S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Qilbosh nematoda (Trichocephalus tnchiurus}ning


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Qilbosh nematoda (Trichocephalus tnchiurus}ning bosh tomoni uzun qilga 
o ‘xshash ingichka bo'ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib y o 'g 'o n lash ib boradi 
(34-rasm).
Qilbosh nematodalar asosan odamning y o 'g 'o n ichagida parazitlik qiladi. Ular 
ayrim jinsli, erkagining uzunligi 30-4 0 mm bo'lib, orqa uchi spiral kabi buralgan 
bo'ladi. Urg'ochisining uzunligi 30 -5 0 mm keladi. Qilbosh nematodaning oldin­
gi uchida o g 'iz bo 'sh lig 'i va qizilo'ngach joyiashgan. Tananing kengaygan orqa 
qismida esa o 'rta va orqa ichaklar, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy organlar siste- 
masi joyiashgan. Qilbosh nematodalar bosh qismini o 'z xo'jayini ichak devorining 
shilimshiq qavatiga sanchgan holda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning 
urug'langan tuxumlari xo'jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum yetarli 
namlik va harorat bo'lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg'ochi qilbosh nem a­
toda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo'yadi. Qulay sharoitda 
tuxum 2 0 -3 0 kunda yuqumli holatga keladi.
Odam ko'pincha yuvilmagan sabzavot-mevalami iste’mol qilganida qilbosh 
nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda 
taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yil­
gacha yashashi mumkin.
Qilbosh nematodalar trixotsefalyoz kasaliigini keltirib chiqaradi. Bu kasallik yer 
sharining ham ma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda k o 'p uchraydi. Qil­
bosh nematoda asosiy xo'jayini hazm organlarini yallig'laydi va bir qator mikroor- 
ganizmlarning tushishiga y o'l ochadi. Nerv sistemasiga ta ’sir qiladi. Trixotsefalyoz 
bilan kasallangan odamlar vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, osarsol va ti- 
mak kabi dorilar bilan davolanadi.
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qi­
ladi. Masalan, cho'chqalarda - cho'chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis), 
qo'y, echki va qoramollarda - Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi 
turlari parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya 
qilish, mcva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan 
oldin zararsizlantirish, hojatxonaga so'ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbir- 
larni amalga oshirish lozim.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling