S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 - r a s m . I s k a b t o p a r - P h le b o t o m u s p a p a ta s ii
5 - r a s m .
L e i s h m a n i a d o n o - v ani: A - x o ‘j a y i n h u j a y r a s i d a g i p a r a z it la r ; B - l e y s h m a n i y a n i n g s u y u q l i k d a g i x i v c h i n l i s h a k l la r i ; 1 -le y sh m a n iy a la r; 2 - x o ‘ja y in h u ja y ra la ri y a d ro s i. Leyshmanioz transmissiv kasallik bo‘lib, uni qonso‘rar mayda hasharotlar - Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning qonini so'rganida leyshmaniyalar hasharotning hazm yo‘liga o'tadi. U yerda parazit- larning oidingi uchidan uzun xivchin o'sib chiqadi, y a’ni sodda hayvon xivchinli (leptomonad) ko'rinishga o'tadi. 0 ‘ziga leyshmaniozning qo'zg'atuvchisini yuqtirib olgan bu hasharot sog'lom odamning qonini so'rganida parazitlarni unga yuqtiradi (6-rasm). Umuman, leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi g'arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. 0 ‘zbekistonning janubiy viloyat- larida ham bu kasallik tarqalgan. Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi sutemizuvchilar (qum kala- mushlari va yumronqoziqlar) va itlardir, y a ’ni bu hayvonlar leyshmaniyaning re- zervuar xo'jayinlari hisoblanadi. Bu hayvonlarning quloqlari, bumi va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin bo'igan boshqa joylarida yaralar hosil bo'ladi. Kemiruvchilaming inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlarning qonini so'radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi. Visseral leyshmaniozning asosan 2 ta shakli mavjud: hind kala-azari hamda O 'rta yer dengizi visseral leyshmamozi. le y s h m a n iy a ta s h u v c h is i (1 ) va le y s h m a n iy a n in g s u y u q lik d a g i x iv c h in li s h a k li (2). 6 - r a s m . I s k a b t o p a r - P h le b o t o m u s p a p a ta s ii: 24 Hind kala-azarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo'ladi. Ayrim olim- larning fikriga ko'ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tu- fayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po‘st qismidagi makrofag- larida ham uchraydi. O 'rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsi- mon bo'lib qoladi. Bemorning jigar va talog'i kattalashib, kamqonlik hamda leyko- peniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Jigari va talog'i shishib, bemor halok bo'lishi mumkin. Kala-azar qo'zg'atuvchisi Janubiy va Shimoliy Osiyo, Italiya, Turkmaniston- ning ayrim hududlarida uchraydi. Professor N.I. Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus- odam ekanligini aniqlagan. Akademik Ye.N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o'rtasida bo'g'im oyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi. Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi. Kasallikni aniqlash uchun to'sh suvagi ko'migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniya lar bor-yo‘qligi aniqlanadi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling