S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

4


0 ‘quvchi: Yashil rang yasharish, yangilanish ramzi. Ko‘p 
xalqlarda u navqironlik, umid va shodlik timsoli hisoblanadi.
Boshlovchi: — O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi 
Oliy Majlisning X sessiyasida 1992- yil 2- iyul kuni tasdiqlangan.
0 ‘quvchi:
— O'zbekiston gerbida
Bor mag'rur humo qushi.
Shu sabab o'zbegimning
Ezgulik mudom ishi.
Sakkiz qirrali yulduz,
Tun emas, yorug' kunduz.
Boshoqlar bor bir yoqda,
Bir yonida g'urur — paxta!
Boshlovchi: — 1992- yil 8- dekabrda O'zbekiston Respubli­
kasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1992- yil 10- dekabr kuni 
esa yurtimiz o ‘z Davlat madhiyasiga ega bo'ldi.
Boshlovchi: — Vatanni sevish deganda...
0 ‘quvchi: — O'z xalqining tarixini yaxshi bilish va u bilan 
faxrlanish...
O'quvchi: — Qadimiy obidalar, ko'hna imoratlar, ajdodlar 
yaratgan boy moddiy merosni ko'z qorachig'iday asrash...
0 ‘quvchi: — Go'zal urf-odat, rasm-rusum va udumlarni 
qadrlay bilish, ularni davom ettirish tushuniladi.
Boshlovchi: — Vatanni har kirn o'zgacha sevadi. Lekin yurtga 
muhabbatni qay yo'sinda ifoda qilishdan qat’iy nazar, bu aziz 
Vatan barcham izniki ekani, uning p orloq kelajagi uchun 
barchamiz mas’ulligimizni hamisha yodda tutishimiz zarur.
(Muhammad Yusufning « 0 ‘zbekiston» she’ridan parcha bilan 
tadbir tugatiladi).
O'quvchi:
— Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o'g'loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o'pib,
Yovlar yaqin yo'lolmagay qo'rg'oningga.
Barcha:
— Adoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!
5



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling