S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
YASSI CHUVALCHANGLAR (TLATHELMINTHES)
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- S O R G ‘lC H LlLA R (TREMAT ODA^
YASSI CHUVALCHANGLAR (TLATHELMINTHES) tipi vakillari gav-
dasimng uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metr- gacha (kashalotlaming ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglar dan - Polygonoporus giganticus) boradi. Yassi chuvalchanglar tipiga 15 mingga yaqin tur kiradi. Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o'rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki tur- bellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda ko'plab turlari mavjud. Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiya- sida bu hayvonlarning yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan juda ko 'p o'ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimiarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi. Yassi chuvalchanglar tipi o 'z navbatida 9 ta sinfga bo'linadi, asosiylari quyida- gilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. Mono- geniyalar (Monogenea) sinfi. 3. So'rg'ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi. Bu yassi chuvalchanglardan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirt- qichlar bo'lib, bir hujayrali hayvonlar. chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimoniar va hasharotiar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlardir. S O R G ‘lC H LlLA R (TREMAT ODA^ sinfi vakillari haqidagi dastlabki m a’lumotlar 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Taniqli italiyalik olim Redi bi rinchi marta qoramollar jigarida jigai qurtini topib, uning tuzilishini o'rganadi. Shved olimi K. Linney trematodalaming 40 dan ortiq turini o'rganib birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Ru dolf 220 dan ortiq trematodalar turini o'rganadi. Trematodalarni har tomonlama o'rganishda ms olimlari yetakchi rol o'ynaydi. Akademik K.l. Skryabin o ‘z sho- girdlari bilan trematodalar bo ‘yicha 26 tomlik kapital asarlar yozgan. 46 Hozirgi vaqtda trematodalar, ya’ni so'rg'ichlilar sinfiga 4000 dan ortiq tur kira di. Ulaming deyarli hammasi odam va hayvonlarning turli to'qim a va organlarida parazitlik qiladi. Bu sinfga kiruvchilaming hammasi endoparazitlar hisoblanadi. Trematodalarning rivojlanishi anchagina murakkab, ularning rivojlanishi xo'jayinlar va b o 'g 'inlar gallanishi orqali boradi. Demak, so'rg'ichlilar bitta, b a’zan ikkita oraliq xo'jayin orqali rivojlanadi. Bunday hollarda ularning birinchi oraliq xo'jayinlari albatta suvda va quruqlikda yashovchi molluskalar hisoblanadi. Ikkinchi oraliq (qo'shimcha) xo'jayinlari har xil hasharotlar (chumolilar), ulaming lichinkalari (ninachi lichinkalari), baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchi- larning vakillari bo'lishi mumkin. So'rg'ichlilam ing asosiy xo'jayinlari esa har xil turdagi sutemizuvchilar, qushlar va boshqa umurtqali hayvonlar hamda odamlar hisoblanadi. Trematodalarning rivojlanishini oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) misolida ko'rib chiqiladi (16-rasm). Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling