S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


 - r a s m . J ig a r q u r t i n i n g r iv o j la n i s h sikli


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

16 - r a s m . J ig a r q u r t i n i n g r iv o j la n i s h sikli:
1-q o ra m o l o 4 y o 'lid a g i v o y a g a y e tg a n (m a rita ) p a ra z it; 2 -tu x u m ; 3 -m ira ts id iy lic h in k a s i
4 -lic h in k a n in g su v s h illig 'i ta n a s id a p a rte n o g e n e tik k o 'p a y is h i (A -s p o ro ts is ta , B , D -re d iy la r, 
E -se rk a riy ); 5 -s u v g a c h iq q a n se rk a riy ; 6 - o ‘td a sis ta g a a y la n g a n a d o le s k a riy .
Л1


Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, b a’zan boshqa hayvonlar 
va odamlarning jigarida hamda o 't yo'llarida parazitlik qiladi. Jigar qurtlarining 
uzunligi 2-7,6 sm, eni esa 5-12 mm keladi. Jigar qurti biogelmint hisoblanadi, 
y a’ni rivojlanishida 2 ta xo'jayin qatnashadi. Bunda rivojlanishining boshlang'ich 
davri o'tishi uchun oraliq xo'jayin, parazitning to'liq rivojlanishi uchun esa asosiy 
xo'jayin bo'lishi kerak.
Chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli molluskalardan kichik chuchuk 
suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) jigar qurtining oraliq xo'jayini, qo'y, echki, 
qoramol, tuya, ot, cho'chqa, kemiruvchilar va ba’zan odamlar parazitning asosiy 
xo'jayini bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda fassiolaning oraliq xo'jayini bo'lib 
18 turga kiruvchi chuchuk suv molluskalari hisoblanadi.
Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir millionta- 
gacha tuxum qo'yishi mumkin. Tashqi muhitdaqulay sharoitboMganda, 17-18 kunda 
usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-miratsidiy chiqadi. 
M iratsidiylar 2-3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq 
xo'jayini - qorinoyoqli molluskalami topib, xartumi orqali molluska chig'anog'ini 
teshadi va uning ichiga kiradi. So'ngra bu lichinkalar molluska jigariga o'rnashib, 
kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o'xshash shaklga ega bo'lgan keyingi lichinka­
lik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari parteno- 
genez (otalanmasdan) yo'li bilan ko'payib, lichinkaning navbatdagi generatsiyasi -
rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi bo'ladi. Bitta 
sporotsistada 10-15 ta rediyalar yetiladi. Sporotsista yorilib, rediyalar molluska 
tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo'lib, ularda og'iz, shoxlanma- 
gan to 'g 'ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo'ladi. Bunday 
rediyalar sporotsista po'stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom 
ettiradi. Rediyalar molluska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho'ziq shakldagi rediyalar 
ham partenogenetik yo'l bilan ko'payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik dav­
ri - serkariylami hosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning 
tanasi tuxum shaklida, 2 ta so'rg'ichi, y a’ni og'iz va qorin so'rg'ichi. 2 shoxchaga 
b o ‘lingan o'rta ichagi, anchagina rivoilangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy or­
ganlar boshlang'ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo'ladi. 
Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi. Demak, serkariylar m a’lum darajada 
voyaga yetgan jigar qurtiga o'xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali 
molluska tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham miratsidiylar singari oziqlan­
maydi. M a’lum vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so'ngra yumaloqlanadi, dumi 
tushib ketadi va o'zidan chiqqan po'stga, y a’ni sistaga o'ralib, adoleskariy deb ata-
48


ladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi 
yoki ko'pincha suv o'tlariga yopishgan holda suv ostiga cho'kib, uzoq vaqt tiriklik 
xususiyatini saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat hisoblanadi. Ular 
o4 va suv orqali asosiy xo'jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga 
o'tadi. Xo'jayini ichagida sistaning qobig'i eriydi. yosh parazit hayvonning ichak 
devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigar o 't yo'llariga o'tadi va u yerda 
jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi.
Ba’zi so'rg'ichlilarda (shistosomalida turkumi vakillarida) adoleskariy hosil 
bo'lm aydi va serkariyning oidingi uchida maxsus moslamasi (xartumi) bo'lib. 
uning yordamida serkariylar asosiy xo'jayini tanasiga kiradi. 2 ta oraliq xo'jayin 
orqali rivojlanadigan so'rg'ichlilarda birinchi oraliq xo'jayini, albatta, birorta 
suv yoki quruqlikda yashaydigan molluska bo'ladi. Birinchi oraliq xo'jayindan 
tashqariga chiqqan serkariylarning ikkinchi oraliq yoki qo'shim cha xo'jayinga 
kiruvcliilarida to'qim ani yemiruvchi bezlar ancha rivojlangan. Bunday serkariylar 
ikkinchi oraiiq xo'jayinlariga (ninachi lichinkalariga. baiiqlarga) kirib, bu yerda 
ular adoleskariy davriga to 'g 'ri keladigan lichinka metatserkariyga aylanadi. Bunda 
asosiy xo'jayin metatserkariysi bo'igan ikkinchi oraliq xo'jayinlarni yutib yuborsa, 
ular o'zlariga metatserkariyni yuqtiradilar.
Shunday qilib, miratsidiyning molluska organizmiga kirib serkariyga aylanishi- 
ga qadar 60-90 kun kerak bo'ladi. Partenogenetik yo'li bilan ko'payib, bitta mi- 
ratsidiydan 600-800 tagacha serkariylar yetishib chiqadi. Asosiy xo'jayini organiz­
miga kirgan adoleskariylar 2,5—4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy 
xo'jayinlar organizrnida o'rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba’zan esa 10 yildan 
ortiq hayot kechiradi.
Jigar qurti asosan qon va jigar to'qim asi bilan oziqlanib, o 'z xo'jayiniga katta 
zarar yetkazadi. Bu parazit jigardagi o 't yo'ilarida ohak to'planishi va uning bekili- 
shi tufayii jigarda o g 'ir kasallik tug'diradi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik 
fassiolyoz deyiladi. Bu kasallik qo'zg'atuvchilari ko'proq sersuv to'qayzorlarda, 
chuchuk suvlari ko'p bo'igan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlami al- 
mashtirmasdan kasal hayvonlami bir joyning o'zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz 
keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o 'z tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumini 
chiqarib turadi. Umuman, fassiolyoz yer yuzida keng tarqalgan. Prof. N.V. Demi- 
dovning m a’iurnotiga qaraganda MDH mamlakatlarida har yili chorva mollarining 
fassiolyoz kasalligidan nobud bo'lishi natjjasida 1500-2500 tonna go'sht va bir 
million tonnadan ortiq sut yo'qotiladi. Bu kasallik O 'zbekistcnda ham keng tarqal­
gan bo'lib, mahsuldor mollaming 35,9-65,5 %i fassiolyoz bilan kasallangan.
4 - P a ra z ito lo g iy a
49


Respubiikamizda fassiolaning 2 ta turi, y a’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) 
va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) uchraydi. Odamlar ham fassiolyoz bilan 
kasallanishi mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko'zga ko'rinm as 
lichinkalari (adoleskariylari) bor bo'lgan hovuz, ko‘l va xalqob suvlarni ichganda 
yoki har xil suv o'tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o'zlariga yuqtiradi. 
Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq kishi fassiolyoz kasalligi 
bilan og'rigan. Olimlaming tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o'sadigan krest- 
salat o'tini iste’mol qilib, bu kasallikni o'zlariga yuqtirganlar.
Respubiikamizda 1928—1976-yillar mobaynida 40 dan ortiq odamlar fassiolyoz 
bilan og'riganligi qayd qilingan. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og'rim asligi 
uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqlik- 
larda o'suvchi o'tlam i yaxshilab yuvib iste'm ol qilishlari kerak. Kasallangan odam­
lar albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim.
Jigar qurti bilan kasallangan hayvonning ishtahasi yo'qoladi, ichi ketadi, suti 
kamayadi. Kasai hayvonning qorni, ko'kragi va tomog'i atrofida shishlar paydo 
bo'ladi. Kasallik davolanmasa o'lim bilan tugaydi.
Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalar- 
ni o'ldiradigan va ularni hayvon tanasidan haydab chiqaradigan dorilar (angelmint- 
lar) beriladi. Bunday preparatlarga ugierod IV-xlorid, geksaxlorparaksilol, filiksan, 
geksaxloretan, dertil “О”, “ B”, geksixol, asemidofen, faskoverm, disalan, bitionol 
va boshqalar kiradi.
Hayvonlarga fassiolyoz yuqtirmaslik uchun, avvalo, yaylov va suv manbalarida 
jigar qurti lichir.kalarining tarqalishiga yo'l qo'ym aslik, fassiola yuqishidan saqlash, 
tezaklami zararsizlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tartibga solish, 
botqoqliklami quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan m olluskalam ing bio- 
toplarini mis kuporosi (1:5000), dixlosalitsilaniiid, ammiak selitrasi eritmasi bilan 
ishlash, yaylovlami almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko'rish kerak.
Trematodalaming keng tarqalgan turlaridan yana biri, bu nashtarsimon ikki 

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling