S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Rishta fDracuncuius medinensis)
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
Rishta fDracuncuius medinensis) yoki drakunkul ipsimon ko'rinishdagi ne
matoda bo'lib, O 'rta Osiyo respublikaiarida rishta (ip) deb ataladi. Mutafakkir olim A bu AI i ibn Sino rishtani irk-almedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradi- gan kasailikni birinchi marta o'rgangan ailomadir. Rishta ayrim jinsli bo'lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko'rinadi. U rg'ochisining uzunligi 32 sm dan 150 sm gacha boradi, erkagi esa 12-30 mm atrofida bo'ladi (34-rasm). Rishta biogelmint bo'lib, rivojlanish siklida 2 ta xo'jayin qatnashadi. Rishtaning asosiy xo'jayini odam, ayrim hollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo'ri, qoplon va boshqa sutemizuvchilar bo'lib, jinsiy voyaga yetgan parazit ularning terisi ostidagi biriktiruvchi to'qim asida va ko'pincha oyoq terisi ostida parazitlik qilib yashaydi. Oraliq xo'jayini esa suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan - sikloplardir. Rishtaning erkagi urg'ochisini otalantirgach, halok bo'ladi. Rishtaning urg'ochisi urug'langandar. so'ng, lichinkalar tug'ish uchun odamning qo'l-oyoq- iOl lari terisi ostiga ko'chadi va m a ’lum vaqtdan keyin terida shishlar (pufakchalar) paydo bo'ladi. Bunday shishlar suvga tekkanda (qo'1-oyoqlarni yuvganda yoki cho'm ilganda) yoriladi va ulardan parazitning lichinkalari suvga tushadi. Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi. Siklop tana sida lichinka rivojlanib, 12-14 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga ayla nadi. Odam va boshqa asosiy xo'jayinlar suv orqali zararlangan sikloplami yutib yuboradi va rishtani o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayini ichagida sikloplar hazm sekretlari ta ’sirida hazm bo'ladi, undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon aylanish sistemasiga o'tadi va organizm bo'ylab migratsiya qiladi. Migratsiya davri tugallangach, rishtaning lichinkasi bem om ing teri osti yog' qavatiga joylashib oladi va bir yildan keyin jinsiy voyaga yetadi. Shundan so 'ng urg'ochi rishtalar yana teri ostiga ko'chib, yuqorida bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi. Dunyo bo'vicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo'jayini hisoblanadi. M D H da esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo'jayini ekanligi aniq- langan. Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi. Agarda rishta kasallangan odam terisi ostida o'lsa, odam organizmiga parazitning zahar- li moddalari so'riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak yemi) paydo bo'ladi. badan qichishadi, bosh aylanadi, nafas olish qiyinlashadi, organizm oriqlaydi. B a ’zan esa b o 'g'inlarning yallig'ianishi, ko'ngil aynishi va qusish hollari ham ro 'y beradi. U m um an, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba - kasallan gan odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqllmli mamlakatlarda, y a ’ni A f rika. Lotin Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda rishta bilan yer yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. M D H da O 'rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoroda ] 930-yillargacha rishta odamlarda tez-tez uchrab turgan. Bi- rinchi marta rishtani 1872-yili A.P.Fedchenko topgan bo'lsa, A.M.Isayev esa B u xoroda rishtani rivojlanish siklini to'liq o'rganib. uni yo'qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan. Avvalgi davrlarda rishtadan qutulishning birdan-bir chorasi nematodani cho 'p g a o 'rab asta-sekin teri ostidan t.ortib chiqarib olish bo'lgan. Hozirgi kunda ham bu usul o'zinir.g qimmatini yo'qotgani yo'q. Bundan tashqari, kasallik kimyoviy dori- lar bilan ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambilgar. tiaben- dazol. metronidazol va boshqalar kiradi. 1932-yilda sobiq lttifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Rishta tugatili- shining asosiv sabablari uning manbai bo'lg an hovuzlarni quritish yoki dezinfeksi- yalash, vodoprovodlar qurisli, hovuzlardan к о т suv ichmaslik, oyoq-qo'llarni suv 102 ichadigan havzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab, ularni davolashdan iborat b o ig a n . Hozirgi kunda rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o it a s id a uchrab turadi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling