S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

SARKODALILAR (SARCODINA) sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit 
holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. 
Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. 
Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning 
y o ^ o n ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, y a’ni qonli i
2 - P a r a z ito lo g iy a
N i z ....
17
kutubxoii.i


sabab bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ular­
ning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan y o 'g 'o n va ko'r ichaklardagi bakteriyalar 
hisobiga yashaydi.
Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniq- 
lagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo'lishini isbotlagan. Ichburug' amyo- 
basining kattaligi 20-30 mikronga teng (l-rasm ).
l - r a s m . I c h b u r u g 4 a m y o b a s i  
h a y o t s i k li n in g s x e m a s i:
1-hazm y o ‘lig a tu s h g a n sista;
2 -a m y o b a n in g s is ta d a n c h iq is h i;
3 - 4 - ic h a k b o 's h l ig 'id a g i m a y d a
v e g e ta tiv sh a k li;
5 -y irik v e g e ta tiv s h a k li;
6 -ic h a k d a g i sista la r;
7 -ic h a k d a n
c h iq q a n
q o n
v a
s h ilim s h iq
a ra la sh
c h iq in d ila rd a
u c h ra y d ig a n sh a k li.
Ichburug' amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari 
bo'ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli antqlangan:
a) kichik vegetativ shakli; b) to'qim a shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli. 
Amyobaning to'qim a va eritrofag shakllari ba’zan virik vegetativ shakl deb ham 
ataladi. Aslida, bu ikki shakl o'zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq 
qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo'lib, zich parda - sista qobig'i bilan 
o'ralgan.
Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo'ladi. Mayda vegetativ shak­
li kichkina (15-20 mkm) bo'lib, serharakatdir Uning sitoplazmasi keskin ravishda 
ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo'linadi. Endo- 
plazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning y o 'g 'o n
ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. 
Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to'qim a 
shakli (20-25 mkm) odamning y o 'g 'o n ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil 
qiladi va ichak devoridagi to'qim aiam i yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi.
IX


T o'qim a shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar 
yallig‘lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan 
qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda 
topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi.
Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. 
Chunki u ko'payib, to'qim a shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar 
xo'jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidam- 
li bo'lib, hatto, xlorlangan suvda ham halok bo'lmaydi. Bir qancha dizenfeksiya- 
lovchi moddalar ta’siriga ham chidamli bo'ladi. Dizenteriya amyobasining sistalari- 
da 4 ta vadro bo'ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mcvalar iste’mol 
qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har 
bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo'ladi. So'ngra ular mitoz yo'li bilan 
bo'linib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli 
bo'lgan odamlar odatda sog'lom bo'lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyo- 
balar boshqa patogen shakliga, ya’ni to'qim a shakliga aylanadi. To'qim a shakli 
o'zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo'lishiga olib keladi. 
Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlaming axlatida qon bo'lishi kuzatiladi. 
Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli - erit­
rofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo'lib, ko'ndalang o'lcham i 
20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta bo'lib, o'zi esa ancha harakatchan bo'ladi. 
Sitoplazmada, ko'pincha, eritrotsitlarm topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag 
yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyo- 
basi odamning boshqa a ’zolariga (jigar, o'pka) ham joylashishi mumkin. Agarda 
amyobaning to'qim a shakli hosil qilgan yara qon tominga to 'g 'n kelib qolsa, u qon 
orqali to 'g 'ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo'ladi.
O'pkanm g jarohatlanishi esa jigar abssessining o'pkaga diafragma orqali 
o'tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilan, asosan, qorm og‘rishi, 
ishtahanmg yo'qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug' 
amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista 
chiqarishi mumkin.
Kasallikka tashxis qo'yish uchun bemoming najasi konservantga yig'iladi va 
tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971-y.). 
Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalo- 
lat beradi. Ichburug4 amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoit- 
larda odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi. Ichbu-
! 9


m g ' kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko'p uchraydi. 
U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham uchraydi.
Profilaktika choralariga ovqat iste’mol qilishdan oldin qoTni yaxshilab yu­
vish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlarni yaxshilab yuvish, 
pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalami yo'qotish 
(chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), be- 
mor va sista tashuvchilami aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasala- 
rida sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va 
aholi o'rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha keng targ'ibot 
ishlarini olib borish kabilar kiradi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling