S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia)
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia). ya'ni go'sht sporalilar urug'ining ham
bir qancha turlari bo'lib, ular ayrim uy hayvonlari, ya'ni qoramollar, cho'chqalar va parrandalar hamda yovvoyi hayvonlarning muskullarida parazitlik qiladi. Ular go'shtda uzun xalta shaklida 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida esa yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo'ladi. G o'sht sporalilarning rivojlanishi koksidiyalarnikiga o'xshash. lekin rivojlanishi ikkita xo'jayinda ketadi. O 'tx o 'r sutemizuvchilar va parrandalar parazitning ora liq xo'jayinlari, yirtqich sutemizuvchilar (mushuklar, itlar) va odamlar esa asosiy xo'jayinlari hisoblanadi. Oraliq xo'jayinlar organizmida parazit jin ssiz-sh izo g o n i- ya yo'li bilan va asosiy xo'jayinlari organizmida jinsiy usulda ko'payadi. G o'sht bilan asosiy xo'jayini organizmiga tushgan sistalardan juda ko'p sista- zoidlar chiqadi va ular ichak epiteliysi hujayralariga kirib oladi. Hujayra ichida mikro va makrogarnontiar. ulardan esa mikro va makrogametalar yetishib chiqadi. Urug'ianishdan keyin hosil bo'lgan zigota po'stga o'ralib ootsistaga aylanadi. Har bir ootsista ichida 2 tadan spora hosi! bo'ladi. Yem-xashak bilan oraliq xo'jayini ning organizmiga tushgan ootsistalardan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar qon orqali qon tomirlari devoriga, so'ngra muskuiiarga o'tib, tezda ko'payadi va xaita- ga o'xshash yirik sistalami hosil qiladi. G o'sht sporalilari bilan zararlangan hayvonlarda, odatda, kasallanish alomatlari kam seziladi. QON SPO R A L ILA R (H A EM O SPO R ID IA ) turkumi vakillari odam va issiq qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi. Bu tur- kumga 100 ga vaqin tur kiradi. Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar bo'lsa- da, lekin ularning hayot sikli bir necha xo'jayinda o'tadi, Masalan, bu turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plaz- 3 - P a r a z ito lo g iy a modiysining rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro- va mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida (Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plaz- modiylaming hayot sikli xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o'tadi, tashqi muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plaz- modium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham m a’lum bo'igan. U vaqtlarda bu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yo'llari aniqlanmagan. Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilish- gan, shuning uchun ham “botqoq isitmasi” deb atalgan. Bezgak plazmodiumlarini birinchi m arta 1879-yilda rus olimi V.l. Afanasyev va 1880-yiIda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivin lar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan. Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi: 1. Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a ’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. 2. Plasmodium malariae - to'rt kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a’ni isitma har 72 soatdan keyin qaytarilib turadi. 3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko'pincha juda o g 'ir o'tadigan tropik bezgak qo'zg'atuvchisidir. 4. Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a ’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo'zg'atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar ham do'stligi marn- lakatlarida bu kasallikning qo'zg'atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan. Uch kunlik bezgak plazmodiumining (Plasmodium vivax) rivojlanishi quyidagi- cha ketadi (1 l-rasm). Bu parazitning qo'zg'atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini so'rganida, chivin so'lagida bo'igan sporozoitlar odam qoniga o'tadi. Bular qon orqali jigar va taloq to'qim alariga keladi. Bu yerda ular oziqlanib, ko'paya boshlay- di, y a’ni yadrolari bir nechtaga bo'linadi, so'ngra yadro soniga qarab, sitoplazma ham o'shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi - merozoitlar paydo bo'ladi. Keyinchaiik, bu merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib, gemoglobin plazmasi bilan oziqlanadi. Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o'sadigan davriga trofo- zoitlar deyiladi. 34 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling