S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Toksoplazmalar (Toxoplasma)
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 0 - r a s m . T o x o p l a s m a g o n d i i n i n g r i v o j la n i s h sikli va u bila n z a r a r l a n i s h y o ‘llari
Toksoplazmalar (Toxoplasma) urug'iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi.
Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o'tib, undan 2 ta sporali ootsista - sporo- zoitlar hosil b o iish i bilan tugaydi (10-rasm). Parazitni dastlab ! 908-yili fransuz olim lan Nikol va Manso kemiruvchilarda aniqlashgan. 31 Toksoplazmalarning rivojlanishi xo'jayin almashtirish bilan boradi, y a’ni mushuklar parazitning asosiy xo'jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa parazitning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Umumiy po'st bilan o'ralgan merozoit- lar to'plam i sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar so'lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo'ladi. Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jarohatlangan joylaridan ham o'tishi mumkin. Sutemizuvchilarda esa tok- soplazmalar yo'ldosh orqali ona organizmidan embrionga o'tadi. Ayrim hollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin. 1 0 - r a s m . T o x o p l a s m a g o n d i i n i n g r i v o j la n i s h sikli va u bila n z a r a r l a n i s h y o ‘llari: 1 -m u sh u k ic h id a sh iz o g o n iy a v a ji n s iy k o 'p a y is h ; 2 - 4 - o o ts is ta la r n in g riv o jla n is h i; 5 - 6 - s ic h q o n ta n a s id a q o 's h im c h a jin s s iz k o 'p a y is h ; 7 -s ic h q o n h o m ila s in in g z a ra rla n is h i. Toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi faqat mushuklar organizmida o'tadi. M ushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Mushuk orga nizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo'lganidek, jinsiy ko'payish va sporotsistalar hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalarning rivojlanishida jinssiz ko'payish ustun turadi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo'zg'atadi. Toksoplazmalar odamga ovqat mahsuiotlari (go'sht, sut, tuxum) va kasal uy hay- vonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o'tib, m e’da-ichak yo'llariga tusha- 32 di. Parazitlar ichak devorlarini teshib, limfa va qon tomirlari orqali turli organlar (bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, niushak va bosh.) hujayralari sitoplaz- masida rivojlanib, to'qim alam i yallig'lantiradi. Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta ’sir ko'rsatadi. Ayrim hayvonlar kasal- likka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok bo'lishi mumkin. Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuk katta o'rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko'zning shikastlanishiga sababchi bo'ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar ernbrioni ona qomida toksoplazmoz bilan zararlanganda, tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og'ir jarohatlanadi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling