S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


K am ar  chuvalchang yoki


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

K am ar 
chuvalchang yoki 
ligula 
(Ligula 
intestinalis^ 
voyaga yet­
gan davrida baliqchilar, loyxo'raklar va boshqa suvda suzib yuruvchi 
hamda 
suv 
b o ‘yida botqoqliklarda yashovchi 
qushlar ichagida parazit­
lik qiladi. Ligulalaming tanasi proglottidalarga b o ‘linmaydi, am m o ular­
ning tanasida uzunasi bo ‘ у lab k o ‘p marta takrorlanadigan germafrodit jin ­
siy organlari bo ‘ladi. Voyaga yetgan ligula tanasining uzunligi 15-100 sm 
atrofida, ikki uchi ingichkalashgan. Tanasining oldingi tomonida ikkita botiridiyasi 
bor (32-rasm).
32-rasm . K am ar ch u v a lch a n g  
yok i ligu la (L igu la in testin alis):
1 -h aliq Ia r 
ta n a
b o ‘s h lig ‘id an
c h iq q a n lig u la n in g lic h in k a s i - p le - 
ro tse rk o id , 2 -k a m a r lic h in k a s i b i­
lan z a ra rla n g a n b a liq , 3 -b a liq q o rin
b o ‘s h lig ‘ini y o rib , ta s h q a rig a c h iq ­
q an p le ro ts e rk o id la r.
Ular ikkita oraliq x o ‘jayin orqali rivojlanadi. Tuxumi qush tezagi bilan birga 
suvga tushadi. Tuxum suvga tushgach, undan 5 -9 kundan keyin kipriklar bilan qop-
88


langan lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiy suvda 1-2 kun yashaydi. Uni bi- 
rinchi oraliq x o ‘jayin - diaptomus, sikloplar yutib yuboradi. Qisqichbaqasimonlar 
tana b o ‘shlig‘ida koratsidiylami qobig‘i yorilib, ichidan 6 ilmoqli lichinka - onko- 
sfera chiqadi.
Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana b o ‘shlig‘ida protserkoid degan lichinkaga 
aylanadi. Protserkoid 10-15 kunda yetiladi. Ligulaning ikkinchi oraliq x o ‘jayini 
chuchuk suv baliqlarining har xil turlari b o ‘lib, ular protserkoid bilan zararlangan 
diaptomus va sikloplar bilan ovqatlanganda, bu lichinkalami o ‘zlariga yuqtiradi va 
baliqlaming gavda b o ‘shlig‘ida 12-14 oydan keyin ligulaning uchinchi lichinkalik 
davri plerotserkoidga aylanadi. Bu lichinkalar baliq tanasida 2-3 oy parazitlik qiladi.
Plerotserkoidning uzunligi 5 0 -8 0 sm atrofida b o ‘ladi. Plerotserkoidlar dastlab 
baliqlaming terisini teshib tashqariga chiqadi va baliqlaming k o ‘plab qirilib ketishi- 
ga sababchi bo'ladi. Ligulalardan ko'p in ch a karpsimon baliqlardan 0 ‘zbekiston 
suv havzalarida qora baliq (marinka), zo g ‘ora baliq, leshch, qizil k o ‘z baliqlar 
zararlanadi. Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan kasallik ligulyoz deb atalib, 
suv havzalaridagi baliqchilik xo'jaliklariga katta zarar yetkazadi.
Suvda va botqoqliklarda yashovchi qushlar (k o ‘k q o ‘ton, baliqchi, loyxo‘rak, 
o'rdak va boshqa qushlar) kasallangan baliqlarni yeb, bu chuvalchangni o'zlariga 
yuqtiradi. Plerotserkoid qush ichagiga tushgandan 2 -5 kundan keyin jinsiy voyaga 
yetadi va tuxum q o ‘ya boshlaydi. Parazit qush organizmida qisqa, y a ’ni 3 - 4 hafta 
parazitlik qiladi, so ‘ngra organizmdan tabiiy holda chiqarib tashlanadi. Ligula Cyc- 
lophyllidea (zanjirsimonlar) turkumiga kiradi.
Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitel- 
linalar (Avitellina centripunctata) chorva mollardan, asosan, q o ‘y va echkilarda, 
anoplotsefalidalardan (Anoplocephala magna, Anoplocephala perfoliata) toq tuyoq- 
li sutemizuvchilarda (ot, eshak, qulon va zebralarda), drepanidoteniyalar (Drepa- 
nidotaenia lanceolata, D. przewalskii) va gimenolepidalar (Hymenolepis gracilis,
H. paracompressa) g ‘oz va o ‘rdaklarda, railliyetinoz qo'zg'atuvchilari (Raillietina 
echinobothrida, R. tetragona) va davainealar (Davainea proglottina, D. melea- 
gris) tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. Bu tasmasimon chuvalchanglarga ham 
qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin, bitionol, kamala va boshqa preparatlami 
qoTlash mumkin.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling