S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) sinfiga 8000 dan ortiq tur kiradi. 
Asosiy qismi erkin holda yashaydi. Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo'linadi: 
o'sim liksim on xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar (Zoo- 
mastigina).
Parazitlik qilib hayot kechiradiganlari, asosan, hayvonsimon xivchinlilar kenja 
sinfiga kiradi.
Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin holda 
yashaydi. K o'pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning 
tripanosomalar (Trypanosoma) urug'iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hay­
vonlar qonida, orqa miya suyuqligi va boshqa organlarida parazitlik qilib, o g 'ir 
kasalliklami keltirib chiqaradi.
Tripanosomalaming tasmaga o'xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldin­
gi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo'naladi. 
Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Ba- 
zal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.
Tripanosomalaming quyidagi turlari yaxshi o'rganilgan:
1) Afrika uyqu kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma gambiense;
2) Chagas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma cruzi;
3) Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan - Trypanosoma 
rhodesiense va boshqalar.
Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda o g 'ir “uyqu kasalligi” deb 
atalgan xastalikni qo'zg'atuvchi parazitdir (2-rasm).
XX asming birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halok 
bo'lgan. Kasallik tana haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi, so'ngra asta-sekin- 
lik bilan markaziy nerv sistemasming qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda 
uxlab qolish va, aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o 'z vaqtida 
davolanmasa, o'lim ga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlaming qoniga, limfa 
bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o'tadi.
20


Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai 
antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se- 
se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasal­
lik faqat shu qonso‘rar pashshalar tarqalgan 
hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini 
so‘rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashsha- 
lar ichagida parazitlar bo'yiga bo‘linib, jinssiz 
k o ‘payadi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli cha- 
gas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypano­
soma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihat- 
dan Afrika uyqu kasalligini qo'zg'atuvchisidan 
farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi, 
joylashish joyiga qarab, shakli har xil bo'ladi.
Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripano- 
soma xivchinsiz, intensiv ravishda ko'payib, 

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling