S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


S IN G A M ID L A R fS Y N G A M lD A E )


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

S IN G A M ID L A R fS Y N G A M lD A E ) oilasidan Syngamus trachea nematoda 
turi tovuq, kurka, g 'o z va yovvoyi parrandalaniing nafas yo'llarida, y a ’ni traxe- 
yasida parazitlik qiladi va singamoz kasalligini keltirib chiqaradi. Singamoz bilan 
asosan jo 'ja la r kasallanadi.
Jinsiy voyaga yetgan erkak va urg'ochi singamuslar ham ma vaqt bir-biriga 
birikkan holda yashaydi. Erkaklari urg'ochilaridan birmuncha kichik. o g 'iz kap- 
sulasi yarirn sharsimon xitinlashgan bo'lib, ju da yaxshi rivojlangan. Erkaklarining 
uzunligi 2 - 6 mm, urg'ochilariniki esa 5 -2 0 mm bo'lib, jinsiy teshigi tanasining 
oldingi qismida joylashgan (38-rasm).
U rg'ochi singamuslar parrandalaming kekirdagiga tuxum qo'yadi, so 'n g ra bu 
tuxum lar o g 'iz bo 'sh lig 'i orqali oshqozonga tushadi. Parazit tuxumlari oshqozonda


38-rasm . Singam us (S yn gam u s 
trachea) n ing rivojlanish sikli sxe- 
masi:
1-asosiy 
x o 'ja y in
-
o 'r d a k ,
2 -ta sh q i m u h itg a c h iq q a n tu x u m ,
3 -tu x u m v a u n d a riv o jla n a y o tg a n
lic h in k a , 4 -r e z e rv u a r x o 'ja y i n -
y o m g 'i r c h u v a lc h a n g i va 5 -u n d a
riv o jla n a y o tg a n
lic h in k a , 
6 -jin siy
v o y a g a y e tg a n sin g a m u s.
hech qanday o'zgarm ay tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda 8 -9 kun ichida 
tuxumdagi lichinka ikki marta tullab, o'zining invazion, y a ’ni yuqumli davriga 
o'tadi. Parrandalar ichida yuqumli lichinkasi bo'igan bunday tuxumlarni yutib 
yuborsa. ularning oshqozonida tuxumlardan lichinkalar chiqadi va ichakdan qon 
tomirlariga o'tib, qon orqali o'pkaga boradi. O 'pk a alveolalarida lichinkalar yana
2 marta tullab, so'ngra bronxlarga o'tadi. Bir qancha vaqtdan keyin erkak singa- 
muslar urg'ochilarini jinsiy organlari to'liq rivojlanmagan holda urug'lantiradi. 
Parazitlik qilishning 7-kunida singamuslar parrandaning kekirdagiga o'tadi va 
u ycrda ju d a tez o'sib rivojlanadi hamda 3 - 7 kun davomida jinsiy voyaga ycta- 
di. Parranda zararlanganidan 17-20 kun o'tgach, singamus tuxumlari axlat bilan 
tashqariga chiqa boshlaydi va bu jarayon 27-35 kun davom etadi. Singamuslar 
tuxum qo'yib bo'lgandan keyin yana 5 -7 kun yashaydi va asosiy xo'jayini tanasida 
ularning yashash muddati 2 oy atrofida bo'ladi.
Singamuslarning rivojlanishi to 'g 'rid a n -to 'g 'ri yoki rezervuar xo'jayinlar orqali 
ham borishi mumkin. Singamuslarning invazion tuxumlarini tashqi muhitda ayrim 
umurtqasiz hayvonlar (yom g'ir chuvalchanglari, suv va quruqlikda yashovchi m ol­
luskalar, ko'poyoqlar, uy pashshalari) yutib, ular organizmida lichinkalar paydo 
bo'ladi va uzoq vaqtgacha hech qanday o'zgarishsiz yashaydi. Yuqorida keltirilgan 
umurtqasiz hayvonlar, ayniqsa y om g 'ir chuvalchanglari singamuslar uchun re­
zervuar xo'jayin vazifasini bajaradi. Demak, parrandalar singamuslar bilan inva­
zion tuxumlarini yutish va rezervuar xo'jayinlarini yeyish orqali parazitni o'zlariga 
yuqtiradi.
Singamuslarning rezervuar xo'jayinlari sifatida yom g 'ir chuvalchanglaridan -
Lumbricus, Allolobophora, Eisenia um g'lari vakillari, quruqlikda yashovchi mol-
8 - P a r a z ito lo g iy a
113


luskalardan - Agriolimax, Helix, Helicella u ru g ia ri vakillari va pashsha lichinka­
lari aniqlangan.
Singamozlar parrandalaming kekirdagida parazitlik qilib, ko'payib ketganda 
nafas olish y o ila rin i berkitib, o'p kag a havo o'tishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, 
keng va kuchli kapsulasi yordamida kekirdak devorlariga yopishib, uni o g 'ir shi- 
kastlaydi. Jo'jalar kuchli zararlanganda bo'ynini cho'zadi, og'zini katta ochib, 
esnashga o'xshab harakat qiladi. Kasallangan jo 'ja la r ozib ketadi va b a ’zan halok 
bo'ladi.
Singamoz bilan kasallangan parrandalarni davolash uchun yodning suvdagi erit- 
masini o 'tm as uzun ignali shpris yordamida ularning og'iz va hiqildoqlari orqali 
kekirdagiga yuboriladi. Kasallangan jo'jalarni tetramizol, tiabendozol, yodofen va 
mebenvet kabi preparatlar bilan ham davolashaai. Xonaki parrandalar boqiladigan 
joylarga yovvoyi parrandalar kelmasiigi kerak.
N em atodalar sinfming vakillari faqat odam va hayvoniarda parazitlik qilmasdan, 
balki bir qancha turlari o'simliklarda ham parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtda ayniqsa 
ildiz b o ’rtma nematodalari o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Ular b u g'doy, lav- 
lagi, kartoshka, piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g 'o 'z a , kungaboqar, 
loviya, mosh, tut, tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o'simliklari 
va daraxtiarga zarar yetkazadi.
Sitrus nematodasi sitrus o'simliklari (limon, apelsin va bosh.) ildizlarida parazit­
lik qiladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling