S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


so‘rg‘ichii (Dicrocoelium dendritieunri


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

so‘rg‘ichii (Dicrocoelium dendritieunri hisoblanadi. U ham jigar qurti kabi chor­
va mollari va boshqa umurtqali hayvoniarda, ba'zan esa odam laming jig ar va o 't 
yo'llaridaparazitlik qiladi. B uso'rg'ichlining tanasi jarrohlik pichoqchasi (lanset)ga 
o'xshaganligi uchun lansetsimon ikki so'rg'ichli ham deb ataladi. Tanasi cho'ziq, 
uzunligi 5-15 mm keladi (17-rasm).
So'rg'ichlari bir-biriga yaqin joyiashgan. Tuzilishi jihatidan jigar qurtiga 
o'xshasa-da, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular tanasining cheti bo'ylab jo y ­
iashgan naysimon ko'rinishdagi ichaklari shoxlanmay gavdanmg oxirida k o 'r
50


o'sim ta bilan tugaydi. Yumaloq shakldagi 2 ta urug'doni qorin so'rg'ichining 
orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdon joylashgan.
Lansetsimon ikki so'rg'ichlining rivojlanish siklida uchta xo'jayin qatnasha- 
di. Definitiv, y a’ni asosiy xo'jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, 
birinchi oraliq xo'jayini quruqlikda yashovchi molluskalar (Helicella, Zebrina va 
boshqalar) va qo'shim cha, y a’ni ikkinchi oraliq xo‘jayini chumolilar (Formica, 
Proformica) hisoblanadi. Molluskalar ovqatlanganda o 't bilan birga tashqi muhitga 
tushgan nashtarsimon ikki so'rg'ichlining tuxumlarini ham yutib yuboradi.
П - r a s m . N a s h t a r s i m o n ik ki 
s o ' r g 'i c h li ( D i c r o c o e l i u m d e n d -  
rit ic u m ) n in g r iv o j la n i s h sikli sx e- 
masi:
A -p a ra z itriin g a s o s iy x o 'ja y in -
lari;
B -p a ra z itn in g o ra liq x o 'ja y in i -
q u ru q lik d a y a s h o v c h i m o llu s k a ;
D -k a sa lla n g a n ji g a r v a p a ra z it 
tu x u m la rin in g (d) a tr o f m u h itg a
s o c h ilish i; E -p a ra z itn in g ik k in c h i 
o ra liq x o 'ja y in i - c h u m o li;
1-jin siy v o y a g a y e tg a n p a ra z it;
2 -tu x u m ; 3 -m ira ts id iy ; 4 -o n a s p o ­
ro tsis ta ; 5 -q iz sp o ro tsista ; 6 -s e rk a - 
riy; 7 -m e ta ts e rk a riy ; 8 -s e rk a riy la r 
to 'p la m id a n h o sil b o 'lg a n sista (tu - 
g u n ch a).
Molluska tanasida parazit tuxumiaridan miratsidiy chiqadi va sporotsistaga 
aylanadi. Sporotsistalar partenogenetik yo'li bilan ko'payadi. Birinchi tartibdagi 
sporotsista.ning embrioni hujayralaridan ikkinchi tartibdagi sporotsistalar chiqadi, 
bulardan o 'z navbatida serkariylar taraqqiy etadi. Shunday qilib, nashtarsimon ikki 
so'rg'ichlida rediya davri bo'lmaydi. Serkariylar faol harakatianib, molluskaning 
nafas olish organlariga kirib oladi. Molluskaning nafas yo'lida serkariylaming 
100-300 tasi to'planib, umumiy bir po'stga (qopchaga) o'raladi. Bu to'plam shilliq
51


tugunchalari deyiladi. Keyinchalik bu tugunchalar molluskaning nafas olish teshigi 
orqali tashqi muhitga chiqib, o'sim lik va boshqa narsalarga yopishadi.
Parazit lichinkalarining molluska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha da- 
vom etadi. Ikkinchi oraliq xo'jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni, 
y a ’ni to'plam sistalarni yeb, ularni o'zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 
26-62 kundan keyin serkariylar metatserkariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari 
(chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o'sim liklar bilan birga 
zararlangan chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o'zlariga yuqtiradi. 
Odam ham xuddi shu yo'l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo'jayini organiz­
miga o'tgan metatserkariylar jigar va o 't yo'llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin 
jinsiy voyaga yetadi.
Nashtarsimon ikki so'rg'ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikrotselioz 
deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o'rtasida deyarii hamma joyda uchraydi. 
Respublikamizda mollaming dikrotselioz bilan kasallamshi ko'pincha tog' va 
tog'oldi mmtaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq 
xo'jayinlarning yashashi va ko'payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta yosh­
dagi qo'ylar dikrotselioz bilan 93 % gacha, 1-2 yoshdagi qo'ylar esa - 87 % gacha 
va bir yoshgacha bo'igan qo'zilar - 66 % gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birin­
chi oraliq xo'jayini - molluskalaming parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 
5-5,8 % ni tashkil qiladi. Dikrotseliyning ikkinchi, ya’ni qo'shim cha xo'jayini -
chumolilaming zararlanish darajasi 2 8 ^ 3 % ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda 
metatserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo'y jigaridagi parazitning soni 
50 mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og'irlashib, hatto o'lim ga 
olib keladi. Dikrotseliczni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallan­
gan chorva mollami geksaxlor - paraksilol, geksixol, politrem, panacur, getolin va 
boshqa dorilar bilan degelmintizatsiya qilinadi. Yosh mollarni dikrotseliy tarqalgan 
yaylovlarda boqmaslik, vaqti-vaqti bilan yaylovlami almashtirib turish va oraliq 
xo'jayinlariga qarshi kurash chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling