S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Trixomonadalar (Trichomonas)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz 
kasalligini qo'zg'atuvchilar bo'lib, uch tumi o 'z ichiga 
oladi: 1. Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis;
2. Qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3. O g'iz 
trixomonadasi - Trichomonas tenax.
Ichak trixomonadasi odamning y o 'g 'o n ichagida 
parazitlik qiladi. Qin trixomonadasi esa ayol va erkak- 
laming siydik va jinsiy yo'llarida uchraydi.
Trixomonadalaming tanasi oval shaklida bo'lib, 
orqa qismi ingichkalashib ketgan. Uzunligi 5-10 mkm 
(ichak trixomonadasi) dan 15-30 mkm gacha (qin tri­
xomonadasi) bo'ladi (8-rasm).
Oidingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan 
bo'lib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchin- 
lilar sinfi vakillari singari trixomonadalaming hara­
kat organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchinlarining 
soni 4-5 ta bo'lib, ulardan bittasi to'lqinsim on parda 
bo'ylab orqaga qaynlgan. Sitoplazmasida hazm qiluv- 
chi vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo'ylab 
uzunasiga ketgan tayanch o'zak aksostil joylashgan, 
cheti bo'ylab to'lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi.
8 - r a s m . T r i x o m o n a d a -  
T r i c h o m o n a s h o m i n is :
1-sito sto m ; 2 -b a z a l ta n a - 
ch a; 3 -y a d ro ; 4 -o ld in g i x iv - 
c h in ia rid a n
b in ; 
5 - to ‘lq in - 
la n u v c h i 
m e m b ra n a ; 
6 -o rq a
x iv c h im ; 7 -v a k u o l; 8 -a k s o stil.
27


Qin trixomonadasi va og‘iz trixomonadasining to'lqinlanuvchi membranasi qisqa 
bo'ladi.
Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, y a’ni oziq moddalami tananing butun 
yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og'zi - sitostom orqali (qamrab 
olish usuli bilan). Lekin hozirga qadar qin trixomonadasining sitostomi aniqlanma- 
gan. Trixomonadalar uzunasiga bo ‘linish (mitoz) yo ‘li bilan jinssiz ko'payadi. Sis­
talar hosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixomonadasi odamlarda xavfli kasalliklarni 
keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi.
Ichak trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak trixomona- 
dasiga tashxis qo'yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib, vegetativ 
shakllari aniqlanadi,
Qin trixomonadasi hamma joyda tarqalgan. Ular erkak va ayollaming siydik 
yo'llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40 %, erkaklarda esa 15 % ni tashkil 
qiladi.
Qin trixomonadasi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va 
jinsiy aloqa vaqtida o'tadi. Tashxis qo'yish uchun bemoming siydik va jinsiy 
yo'llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi.
O g'iz trixomonadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og'iz 
b o 'sh lig 'i va tish kasalliklari (gingvit, paradontoz, tish kariyesi bilan kasallangan 
bemorlar) odamlarda ko'proq uchrab turadi. Shuning uchun stomatologiya shifo- 
xonalarida og'iz trixomonadasini aniqlash usullariga alohida e ’tibor berish lozim.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling