S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

SPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ularning ham- 
masi umurtqasiz va umurtqali hayvoniarda, shu jumladan, odamlaming turli ichki 
organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. 
Shunga ko'ra, ularning rivojlanishi murakkablashgan bo'lib, har xil muhit sharoitda 
yashashga, xo'jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payish 
kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, 
qisqamvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalan rivojlanmagan, himoya qobig'iga 
o ‘ralib spora hosil qiladi
Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarini- 
na) sinflariga boiinadi.
M ahsuldor hayvoniarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari 
parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Koksidiyasimonlar sinfi, o 'z navbatida, bir necha turkumlarga bo'linadi. Kok- 
sidiyalar (Soccidiida) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqa­
li hayvonlar organlarinmg epiteliy to'qim a hujayralarida, y a’ni ichak va jigarda
28


parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat m a’lum bir tur hayvonda 
yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz b o iad i.
Cho'zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. 
Koksidiyalarning ko'payishida jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning to 'g 'ri gallanishi xa- 
rakterlidir. Qoramol, qo‘y, echki, quyon va parrandalarda asosan Eimeria urug'ining 
turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil 
bo ‘lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya 
davrlarini) o‘taydi (9-rasm).
9 - r a s m . E i m e r i a m e d i a n i n g q u y o n ic h a g i d a (A ) v a t a s h q i m u h i t d a (B ) r iv o j la n i s h sikli:
1 -s p o ro z o it; 2 -4 - s h iz o n tla m in g b irin c h i v a k e y in g i g e n e ra ts iy a s i; 5 -m e ro iz o tla m in g u c h m a rta
g e n e ra ts iy a s i; 6 -m ik ro g a m e ta v a 6 -A m a k r o g a m e ta la m in g riv o jla n is h i; 7 -m ik ro g a m e ta la r; 8 -z ig o ta
(o o tsis ta ); 9 -o o ts is ta n in g q u y o n o rg a n iz m id a n ta s h q i m u h itg a c h iq ish i; 1 0 - ! 2 -s p o ro g o n iy a .
Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti x o ‘jayinlar ichki 
organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda 
(ekzogen davri) o'tadi.
Shizogoniya (jinssiz ko'pavish davri) davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan, 
quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi. 
Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Qu-
29


yon ichida ootsistaning qobig'i crib ketib, sporalaming po'sti yoriladi va ulardan 
duksimon ko'rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda 
epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib o ‘sib, hajmi kattalashadi hamda 
yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo'linadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham 
o ‘shanchaga boTinadi va yangi avlod, ya'ni merozoitlar shakllanadi.
Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, qaytadan sog'lom
epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo'l bilan ikkinchi generatsiyani 
hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko'payish 4-5 marta takrorlangandan keym 
merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi.
Gametogoniva (jinsiy yo'l bilan ko'payish) davrida epitelial hujayralarga ki­
rib olgan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil bo'ladi. 
Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta va har qaysi mikro- 
gametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta 
harakatchan mikrogametalar hosil bo'ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan 
ichak b o ‘shlig‘iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan 
qo'shiladi va natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota qobiqqa o'rahb, ootsistaga ayla­
nadi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi.
Sporogoniva davrida koksidiyalaming ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivoj­
lanadi. Shu sababli, ootsista xo'jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsista­
ning ikki qavatli po ‘sti himoya vazifasini bajaradi. Qnlay sharoitda ootsista rivojla- 
na boshlaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga bo'linadi, m a’lum vaqtdan keyin sitoplazma 
ham yadrolar soniga qarab, 4 ga bo'linadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi. 
Keyinchalik, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar hosil 
b o ‘ladi. Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit 
voyaga yetadi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo'lib qoladi. 
Bunday invaziyali ootsistalar hayvonlarning ichagiga tushganda, sporalardan va 
ootsistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.
Koksidiyalaming 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo'y va 
echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan. 
Baiiqchiiikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan 
Eimeria sardinae va Isospora urug'i turlari parazitlik qiladi.
Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlar­
ning ishtahasi pasayadi, o ‘sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon 
ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolaming zax b o ‘lishi, koksidiyalar uchun 
qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasal-
30


langan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatsetin va boshqa 
preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
M olxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. X o‘jaliklarda mol boqish 
dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to'yim li yem-xashaklar bilan bo- 
qiladi.
Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlaming 
jigari, talog‘i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug'diruvchi 
toksoplazmalar urug‘i vakillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemi- 
zuvchilaming muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), 
y a ’ni go'sht sporalilar urug‘i vakillari ham kiradi.
Tug'm a toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o'tadi va homi- 
laning nerv sistemasi, ko'zlari va boshqa a ’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki 
o iik yoxud mayib-majruh bo'lib tugiladi. Toksoplazmada tirik tug'ilgan bola aq- 
lan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnev- 
moniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi. 
Orttirilgan o ‘tkir toksoplazmoz esa tcrlamaga o'xshash kechib, bemor isitmalaydi, 
tom og'i o g iiy d i, jigari va talog'i shishadi yoki ko'pincha nerv sistemasi zararlanib, 
boshi og'riydi, qavt qiladi, falajlanadi. Xror.ik toksoplazmada, odatda, bemoming 
gavda harorati uzoq vaqt yuqori b o ia d i, boshi, tom og'i, mushaklari og'riydi, limfa 
tugunlari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixi- 
kasming buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko‘zi, yuragi zararlanishi mumkin. 
Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish 
uchun uy hayvoniarini sanitariya nazoratida saqlash, homilador ayollami tibbiyot 
ko ‘rigidan o ‘tkazish zarur.
Hayvoniardan - qo’y, echki, cho'chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda 
parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvoniardan bolasiga 
sut orqali, bir-biriga yaqin bo'lish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali 
o'tadi. Kasai hayvonda yo'ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish, 
organizm uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling