S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning nazariy asoslari
Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari
Download 0.68 Mb.
|
S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oz-ozini sinash savollari
Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari
1. O'zbekistonni elektrlashtirish tarixi va istiqboli. Mustaqil O'zbekistonning energetik dasturi. 2. Kirxgof qonunlari va ularni elektr zanjirlarni hisoblashda qo'llanilishi. 3. Elektr zanjirlarida ekvivalent o'zgartirishlar. 4. Murakkab zanjirlarni hisoblash usullari va ularni qiyosiy taqqoslash. 5. Elektr zanjirlarda energiya va quvvat. Quvvatlar balansi. O'z-o'zini sinash savollari 1. "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" fanining maxsus fanlarni o'zlashtirishdagi o'rni haqida so'zlab bering. 2. Elektrotexnikaning rivojlanishiga chet el olimlarining qo'shgan hissasi nimalardan iborat? 3. O'zbekistonda energetika va elektrotexnikaning rivojlanish bosqichlari haqida gapirib bering. 4. Elektrotexnikaning rivojlanishiga o'zbekistonlik olimlarning qo'shgan hissalari haqida so'zlab bering. 5. Elektr zanjirlarni tavsiflovchi asosiy kattaliklarga nimalar kiradi? 6. Elektr zanjirining asosiy elementlari haqida ma'lumot bering. 7. EYuK va tok manbalari nima? 8. Om qonunining mohiyatini tushuntirib bering. 9. Katta toklarda Om qonunining buzilishini izohlang. 10. Potensial diagramma nima va u qanday quriladi? 11. Elektr zanjirlarida quvvatlar balansi nimadan iborat? 12. Kirxgof qonunlarini ta'riflang va mohiyatini tushuntiring. 13. Kirxgof tenglamalari yordamida murakkab zanjirlarni hisoblash ketma- ketligini ayting. 14. Elektr zanjiri sxemalarini ekvivalent o'zgartirishlar deganda nimani tushunasiz? 15. Qarshiliklar uchburchagini qarshiliklar yulduziga ekvivalent o'zgartirish qanday amalga oshiriladi? 16. Qarshiliklar yulduzini qarshiliklar uchburchagiga ekvivalent o'zgartirish qanday amalga oshiriladi? 17. EYuK va tok manbaiga ega bo'lgan parallel shoxobchalarni ekvivalent o'zgartirishning o'ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 18. ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 74
Elektr zanjirlarni kontur toklar usuli yordamida hisoblash tartibini ayting. 20. Tugun potensiallar usulining mohiyati nimadan iborat va u qanday zanjirlarni hisoblashda qulay usul hisoblanadi? 21. Ikki tugun usulining afzalliklarini ayting. 22. Ustma-ustlash prinsipi nima va u qanday zanjirlarni hisoblashda qo'llaniladi? 23. O'zarolik prinsipining mohiyati nima? 24. Aktiv va passiv ikkiqutbliklar xossalarini ayting. 25. Elektr zanjirning kirish va shaxobchalararo o'tkazuvchanligi nima? 26. Ekvivalent generator usuli yordamida zanjirlarni hisoblash tartibini aytib bering. 27. Chiziqli elektr zanjirlarni hisoblash usullarini qiyosiy taqqoslang. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling