Qizilqum cho`lida tabiiy namlanishning va yillik oqim modulining kam bo`lishi tuproqning yuqori qatlamining quruq bo`lishiga, deflyatsion jarayonning rivojlanishiga sharoit yaratadi, tuproqlarda chirindi miqdorini hosil bo`lishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Qizilqumning ayrim hududlarida, ayniqsa oqmas berk botiqlarda minerallashgan grunt suvlarning yer yuzasiga yaqin yotishi yozning jazirama issiqlarida kuchli bug`lanishiga tuproqlarda katta miqdorda tuzlarning to`planishiga va sho`rxok tuproqlarning rivojlanishiga olib keladi. Bunday gidrogen omillar cho`llanish jarayonlarini faollashtirib, sho`rxok cho`l landshaft majmualarining areallarini ko`payishga va maydonini kengayishga olib keladi. Qizilqumning allyuvial-delta tekisliklarida tuproqlarning o`ziga xos xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri ularning ustki qatlamini yumshoqligi, g`ovakligi va mo`rtligi ham cho`llanish jarayonlarini rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatadi. Bu tipdagi cho`llanish jarayonlari Qizilqumning shimoli-g`arbiy va janubi- g`arbiy qismlarida, ya’ni Quvondaryo va Janadaryo o`zanlari atrofida hamda Zarafshon daryosining delta qismida yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu ham sho`rxok cho`l landshaftlarining maydonini yildan yilga ortib borishiga imkoniyat yaratadi. 63 Yer yuzasining qiyaligi ham tabiiy cho`llanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Qizilqum hududida keng tarqalgan past tog`lar, ularni o`rab olgan tog`oldi prolyuvial tekisliklar hamda berk botiqlarning tik yonbag`irlari gorizontal va vertikal kuchli parchalangan. Ularning yonbag`irlarini qiyaligi 5-10° dan 25-35° gacha boradi va undan ham oshadi. Bunday relyef shakllari va yonbag`irlarining katta qiyaligi yalpi suv eroziyasini rivojlanishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Bu regionda bahor oylarida tushadigan atmosfera yog`inlari aksariyat paytlarda jala shaklida yog`ib, relyef hosil qiluvchi ishlarni amalga oshiradi. Quruq soy o`zanlaridan oqib o`tgan yomg`ir suvlari, sellar yon va chuqur eroziyalarni vujudga keltiradi, yuvilgan uvoq jinslarni loyqa suvlar oqizib, yondosh qiya tekisliklarga olib ketadi. Buning natijasida arid tog` va tog`oldi prolyuvial tekislik landshaft majmualarining mahsuldorligi, tuproq qoplamining unumdorligi pasayib, cho`llanish jarayonlari faollashadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling