S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


O`rta Osiyo cho`l landshaftlarining morfometrik va iqlim ko`rsatkichlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

O`rta Osiyo cho`l landshaftlarining morfometrik va iqlim ko`rsatkichlari
(Bobayev va boshq., 1986) 
O`lka va 
cho`llarning 
nomi 
Maydoni, 
ming kv. 
km 
Balandligi, m Eng yuqori 
harorat, 
0

Eng past 
harorat, 
0

Yillik yog`in 
miqdori, 
mm 
Qizilqum 
300 
50-300 
+45 
-32 
70-180 
Qoraqum 
350 
100-500 
+50 
-35 
70-100 
Ustyurt va 
Mang`ishloq 
200 
200-300 
+42 
-40 
80-150 
Betpakdala 
75 
300-350 
+43 
-38 
100-150 
Mo`yinqum 
40 
100-660 
+40 
-45 
170-300 
Orolbo`yi 
Qoraqumi 
35 
380-400 
+42 
-42 
130-200 


45 
Shuni e’tirof etish joizki, Yevrosiyo va boshqa materiklarning 
ichki tekislik qismlarida vujudga kelgan cho`l landshaftlarining 
aksariyati geografik zonallik qonuniyatining mahsulidir. Tog` 
sistemalari va tog`oralig`i botiqlaridagi cho`l landshaftlari (Saydam, 
Issiqko`l, Farg`ona, Surxondaryo botiqlaridagi cho`llar, Tibet 
tog`ligi va Pomir tog`idagi cho`llar) orografik to`siqlar tufayli 
vujudga kelgan cho`l landshaftlaridir. 
Materiklarda landshaft zonalarining dengiz va kontinental 
spektrlari mavjud bo`lganidek, cho`l landshaftlarining ham o`ziga 
xos dengiz va kontinental spektrlari mavjud. Materiklarning tekislik 
qismlaridagi mo`tadil cho`l, subtropik cho`l va tropik cho`l 
landshaftlari kontinental spektrni tashkil etsa, materik sohillarida 
sovuq dengiz oqimlari ta’sirida vujudga kelgan cho`l mintaqalari 
dengiz spektrini tashkil etadi. Sovuq dengiz oqimlari ta’sirida hosil 
bo`lgan cho`llarga Atakama va Namib cho`llari kiradi.
Shuni ta’kidlab o`tish lozimki, olimlar o`rtasida hozirga qadar 
«cho`l» atamasi bilan «arid» atamasini tushunishda mutanosiblik 
yo`q. Ma’lumki, cho`l landshaftlarining aridlik (qurg`oqchilik) 
darajasi hamma yerda bir xil emas. Shuni e’tiborga olib 
A.G.Boboyev 
va 
boshqalar 
(1986) 
arid 
yerlarni 
aridlik 
(qurg`oqchilik) darajasiga qarab ekstraarid (o`ta qurg`oqchil, doimiy 
qurg`oqchilik ehtimoli 75-100%), arid (qurg`oqchil, 50-75%) va 
chalaarid (chala qurg`oqchil, 20-40%) yerlarga ajratadilar. cho`l 
atamasining mazmuni esa cho`l landshaftlarining asosiy mohiyatini, 
ularning zonal va tipologik xususiyatlarini belgilaydi. Masalan, 
O`rta Osiyoning cho`l landshaft zonasi ichki zonal farqlariga ko`ra 
shimoliy cho`l, o`rta yoki tipik cho`l va janubiy cho`lga bo`linadi. 
Cho`l landshaftlari tipologik xususiyatlariga ko`ra qumli cho`l, 
toshloqli cho`l, lyossli cho`l, gilli cho`l, sho`rxok cho`l kabilarga 
bo`linadi. 
Ma’lumki cho`llarning shakllanishi va ularning tiplarini vujudga 
kelishi bir qator geografik komponentlarga, xususan iqlim va yer 
yuzasining litologik tarkibiga bog`liq. Cho`llarning xilma-xil 
bo`lishida, ularning tiplarini tarkib topishida yetakchi rolni iqlim 
bilan litologik jinslar o`ynaydi. Yuza oqimlar, tuproq-o`simlik 
qoplami ularga nisbatan ikkinchi darajali o`rin tutadi. Shuning 


46 
uchun ham cho`l hududlarini tasniflashda hozirga qadar 
cho`lshunoslar, geograflar, geobotaniklar, yaylovshunoslar o`rtasida 
puxta ishlab chiqilgan va ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan tasnifiy 
taksonomik birliklar mavjud emas. Cho`llarni tasniflashga 
bag`ishlangan barcha adabiyotlarda tadqiqotchilar cho`l tiplarini 
ajratish bilan chegaralangan. 
A.G. Boboyev va boshqalarning (1986) fikricha «cho`l tipi» 
tushunchasiga 
umumgeografik 
majmua, 
aniqrog`i 
ekologik 
ko`rsatkichlar qo`yilgan. Cho`l tipologiyasi yoki cho`llarni 
tiplashtirish ana shu yo`l bilan o`simliklarni, iqlimni, tuproqlarni 
tiplashtirishdan farq qiladi. Shunga qaramasdan cho`llarni 
tiplashtirishda bir necha xil yondashishlar bor. Bular cho`llarni 
tasniflashda iqlim ko`rsatkichlarini, tuproq tiplarini, flora tarkibini, 
litologik va litoedafik sharoitni asosiy mezon qilib olishdir. Lekin 
har qaysi tadqiqotchi cho`llarni tasniflashda cho`l tabiatini o`ziga 
xos belgilariga asoslanish nuqtayi nazardan yondashsa maqsadga 
muvofiq bo`lar edi.
O`rta Osiyo cho`llarini ilk bor tipologik tasniflash ishlari 
L.S.Bergning (1911, 1913) qalamiga mansubdir. U ona jinslarning 
xarakteriga qarab O`rta Osiyo cho`llarini to`rtta tipga ajratgan: 
qumli, gilli, sho`rxok va toshloq. M.G. Popov (1923) O`rta Osiyo 
cho`llarini geobotanik nuqtayi nazardan tipologik tasniflashda L.S. 
Bergning cho`l tiplarini asos qilib olib, uning hududida quyidagi 
cho`l tiplarini ajratgan: 1) hammada (qadimgi jinslarda, gipssiz va 
yosh jinslarda, gipsli) cho`llari; 2) qumli cho`llar; 3) sho`rxok 
cho`llar; 4) shuvoqli-toshli cho`l (serir); 5) efemerli gilli cho`l. 
E.P. Korovin va D.N. Kashkarov (1933) «Turkistonning cho`l 
tiplari» («Типы пустын Туркестана») maqolasida O`rta Osiyo 
cho`llarini iqlim xususiyatlariga va hayvonot olami hamda 
o`simliklarining kelib chiqishiga ko`ra ikkita cho`l tipiga ajratadi. 
Bular: 1. Turkistonning (O`rta Osiyoning) janubiy provinsiyalarini 
egallab yotgan O`rtadengiz cho`l tipi. 2. Turkistonning shimoliy 
qismini egallab yotgan Markaziy Osiyo cho`l tipi. Bu asosiy 
tiplardan tashqari ona jinslarning xarakteriga qarab ham to`rtta cho`l 
tipiga ajratishgan: qumli, gilli, sho`rxokli va gipsli. Bu yerda 
mualliflar O`rta Osiyo cho`llarini tipologik tasniflashda iqlim va 


47 
biogenetik 
prinsiplardan 
tashqari 
edafik 
prinsipdan 
ham 
foydalangan. Masalan, Markaziy Osiyo (shimoliy cho`l) cho`llari 
doirasida qumli, shuvoq-sho`rxok, shuvoqli va shuvoq-betagali 
cho`llarni ajratishgan.
O`rta Osiyo cho`llari I.V. Kozlov (1959) tomonidan ham ona 
jinslar xarakteriga asoslangan holda, ya’ni litologik prinsip asosida 
tipologik tasniflangan. U O`rta Osiyo cho`llarini o`nta tipga 
bo`lgan: qumli, qumli-toshloq, qumoq-gilli, toshloq tog`oldi 
prolyuvial, gilli-toshloq, gipsli, tub jinslardagi gilli qadimiy delta va 
vodiylardagi soz tuproq-gilli, shag`alli-lyossli va sho`rxok cho`llar. 
M.P. Petrov (1973) o`zining «Yer shari cho`llari» (Пустыни 
земного шара, 1973) nomli monografiyasida har qaysi 
morfostruktura doirasidagi cho`llarni yuza yotqiziqlari va tuproq-
grunt xususiyatiga ko`ra lito-edafik tiplarga ajratish maqsadga 
muvofiq ekanligini ta’kidlab, ularni o`nta tipga bo`ladi: 
1) qadimgi alyuvial tekisliklarning yumshoq yotqiziqlaridagi 
qumli cho`l; 2) gipslashgan uchlamchi va bo`r davri strukturasi 
platolari va tog`oldi tekisliklaridagi qumloq-shag`alli va shag`alli 
cho`l; 3) uchlamchi davr platolaridagi gipslashgan mayda toshli 
cho`l; 4) tog`oldi tekisliklaridagi mayda toshli cho`l; 5) mayda 
burmali va past tog`lardagi toshloq cho`l; 6) kam karbonatli 
qoplama soz tuproqlardagi soz tuproqli cho`l; 7) tog` etagi 
tekisliklardagi lyossli cho`l; 8) tog`oldi tekislik va daryolarning 
qadimgi deltalaridagi gilli taqir cho`l; 9) turli yoshdagi gil va tuzli 
mergellardan tarkib topgan past tog`lardagi gilli bedlendlar; 10) 
dengiz qirg`oqlari va sho`rlangan botiqlardagi sho`rxok cho`l. 
N.A. Gvozdetskiy (1976, 1987) O`rta Osiyo cho`llarini 
tipologik tasniflashda asosiy e’tiborni lito-edafik prinsipga qaratib, 
ularni beshta tipga ajratgan: gil shuvoqli, lyoss-gil efemerli, qumoq 
psammofitli, toshloq gipsofitli va sho`rxok galofitli cho`l tiplari. 
A.G. Boboyev va Z.G. Freykin (1977) O`rta Osiyo va 
Qozog`iston cho`llarini iqlim sharoitiga qarab ekstraarid, arid va 
chala arid qismlarga, litologik va landshaft xususiyatlariga qarab esa 
to`rtta issiq cho`l tipiga bo`lgan: qumli, toshloq (hammada), gilli 
(taqirli) va sho`rxok cho`llar. Bular o`z navbatida litologik-
petrografik, geomorfologik va tashkil topgan jinslarning fatsial 


48 
farqlariga bog`liq holda quyi taksonomik bosqichlarga bo`linishi 
ta’kidlangan. 
O`rta Osiyo cho`llarini tasniflash chet ellik geograf-
botaniklarning ishlarida ham uchraydi. X. Valter (Walter, 1974) o`z 
maqolasida avvalo tropik va subtropik cho`llarni lito-edafik prinsip 
asosida tasniflab, quyidagilarni ajratadi:
1) toshloq cho`l (hammada); mayda toshli cho`l yoki serir (reg); 
qumli cho`l (erg, ereg); cho`kmalar sho`rlangan gilli 
tuproqlari bilan (dayi, sebxi) yoki shotti; 
2) vaqtincha suv oqadigan quruq vodiylar (vadi); 
3) vohalar. 
Muallif tropik va subtropik cho`llarni tasniflagandan keyin O`rta 
Osiyo cho`llariga to`xtalib, ularni to`rtta tipga bo`ladi: 1) efemerli, 
2) gipsli, 3) galofitli va 4) psammofitli. X. Valter O`rta Osiyo 
cho`llarini tasniflashda cho`l tiplarining nomidan ko`rinib turibdiki 
geobotanik prinsipga asoslangan. 
M.P.Petrov (1973) Yer sharidagi cho`llarni o`rganib va tahlil 
qilib shunday xulosaga kelganki, qurg`oqchilik eng oxirgi nuqtaga 
borib taqalgan iqlim sharoitiga ega bo`lgan hududlarni cho`l deb 
atash mumkin. Cho`llarda yog`in miqdori 250 mm dan kam, 
mumkin bo`lgan bug`lanish miqdori esa undan 15-20 marta ko`p 
bo`lganligi sababli sun’iy sug`orishsiz dehqonchilik qilib bo`lmaydi. 
Binobarin, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan va bildirilgan 
fikrlardan shunday umumiy xulosa qilish mumkinki, cho`llar 
kontinental quruq iqlim sharoitida vujudga kelgan va shakllangan 
arid landshaftlardan tashkil topgan tabiiy geografik zona bo`lib, 
unda barcha komponentlarning aridlik xususiyatlari va ularning 
keskinlik darajalari yaqqol ifodalangan. Bu keskinlik oxirgi 
nuqtadan o`tgandan keyin landshaftlarning cho`llanishi boshlanib, 
biokomponentlar kambag`allashadi, unumdorlik pasayadi. Oqibatda 
O`rta Osiyoning arid landshaftlari asta-sekin ekstraarid (o`ta 
qurg`oqchil) landshaftlar bilan almashinishi mumkin. Bu bevosita 
hozirgi iqlimning tabiiy o`zgarishi va antropogen omillar ta’sirida 
sodir bo`ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling