S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


D iktiokaulyuslar (D ictyocaulus)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

D iktiokaulyuslar (D ictyocaulus) qo'y , echki, qoramol, tuya va yovvoyi kavsh 
qaytaruvchi hayvonlarning o'pkasi, bronxlari va traxeyasida parazitlik qiladi. Har 
bir hayvonning o 'ziga muvofiqlashgan diktiokaulyus turi bor. Masalan, q o 'y va 
echkilarda - Dictyocaulus filaria, qoramollarda - Dictyocaulus viviparus, ot va 
eshaklarda - Dictyocaulus arnfieldi, bug'ularda - Dictyocaulus eckerti, tuyalarda -
Dictyocaulus cameli kabi turlari parazitlik qiladi.
Shulaming orasida O'zbekistonda q o 'y va echkilarda parazitlik qiladigan Dic­
tyocaulus filaria turi chorvachilikka katta zarar yetkazadi. Bu parazit ipsimon 
ko'rinishdagi ingichka nematodadir. U rg'ochisining uzunligi 5-15 sm, erkaginiki 
esa 3-8 sm keladi. Erkagining dum qismida qovurg'ali bursasi va sarg'ish rangli ik- 
kita spikulasi bor. Urg'ochisining vulva teshigi gavdasining o'rtasida yoki boshiga 
yaqin qismida joylashgan bo'lib, tashqariga ochiladi. Diktiokaulyus geogelmint -
bu parazit bilan k o'proq q o 'y va echkilar zararlanadi. Parazit q o 'y va echkilarning 
bronxlarida yashab, urg'ochilari erkaklari bilan juftlashib, traxeya va bronxlar 
b o 'sh lig 'ig a tuxum qo'yadi. Tuxumlar ichida lichinkalar bo'ladi. Hayvon yo'talgan 
vaqtida parazit tuxumlari bronxiai shilliq bilan o g 'iz bo 'shlig 'ig a keladi va hayvon 
bu tuxumlarni qaytadan yutib yuboradi. Ovqat hazm qilish organlaridan o 'ta turib, 
ichak b o 'sh lig 'id a parazit tuxumlaridan lichinkalar chiqadi va hayvon tezagi bi­
lan tashqariga chiqadi. Tashqi muhitda qulay sharoitda lichinkalar ikki marta p o 'st 
tashlab, 6 -7 kun ichida yuqumli holatga aylanadi.
Agar tashqi muhitda harorat past bo'lsa, lichinkalaming rivojlanish rnud- 
dati uzayadi. Invazion lichinkalar tashqi muhit sharoitlariga ancha chidamli, ular 
qurg'oqchilikda 30 kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik qobili- 
yatini saqlab qoladi. Namlikda lichinkalaming faolligi yanada ortadi. Y om g'irdan 
keyin lichinkalar o 'tlar bo'ylab tik harakat qiladi, natijada mollaming diktiokaul­
yuslar bilan zararlanishi ortadi. Q o 'y va echkilar parazitning invazion lichinkalarini 
o'zlariga ko'katlar, yem-xashaklar va suv orqali yuqtiradi. Hayvon organizmiga 
tushgan lichinkalar ingichka ichak shilliq qavati devorini teshib, limfa tugunlariga 
o'tib rivojlanadi va oxirgi marta p o 'st tashlab, limfa tomirlari orqali qon tomirlariga 
va qon oqimi bilan o'pkaga keladi. Lichinkalar o 'p k a qon tomirlari va parenxi- 
masini teshib bronxlarga o'tadi, bu yerda rivojlanishni davom ettirib, 1-2 oydan
105


keyin jinsiy voyaga yetadi. Q o ‘y va echkilar organizmda 5 - 6 oydan 1,5-2 yilgacha 
parazitlik qiladi.
Diktiokaulyuslar keltirib chiqaradigan kasallik diktiokaulyoz deyiladi. Bu kasal- 
likning tarqalishiga yil fasllari, hayvonlarning yoshi, tabiiy iqlim sharoit muhim 
rol o ‘ynaydi. O 'zbekistonda q o ‘y va echkilar diktiokaulyus lichinkasi bilan 
sug'oriladigan hududlarda - asosan kuz va bahor oylarida, dasht va yaylovlarda -
kuz oylarida, to g 1 va to g ‘oldi hududlarida esa - bahor va kuz oylarida ham da qish 
oylarining boshlarida zararlanadi. Kasallangan q o ‘y va echkilarda kasallik yuqqan- 
dan 15-20 kundan keyin y o ‘tal paydo b o ia d i. Keyinchalik ular o ‘sishdan orqada 
qoladi, oriqlab ketadi, junlari siyraklashadi. Burun teshigidan suyuqlik oqadi. Dar- 
monsizlanib joyidan tura olmaydigan b o i i b qoladi. Agar davolanmasa, kasallan­
gan hayvonlarning 10-70 % nobud b o ia d i. Kasallangan mollami davolash uchun 
ulami muntazam ravishda degelmintizatsiya qilib turish lozim. Q o ‘y va echkilar 
diktiokauloziga qarshi panakur, nilverm, rintal, ditrazin, loksuran va boshqa pre- 
paratlar ishlatiladi. Kasallikni yuqtirmaslik uchun esa mol boqiladigan yaylovlami 
tez-tez almashtirib turish. q o i o n va molxonalarni sanitariya-gigiyena tomonidan 
toza tutish lozim.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling