S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9 - r a s m . E i m e r i a m e d i a n i n g q u y o n ic h a g i d a (A ) v a t a s h q i m u h i t d a (B ) r iv o j la n i s h sikli
SPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ularning ham-
masi umurtqasiz va umurtqali hayvoniarda, shu jumladan, odamlaming turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. Shunga ko'ra, ularning rivojlanishi murakkablashgan bo'lib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo'jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqamvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalan rivojlanmagan, himoya qobig'iga o ‘ralib spora hosil qiladi Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarini- na) sinflariga boiinadi. M ahsuldor hayvoniarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Koksidiyasimonlar sinfi, o 'z navbatida, bir necha turkumlarga bo'linadi. Kok- sidiyalar (Soccidiida) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqa li hayvonlar organlarinmg epiteliy to'qim a hujayralarida, y a’ni ichak va jigarda 28 parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat m a’lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz b o iad i. Cho'zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko'payishida jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning to 'g 'ri gallanishi xa- rakterlidir. Qoramol, qo‘y, echki, quyon va parrandalarda asosan Eimeria urug'ining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil bo ‘lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o‘taydi (9-rasm). 9 - r a s m . E i m e r i a m e d i a n i n g q u y o n ic h a g i d a (A ) v a t a s h q i m u h i t d a (B ) r iv o j la n i s h sikli: 1 -s p o ro z o it; 2 -4 - s h iz o n tla m in g b irin c h i v a k e y in g i g e n e ra ts iy a s i; 5 -m e ro iz o tla m in g u c h m a rta g e n e ra ts iy a s i; 6 -m ik ro g a m e ta v a 6 -A m a k r o g a m e ta la m in g riv o jla n is h i; 7 -m ik ro g a m e ta la r; 8 -z ig o ta (o o tsis ta ); 9 -o o ts is ta n in g q u y o n o rg a n iz m id a n ta s h q i m u h itg a c h iq ish i; 1 0 - ! 2 -s p o ro g o n iy a . Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti x o ‘jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o'tadi. Shizogoniya (jinssiz ko'pavish davri) davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan, quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi. Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Qu- 29 yon ichida ootsistaning qobig'i crib ketib, sporalaming po'sti yoriladi va ulardan duksimon ko'rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib o ‘sib, hajmi kattalashadi hamda yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo'linadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham o ‘shanchaga boTinadi va yangi avlod, ya'ni merozoitlar shakllanadi. Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, qaytadan sog'lom epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo'l bilan ikkinchi generatsiyani hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko'payish 4-5 marta takrorlangandan keym merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi. Gametogoniva (jinsiy yo'l bilan ko'payish) davrida epitelial hujayralarga ki rib olgan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil bo'ladi. Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta va har qaysi mikro- gametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta harakatchan mikrogametalar hosil bo'ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan ichak b o ‘shlig‘iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo'shiladi va natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota qobiqqa o'rahb, ootsistaga ayla nadi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi. Sporogoniva davrida koksidiyalaming ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivoj lanadi. Shu sababli, ootsista xo'jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsista ning ikki qavatli po ‘sti himoya vazifasini bajaradi. Qnlay sharoitda ootsista rivojla- na boshlaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga bo'linadi, m a’lum vaqtdan keyin sitoplazma ham yadrolar soniga qarab, 4 ga bo'linadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar hosil b o ‘ladi. Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit voyaga yetadi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo'lib qoladi. Bunday invaziyali ootsistalar hayvonlarning ichagiga tushganda, sporalardan va ootsistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi. Koksidiyalaming 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo'y va echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan. Baiiqchiiikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan Eimeria sardinae va Isospora urug'i turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlar ning ishtahasi pasayadi, o ‘sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolaming zax b o ‘lishi, koksidiyalar uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasal- 30 langan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatsetin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. M olxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. X o‘jaliklarda mol boqish dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to'yim li yem-xashaklar bilan bo- qiladi. Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlaming jigari, talog‘i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug'diruvchi toksoplazmalar urug‘i vakillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemi- zuvchilaming muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), y a ’ni go'sht sporalilar urug‘i vakillari ham kiradi. Tug'm a toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o'tadi va homi- laning nerv sistemasi, ko'zlari va boshqa a ’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki o iik yoxud mayib-majruh bo'lib tugiladi. Toksoplazmada tirik tug'ilgan bola aq- lan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnev- moniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi. Orttirilgan o ‘tkir toksoplazmoz esa tcrlamaga o'xshash kechib, bemor isitmalaydi, tom og'i o g iiy d i, jigari va talog'i shishadi yoki ko'pincha nerv sistemasi zararlanib, boshi og'riydi, qavt qiladi, falajlanadi. Xror.ik toksoplazmada, odatda, bemoming gavda harorati uzoq vaqt yuqori b o ia d i, boshi, tom og'i, mushaklari og'riydi, limfa tugunlari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixi- kasming buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko‘zi, yuragi zararlanishi mumkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish uchun uy hayvoniarini sanitariya nazoratida saqlash, homilador ayollami tibbiyot ko ‘rigidan o ‘tkazish zarur. Hayvoniardan - qo’y, echki, cho'chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvoniardan bolasiga sut orqali, bir-biriga yaqin bo'lish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali o'tadi. Kasai hayvonda yo'ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish, organizm uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling