S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia). ya'ni go'sht sporalilar urug'ining ham 
bir qancha turlari bo'lib, ular ayrim uy hayvonlari, ya'ni qoramollar, cho'chqalar 
va parrandalar hamda yovvoyi hayvonlarning muskullarida parazitlik qiladi. Ular 
go'shtda uzun xalta shaklida 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar 
ichida esa yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo'ladi.
G o'sht sporalilarning rivojlanishi koksidiyalarnikiga o'xshash. lekin rivojlanishi 
ikkita xo'jayinda ketadi. O 'tx o 'r sutemizuvchilar va parrandalar parazitning ora­
liq xo'jayinlari, yirtqich sutemizuvchilar (mushuklar, itlar) va odamlar esa asosiy 
xo'jayinlari hisoblanadi. Oraliq xo'jayinlar organizmida parazit jin ssiz-sh izo g o n i- 
ya yo'li bilan va asosiy xo'jayinlari organizmida jinsiy usulda ko'payadi.
G o'sht bilan asosiy xo'jayini organizmiga tushgan sistalardan juda ko'p sista- 
zoidlar chiqadi va ular ichak epiteliysi hujayralariga kirib oladi. Hujayra ichida 
mikro va makrogarnontiar. ulardan esa mikro va makrogametalar yetishib chiqadi. 
Urug'ianishdan keyin hosil bo'lgan zigota po'stga o'ralib ootsistaga aylanadi. Har 
bir ootsista ichida 2 tadan spora hosi! bo'ladi. Yem-xashak bilan oraliq xo'jayini­
ning organizmiga tushgan ootsistalardan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar qon 
orqali qon tomirlari devoriga, so'ngra muskuiiarga o'tib, tezda ko'payadi va xaita- 
ga o'xshash yirik sistalami hosil qiladi.
G o'sht sporalilari bilan zararlangan hayvonlarda, odatda, kasallanish alomatlari 
kam seziladi.
QON SPO R A L ILA R (H A EM O SPO R ID IA ) turkumi vakillari odam va issiq 
qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi. Bu tur- 
kumga 100 ga vaqin tur kiradi.
Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar bo'lsa- 
da, lekin ularning hayot sikli bir necha xo'jayinda o'tadi, Masalan, bu turkumning 
eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plaz-
3 - P a r a z ito lo g iy a


modiysining rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro- 
va mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida 
(Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plaz- 
modiylaming hayot sikli xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o'tadi, tashqi 
muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plaz- 
modium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham m a’lum bo'igan. U vaqtlarda 
bu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yo'llari aniqlanmagan. 
Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilish- 
gan, shuning uchun ham “botqoq isitmasi” deb atalgan.
Bezgak plazmodiumlarini birinchi m arta 1879-yilda rus olimi V.l. Afanasyev va 
1880-yiIda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivin­
lar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi 
aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:
1. Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a ’ni isitma har 
48 soatdan keyin qaytarilib turadi.
2. Plasmodium malariae - to'rt kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a’ni isitma har 
72 soatdan keyin qaytarilib turadi.
3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko'pincha 
juda o g 'ir o'tadigan tropik bezgak qo'zg'atuvchisidir.
4. Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a ’ni isitma har 
48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo'zg'atuvchisi juda kamdan-kam 
Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar ham do'stligi marn- 
lakatlarida bu kasallikning qo'zg'atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida 
uchragan.
Uch kunlik bezgak plazmodiumining (Plasmodium vivax) rivojlanishi quyidagi- 
cha ketadi (1 l-rasm).
Bu parazitning qo'zg'atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini 
so'rganida, chivin so'lagida bo'igan sporozoitlar odam qoniga o'tadi. Bular qon 
orqali jigar va taloq to'qim alariga keladi. Bu yerda ular oziqlanib, ko'paya boshlay- 
di, y a’ni yadrolari bir nechtaga bo'linadi, so'ngra yadro soniga qarab, sitoplazma 
ham o'shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi - merozoitlar paydo 
bo'ladi. Keyinchaiik, bu merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib, gemoglobin 
plazmasi bilan oziqlanadi.
Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o'sadigan davriga trofo- 
zoitlar deyiladi.
34



Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling