S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Ko‘p xivchinlilar (Polvmastigina)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Ko‘p xivchinlilar (Polvmastigina) turkumi vakili 
lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov Univer- 
sitetining professori Lyamble aniqlagan.
Lvambliva (Lamblia intestinalis) hayot siklida vege­
tativ hamda sista ko'rinishida uchraydi (7-rasm).
Vegetativ shakli noksimon bo'lib, uzunligi 12- 
15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha bo'ladi.
Tanasining oldingi tomonida disk bo'lib, ichak 
epiteliysiga yopishish uchun xizmat qHadi. Tanasining 
o'rtasida ikkita tayanch ipi - aksostillar o'tadi. Ak- 
sostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetri- 
yali nimtalarga bo'lingan bo'lib, har qaysisida bittadan 
yadro bo'ladi.
Aksostillarmng oldingi qismida bir qancha ble- 
faroplastlar bo'lib, ular 3 juft xivchinlami energiya
7 - r a s m . O d a m ic h a g i d a  
p a r a z it li k
q i l u v c h i
l y a m b -  
liya - L a m b l i a in t e s ti n a li s  
(y o n t o m o n i d a n k o 'r i n is h i) :
1 -x iv c h in la r; 2 -b a z a l ta n a - 
ch a; 3 - s o ‘r g ‘ich , 4 -y a d ro ; 5-pa 
ra b a z a l ta n a ; 6 -a k s o stil.
25


bilan ta ’minlaydi. T o‘rtinchi juft xivchinlar aksostillaming orqa qismida yotadi. 
Parazitning hazm organoidlari bo'lm aydi. Shuning uchun osmatik y o ‘l bilan oziq- 
ianadi. Ko'payish usuli jinssiz, uzunasiga bo'hnish (mitoz) y o ii bilan amalga osha- 
di. Lyambliyalarning sistalari oval shaklida bo'lib, uzunligi 10-14 mkm gacha 
yetadi. Ikki qavat po‘stlog'i aniq ko'rinib turadi. Yetilmagan sistalarda 2 ta yadro, 
yetilganlarida esa 4 ta yadro bo'ladi.
Lyambliyalarning taraqqiyoti oddiy bo'lib, hayot davri parazitning vegetativ 
va sistaga o'ralgan shakllarining almashinib turishidan iborat. Vegetativ shakllari 
odamlarning 12 barmoqli ichagida yashaydi va ko'payadi. Tajriba y o ‘li bilan zarar­
langan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan. 
Ularning b a’zilari sistaga o'ralib, tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz 
kasalligini yuqtiradigan manba bo'lib qoladi. Lyambliozni yuqtiradigan manba 
kasal odam va parazit tashuvchilardir,
Lyamblioz hamma yerda tarqalgan bo'lib, aholining taxminan 10 % ida 
parazitlami topish mumkin. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko'proq kasal­
lanadi. Parazitlar odamning 12 barmoqli ichagida yashashi bilan birga, ayrim 
m a’lumotlarga qaraganda, o 't pufagida ham yashashi mumkin. Ammo sun’iy 
usulda o'stirilgan lyambliya o 't suyuqligi pufagida yashamaydi. Hozirgacha ham 
lyambliyalarning o 't yo'llarida, o 't pufagida yashashi noaniq. L.L Rogova va 
N.A. Dehqonxo'jayevalarning (1960) m a’lumotlari bo'yicha, olib tashlangan o 't 
pufaklar hamda tajriba yo‘li bilan zararlangan hayvonlarning o ‘t pufagida lyamb­
liyalar topilmagan.
XX asrning 20-yiilarida lyamblioz yer yuzida deyarli barcha mamlakatlarda 
keng tarqalgan edi. Ko'pchilik shifokorlaming fikri bo'yicha, lyambliyalar odamga 
o'tishi bilan lyamblioz kasalligini qo'zg'atadi. Ular ichak, o 't yo'llarini jarohatlay- 
di, degan fikr hozir ham mavjud. Lekin ayrim olimlar lyambliyalarni shartli ravish- 
dagi patogen deb hisoblashadi. Chunki parazitlar sog'lom odamlarda ham uchrab 
turadi, ularning soni icnakda ko'pavib ketgandagina ichak faoliyatini o'zgartiradi. 
Shu sababli moddalarning so'rilishi susayadi.
Professor N A. Dehqonxo'jayeva tabiiv va tajriba yo'li bilan zararlangan hay­
vonlarning ingichka ichagmi tekshirib, parazitlarm shilliq parda va shilliq osti qat- 
lamida hamda ichak tukchalarida topgan. Runda ichak devorining shilliq pardasi 
yaiiigiangan, ammo yaralar hosil bo'lm agan. Shifokoming fikriga qaraganda, 
ichakning shilliq pardasidagi o'zgarishlar darajasi kasallikning muddatiga bog'liq 
b o ‘ladi.
Kasallikning belgilari boshqa ichak kasalliklariningbelgilariga o'xshash bo'ladi 
Shuning uchun ham lyambliozga tashxis qo'yishning asosiy ko‘rsatkichi parazit-
26


Iarni aniqlashdan iborat bo'lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12 bartnoqli 
ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo'ladi. Bemorning axlat surtma- 
larini yod bilan bo'yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo‘qligi aniqla- 
nadi. Ulaming axlatlari bilan lyambliya sistalari tashqi muhitga chiqib turadi va 
haftalab tirik qolishi mumkin. Sog'lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan 
oziq-ovqat, ichiladigan suv yoki iflos qo'llar orqali yuqadi. Sistalar hazm yo'liga 
tushganidan keyin o'n ikki barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi.
Kasallikning oldini olish uchun profilaktik qoidalarga amal qilish zarur. Buning 
uchun meva va sabzavotlami yaxshilab yuvish, suvni qaynatib ichish, pishirilgan 
ovqatni va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, chivin va pashshalarga qarshi 
kurashish, ovqatdan oldin va hojatdan keyin qo'lni yuvish, parazit tashuvchilarni, 
ayniqsa, oziq-ovqat korxonalarida, bolalar bog'chalarida ishlaydiganlami o 'z vaqti- 
da tekshirib, kasallangan odamlami davolash, hojatxonalami dorilab turish kabi 
ishlami amalga oshirish lozim.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling