S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning nazariy asoslari
Chiziqli elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o'zgartirish
Download 0.68 Mb.
|
S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.10.1. Ketma-ket ulangan elementlardan iborat zanjirni ekvivalent ozgartirish
1.10. Chiziqli elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o'zgartirish
Elektr zanjirlarni tahlil qilishda ko'p hollarda uni soddalashtirish zarur bo'ladi. Buning uchun sxemaning ayrim qismlarini yanada sodda ekvivalent zanjir bilan almashtirish lozim bo'ladi. Agar elektr zanjir sxemasini o'zaro almashtirganda zanjir elementlaridagi tok va kuchlanishlarning qiymatlari o'zgarmasa, u holda ular o'zaro ekvivalent bo'ladi. Elektr zanjirning ayrim qismlarini unga ekvivalent bo'lgan qismlar bilan almashtirish ekvivalent o'zgartirish deb ataladi. Agar elektr zanjirining ikkita qismi har qanday tashqi ta'sirda ham ekvivalentlik xususiyatini saqlab qolsa, u holda zanjirning bunday qismlari mutlaq ekvivalent qismlar deyiladi. Elektr zanjirlarini ekvivalent o'zgartirish tegishli elektr muvozanat tenglamalari sistemasini ekvivalent o'zgartirishga asoslangan. Amalda esa elektr zanjirlarini o'zgartirish elektr muvozanat tenglamalarini tuzmasdan aniq qoidalar asosida bevosita sxemalar yordamida bajariladi. 1.10.1. Ketma-ket ulangan elementlardan iborat zanjirni ekvivalent o'zgartirish 1.26-rasm, a da keltirilgan sxemada n ta rezistor, m ta kondensator, k ta induktivlik va d ta EYuK manbalari o'zaro ketma- ket tutashgan va U kuchlanishli manbaga ulangan. Zanjirning barcha elementlaridan bir xil tok o'tganligi sababli shu berk kontur uchun Kirxgofning 2-qonuniga asosan quyidagi elektr muvozanat tenglamasini yozish mumkin: ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 44
d K t o n t o n E E U dt di L dt di L idt C idt C i R R ... ... 1 ... 1 ...
1 1 1 (1.2) Bir xil hadlarni umumlashtirib (1.2) tenglamani quyidagi ko'rinishda yozamiz: ekv ekv t o ekv ekv E U dt di L idt C i R 1
bunda
1 n i i ekv R R ;
1 1 m i i ekv C C ;
k i i ekv L L .
d i i ekv E E (1.3) tenglama o'zgartirilgan sxema (1.26-rasm, b) ning tenglamasidir. Shunday qilib, zanjirning bir xil elementli qismlarini ekvivalent yagona mos elementlar, ya'ni ekvivalent rezistiv R ekv , induktiv L ekv , sig'im C ekv va E ekv elementlari bilan almashtirsak, uning bir xil turdagi elementlardan tarkib topgan qismlaridagi tok va kuchlanish o'zgarmaydi. Bunda EYuK manbalari va kuchlanishlarning algebraik yig'indisi olinadi. Konturni tanlangan aylanib chiqish yo'nalishiga qarab EyuK larning ishoralari manfiy yoki musbat bo'ladi. Kondensatorlar o'zaro ketma-ket ulanganda umumiy C ekv ning
qiymati ketma-ket ulangan kondensatorlar sig'imlarining teskari qiymatlari yig'indisiga teng va C ekv hamma vaqt har bir ketma-ket ulangan sig'im qiymatidan ham kichik bo'ladi. Agar bir xil sig'imli m ta kondensator ketma-ket ulangan bo'lsa, C ekv har bir kondensator sig'imidan m marta kam bo'ladi. ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 45
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling