S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Trixomonadalar (Trichomonas)
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 - r a s m . T r i x o m o n a d a - T r i c h o m o n a s h o m i n is
Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz
kasalligini qo'zg'atuvchilar bo'lib, uch tumi o 'z ichiga oladi: 1. Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis; 2. Qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3. O g'iz trixomonadasi - Trichomonas tenax. Ichak trixomonadasi odamning y o 'g 'o n ichagida parazitlik qiladi. Qin trixomonadasi esa ayol va erkak- laming siydik va jinsiy yo'llarida uchraydi. Trixomonadalaming tanasi oval shaklida bo'lib, orqa qismi ingichkalashib ketgan. Uzunligi 5-10 mkm (ichak trixomonadasi) dan 15-30 mkm gacha (qin tri xomonadasi) bo'ladi (8-rasm). Oidingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo'lib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchin- lilar sinfi vakillari singari trixomonadalaming hara kat organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchinlarining soni 4-5 ta bo'lib, ulardan bittasi to'lqinsim on parda bo'ylab orqaga qaynlgan. Sitoplazmasida hazm qiluv- chi vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo'ylab uzunasiga ketgan tayanch o'zak aksostil joylashgan, cheti bo'ylab to'lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi. 8 - r a s m . T r i x o m o n a d a - T r i c h o m o n a s h o m i n is : 1-sito sto m ; 2 -b a z a l ta n a - ch a; 3 -y a d ro ; 4 -o ld in g i x iv - c h in ia rid a n b in ; 5 - to ‘lq in - la n u v c h i m e m b ra n a ; 6 -o rq a x iv c h im ; 7 -v a k u o l; 8 -a k s o stil. 27 Qin trixomonadasi va og‘iz trixomonadasining to'lqinlanuvchi membranasi qisqa bo'ladi. Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, y a’ni oziq moddalami tananing butun yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og'zi - sitostom orqali (qamrab olish usuli bilan). Lekin hozirga qadar qin trixomonadasining sitostomi aniqlanma- gan. Trixomonadalar uzunasiga bo ‘linish (mitoz) yo ‘li bilan jinssiz ko'payadi. Sis talar hosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixomonadasi odamlarda xavfli kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi. Ichak trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak trixomona- dasiga tashxis qo'yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib, vegetativ shakllari aniqlanadi, Qin trixomonadasi hamma joyda tarqalgan. Ular erkak va ayollaming siydik yo'llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40 %, erkaklarda esa 15 % ni tashkil qiladi. Qin trixomonadasi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va jinsiy aloqa vaqtida o'tadi. Tashxis qo'yish uchun bemoming siydik va jinsiy yo'llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi. O g'iz trixomonadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og'iz b o 'sh lig 'i va tish kasalliklari (gingvit, paradontoz, tish kariyesi bilan kasallangan bemorlar) odamlarda ko'proq uchrab turadi. Shuning uchun stomatologiya shifo- xonalarida og'iz trixomonadasini aniqlash usullariga alohida e ’tibor berish lozim. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling